Bilasizmi?

5321 marta o'qildi
PLATINA NIMA?

Platina — noyob xossalarga ega metall. Uning bunday nomlanishi ispancha «plata», ya'ni «mitti kumush» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, uning qo’rg’oshinsimon-oq tusli bo’lganligi shunday atalishiga olib kelgan. Platina xuddi oltin singari qayishqoq, ishlovga o’ng’ay metalldir.

PLATINA NIMA?

     Platina — noyob xossalarga ega metall. Uning bunday nomlanishi ispancha «plata», ya'ni «mitti kumush» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, uning qo’rg’oshinsimon-oq tusli bo’lganligi shunday atalishiga olib kelgan. Platina xuddi oltin singari qayishqoq, ishlovga o’ng’ay metalldir. Tabiatda platinani rudalar tarkibidagi ruten, palladiy, radiy, iridiy va osmiy sin-gari boshqa metallar bilan birgalikda uchratadilar. Bu elementlar platinali metallar deb ataladi. Ayrim hollarda palatina yer bag’ridagi oltin, kumush, mis, temir, xrom va nikel kabi metallar bilan birga mavjuddir. Uni donador mayda zarralar, boshqa metallar tarkibida orasira uchraydigan zarralar va sof, yaxlit holda ham topishadi. Platinaning yirik konlari birinchi marta XVIII asrda Janubiy Amerikada topilgan. Uzoq davr bu metall turmushda tuzuk-quruq ishlatilmagani sababli yuqori baholanmay kelindi. Keyinchalik odamlar uning noyob sifatlaridan foydalanishni bilishgan, uning qimmati birdan oshib ketdi. Buning ustiga, platina zaxirasi dunyo bo’yicha yer qobig’ida kam ekanligi ma'lum bo’lgach, uning jahon bozoridagi qiymati oltinnikidan ham ko’tarildi. Platinaning oksidlantiruvchilarga (masalan, kislorodga), kislotaga va qizdirishga chidamliligi uning alohida xossasidir. Platina  1843 S da eriydi va faqat azot va tuzli kislotalar bilan bilangina aralashma holiga keladi. Odatda platina platinali metallar, kumush, oltin, mis, nikel va qalayi bilan qotishmalar tayyorlashda qo’llaniladi. Platinadan asosan zargarlik sanoatida foydalaniladi, lekin, shu bilan birga, undan elektr asbob-uskunalarning kontaktlari, ilmiy laboratoriyalardagi tajriba tarozilari va boshqa jihozlar, haroratni aniq o’lchash uchun ishlatiladigan priborlar ham tayyorlanadi.

SIMOB NIMA?

      Simob — g’oyatda o’ziga xos metall bo’lib, uy sharoiti temperaturasida suyuq holatda bo’ladi.       Simob 39 S sovuqlikda muzlaydi, 357 S da esa qaynaydi. Uning vazni suvdan 13,6 marta og’irroq. Simobning sirtqi yaxlitligi katta hajmda bo’ladi, shu sababli ayrim predmetlar unda cho’kadi. Simob mayda tomchilarga bo’linish va oqish xossalariga ega. Tabiatda simob qizil tusli kinovar ma'dani tarzida mavjud bo’ladi. Kinovar ko’pgina tog’-qoya jinslariga kiradi, biroq uni ko’p hollarda vulqonli jinslar tarkibida uchratish mumkin. Simob oson bug’lanadi. Rudadan sof holdagi simob olish uchun rudani deyarli 482 S ga yetkazib qizdiriladi. Bug’ esa yig’ib, jamlab qotiriladi va simob olinadi. Kishilar simobni har xil shaklda anchadan buyon ishlatib kelmoqda. Yozuv paydo bo’lishiga qadar kinovar qizil bo’yoqlar tayyorlashda ishlatilar edi. Miloddan avvalgi 415 yilda simobni ruda tarkibidan olinib, metallarning sirtini qoplash va ayrim xastaliklarni davolash uchun qo’llanilar edi. Nodir metallar hosil qilishga umrini bag’ishlagan alkimyogarlar simobni sehrli metall deb bilishar edilar. Ular simobni o’z tajribalarida va har xil tadbirlarida keng qo’llaganlar. Hozirgi davrda simob tibbiyyotda keng qo’llanilmoqda. Garchi simob va uning qismlari zaharli bo’lsa-da, undan dori va dezinfeksiya vositalarini tayyorlashda qo’shimcha xomashyo tarzida foydalanilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan simobning uchdan bir qismi tibbiyot sohasida ishlatiladi. Biz simobni bemorlarning isitmasini aniqlaydigan vosita — «gradusnik» orqali yaxshi bilamiz. Chunki simob inson tanasidagi harorat darajasining o’zgarishlarini tez va aniq ko’rsatadi. Simob bugungi kunda bo’yoqlar tayyorlashda, stamotologiyada, xlor, kaustik soda — o’yuvchi natriy va elektr jihozlari ishlab chiqarishda ishlatiladi.

