Bilasizmi?

4757 marta o'qildi
TELEVIDENIYENI KIM IXTIRO QILGAN?

Sizga ma'lumki, televideniye ancha-muncha murakkab texnikaviy jarayondir. Uning manbalarini uzoq o’tmishdan izlash kerak bo’ladi. Ishonch bilan aytish mukinki, televideniyening taraqqiyotiga son-sanoqsiz odamlar hissa qo’shishgan. Ya'ni uni yolgiz bir kishi tomonidan ixtiro qilingan deb bo’lmaydi.

TELEVIDENIYENI KIM IXTIRO QILGAN?

          Sizga ma'lumki, televideniye ancha-muncha murakkab texnikaviy jarayondir. Uning manbalarini uzoq o’tmishdan izlash kerak bo’ladi. Ishonch bilan aytish mukinki, televideniyening taraqqiyotiga son-sanoqsiz odamlar hissa qo’shishgan. Ya'ni uni yolgiz bir kishi tomonidan ixtiro qilingan deb bo’lmaydi. Televideniyening ixtiro qilinishiga olib kelgan voqealar zanjiri 1817 yilga, ya'ni shved kimyogari Yens Berseleus selen kimyoviy elementini kashf etgan davrga borib ulanadi. Keyinchalik, selen orqali o’tkazilgan elektr tokining miqdori selenga ta'sir ko’rsatadigan yorug’lik miqdoriga bog’liқ ekanligi aniqlandi. Bu xususiyat «fotoelektr» hodisasi deb ataladi. 1875 yilda bu kashfiyot amerikalik ixtirochi G. Kerriga birinchi, hali takomillashmagan televizion qurilmani yaratish imkonini berdi, u buning uchun fotoelektr elementlardan foydalandi. Predmetning fokusini linza orqali fotoelektr elementlar bo’limiga to’g’riladi, natijada bo’limdagi har bir element cho’g’lanma lampaga o’tuvchi elektrning miqdorini o’zicha «nazorat qiladigan» bo’ladi. Predmetning xira ko’rinishi fotoelektr elementlarda aks etib, cho’g’lanma lampa sirtida gavdalanadi. Televideniye ixtirochiligida shundan keyin qo’yilgan qadam 1884 yilda Pol Nipkou ixtiro qilgan «kengaytirilgan tasvir»dir. Bunday tasvirga, bir tomondan, fotoelektr elementlar qarshisiga aylanib turadigan bir necha teshiklar ega diska hamda tomoshabin ko’z o’ngida aylanib turadigan yana bir diska yordamida erishiladi. Aslini olganda, bu ham Kerri ixtiro qilgan tuzilmaga o’xshashdir. 1923 yilda birinchi marta sim orqali tasvirni uzatishga erishildi, bunga Angliyada Berd va AKDPda Jenkins muvaffaq bo’ldi. Keyin televizion kameralar rivoji bobida ulkan odimlar tashlandi. Vladimir Zvorikin va Fil Farnsuort har biri o’zicha mustaqil ravishda «tasvir uzatuvchi trubka» deb nom olgan kameralarni yaratdilar. 1945 yilda bu ikkala trubka ham yanada takomillashtirilgan trubkalarga almashtirildi. Hozirgi televizorlarda «katod — nurli trubka» deb atalgan trubkalar ishlatiladi. Bu trubkalarda elektron pushka bo’lib, u ekran tasvirini, uzatuvchi televizion kameralardagi nurlar misoli, qayta nurlantirib nusxa ko’chiradi va natijada biz tasvirni ko’ramiz. Albatta, yuqorida aytilganlardan Siz televideniye qanday ishlashi to’g’risida batafsil ma'lumot ololmaysiz, biroq ular turli mamlakatlardagi odamlar tomonidan hozirgi zamon televideniyesini bunyodga keltirish yo’lida naqadar har xil ixtirolar qilinganligi xususida umumiy tasavvur beradi.

 RADAR NIMA?

    «Radar» deyilganda, odatda, radiolokatsion stansiyalar xayolga keltiriladi. Radar yordamida, masalan, inson nigohidan yashirin balandliklarda uchayotgan tayyoralar (samolyotlar) aniqlanadi. Radar tayyoralarning o’ziga ham qorong’u tunda, tumanlar oғushida yo’l topishda, qo’nish paytida, bir so’z bilan, ularni boshqarishda bevosita yordam beradi. Radarning aylanuvchi antennasi radioto’lqinlar jo’natadi. Ular o’z yo’lida «ob'yekt»ni uchratib, to’qnashib, orqaga qaytadi. Radiosignalning uzatilishi va qaytishi o’rtasida o’tgan vaqt «ob'yekt»gacha bo’lgan masofani aniqlashga imkon beradi. Radiosignallarni uzluksiz jo’natish orqali esa tayyora parvozining trayektori-yasini bilib olish mumkin. Aerodromlarda va dengiz bandargohlariga (portlarida) o’rnatilgan radarlar vositasida tayyoralar va kemalar harakatining manzarasini ekranga tushirish mumkin bo’ladi. O’z navbatida, tayyoralar va kemalar ham radarlardan o’z yo’lida uchraydigan to’siqlarni aniqlash uchun foydalanadi. Birinchi radar tarmog’i Buyuk Britaniyada 1931 yilda yaratildi, 1935 yilda esa tayyoralarning uchishini boshqarishda qo’llanildi. 

