Matbuot xizmati

5677 marta o'qildi
Kutubxona nurxona

Kitoblar olami insoniyatning nafaqat ma’naviy –ma’rifiy qarashlari, balki ongu tafakkurini, dilidagi ezgu xislatlarini, yaxshilikka yondoshgan fikru oylarini, orzu-umidlarini birlashtirib, hayot maydonining eng yuksak cho`qqisiga chorlab turadigan porloq mash’alaga o`xshaydi.

Kutubxona – nurxona

 Kitoblar olami insoniyatning nafaqat ma’naviy –ma’rifiy qarashlari, balki ongu tafakkurini, dilidagi ezgu xislatlarini, yaxshilikka yondoshgan fikru oylarini, orzu-umidlarini birlashtirib, hayot maydonining eng yuksak cho`qqisiga chorlab turadigan porloq mash’alaga oxshaydi. Uning har-bir sahifasi izlanishga, intilishga yangiliklar yaratishga chorlaydi.

 Bu borada kutubxonalarning alohida xizmatlari tahsinga ta’kidlash joizdir. Qariyb 47 yildan buyon yoshlarga ziyo tarqatib kelayotgan Respublika bolalar kutubxonasi anashunday ezgu maqsadlarda aholi qatlamiga keng qamrovli va sifatli xizmat ko’rsatib kelayotgan muqaddas dargoh hisoblanadi.

-Yangi texnologiyalar asosida jihozlangan kutubxonamizda bugungi kunda 219 mingdan ortiq nushadagi adabiyotlar saqlanmoqda,- deydi bolalar kutubxonasi direktori.

-Bular fondning barcha sohalari bo’yicha bolalar yoshini hisobga olgan holda badiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop nashrlar, ijtimoiy-siyosiy kitoblar, gazeta, ensiklopediya va lug`atlardan iborat. Kutubxonadagi mavjud adabiyotlarning elektron katalogini yaratishda “Kadata” dasturidan keng foydalanilmoqda.

Kutubxona yiliga 13 000 dan ziyod kitobxonga xizmat ko’rsatadi.


Orqaga qaytish