QALAYI-QO’RG’OSHIN QOTISHMASI NIMA?

          Avvalo, qotishma — bu, bir necha metallarni aralashtirib eritish natijasida paydo bo’ladigan metall. Qalayi-qo’rg’oshin qotishmasining asosi qalayidir. U odatda qo’rg’oshin bilan: 1 qism qo’rg’oshin 6 yoki 44 qism qalayi nisbati bilan aralashtirib tayyorlanadi. Buningdek qotishma ming yillar davomida olinmoqda. Lekin uni tayyorlash ishi aniq qachon boshlangan — buni aytish qiyin. Aytishlaricha, bu usul qadimgi xitoyliklarga, misrliklarga va yunonlarga ma'lum ekan. Qadimgi rimliklar ham uni tayyorlashni bilishgan.     Odatda, qalayi-qo’rg’oshin qotishmasi deyilganda Angliya esga tushadi va bu bejiz emas. Korkoullda a'lo sifatli qalayi zaxirasi bor. Angliya uni qadim zamonlardan beri eritib kelmoqda, Korkouoll qalayisi bunday qotishmani Yevropaning boshqa qismlarida tayyorlash uchun ishlatiladi. Qalayi-qo’rg’oshin qotishmasi asosan quyidagi uch maqsad: cherkov, ro’zg’or va ijtimoiy ehtiyojlar buyumlarini tayyorlash uchun foydalaniladi. Qalayi-qo’rg’oshin qotishmasidan qilingan «prichasheniye» marosimibop kosalar Angliyada cherkov xizmati sohasida o’rta asrlardan buyon ishlatilib kelinmoqda. Angliyada bu qotishma likopcha va finjonlar tayyorlashda ham keng qo’llanilib kelingan. Biroq zamonlar o’tib boy-badavlat odamlar kumush idishlardan, o’rta tabaqadagilar esa kumush hali yuritilgan qalayi-qo’rg’oshin idishlardan foydalana boshladilar. Fransiyada esa qalayi-qo’rg’oshin qotishmasi ishlab chiqarish sanoati XIV asrdan e'tiboran paydo bo’ldi, xuddi shu davrlarda uni Belgiya, Gollandiya, Shveysariya, Rossiya va Skandinaviya mamlakatlarida ham quya boshladilar. AQShda ilk mustabidlik davrlarida bunday qotishmani xonadon ehtiyojlari uchun ishlatishgan. Qalayi-qo’rg’oshindan bu yerda qilingan ayrim buyumlar XVIII asrga taalluqlidir, lekin bu qotishmaga ayniqsa 1750 va 1850 yillar o’rtasida zo’r berildi chunki bu davrga kelib istalgan uy anjomi faqat shu qotishmadan tayyorlana boshlangan edi. Qalayi-qo’rg’oshin qotishmasini Xitoyda, Koreyada va Yaponiyada bundan 1000 yillar avval tayyorlashga kirishilgan.


Orqaga qaytish