RADIO INSONGA QANDAY XIZMAT QILADI?

       Dastlabki paytda radio Morze alifbosi yordamida ma'lumotlarni uzatish uchun qo’llanilgan edi. Hozirgi kunda ham bu usuldan, masalan, halokat yuz bergan yerdan signallarni uzatishga foydalaniladi. «Radio» so’zining o’zi «radiotelegraf» so’zining qisqartma shaklidir. To’g’risini aytganda, hozirda ham efirning (havo to’lqinlarining) katta qismi xavfsizlik bilan bog’liq signallarni qabul qilish bilan banddir. Radio politsiya (militsiya) va boshqa ko’psonli qutqaruvchi xizmat sohalarining faoliyati uchun juda zarur. Dengizda esa har uch minutda, uzatilgan halokat signallarini qabul qilish uchun, «radiosukunat» muddati joriy qilingan. Texnik imkoniyatlar taraqqiyoti shunga olib keldiki, radio orqali ovoz va musiqani uzatish sharoitlari vujudga keldi. Shu tariqa radio har bir inson hayotiga yaқin bo’lib qoldi. Hozirgi kunda u turmushimizning tarkibiy bir qismidir. Keng jamoatchilik uchun radio eng avvalo dam olish va axborot qabul qilish vositasiga aylandi. Hozirgi kunda maxsus rasmiy markaziy radiostansiyalar ham, bundan tashqari ko’pgina mahalliy va mintaqaviy radiostansiyalar ham mavjud. Ular o’z radiotinglovchilariga musiqa, sport yangiliklari, o’yinlar, axborotlar, konsertlar, diniy xizmat, ma'rifiy eshittirish kabi xilma-xil dasturlarni taklif etadi.   

MIKROFON QANDAY ISHLAYDI?

      Eslasang, kulging qistaydi: Morzening birinchi telegrafi atigi... 14 qadamlik masofaga signal bera olardi. Hozir esa Siz xohlagan shahringizga telegramma jo’nata olasiz, olisdagi do’stingizning ovozini telefon orqali eshitasiz. Kosmik aloqa esa orbitada fazogirlar qanday ishlayotganligini ko’z bilan ko’rish imkonini beradi. Telefonning yaratilish tarixi nimadan boshlangan? Ota-bobolarimiz qadim o’tmishda yiroq masofalarga tirik inson ovozining aniq-tiniq yetib borishini orzu qilishgan. Biz gapirganimizda havoning tebranishi natijasida tovush to’lqinlari paydo bo’ladi. Ular quloq pardasiga uriladi va biz ovozni eshitamiz. Bunga asoslanib, qadimgilar karnayni o’ylab topishgan. Uning yordamida tovush tebranishi kerakli to-monga yo’naltirilgan. «Karnay uzunasiga cho’zilsa nima bo’ladi?» - o’ylab qolishgan ular. U holda trubka orqali bemalol gaplashilsa bo’ladi. Odamlar bunday apparatni yaratishdi va uni «akustifon» deb atashdi. Bunday apparatlar birinchi avtomobillarga o’rnatildi. Hozirda ham «trubkali» telefon kemalarda kapitan boshqaruvi bilan mashina bo’limi o’rtasidagi aloqa uchun xizmat qiladi. Lekin bularning hammasi ibtidoiy bir shakldagi aloqa usuli edi, biroq elektr yordamga kelganidan keyin ahvol o’zgardi. Axir havoning tebranishini avvalo elektr toki tebranishiga aylantirilsa, keyin, aksincha, elektr toki tebranishi havo tebranishiga aylantirilsa, tovush to’lqinlarini simlar orqali uzatish mumkin bo’ladi. Yangi telefon apparati F. Reys tomonidan ixtiro qilingan. Lekin bu apparat ham mukammal emas edi. Amerikalik ixtirochi Aleksandr Grexem Bell 1875 yilda yanada qulayroq telefon apparatini o’ylab topdi. Oradan biroz o’tib esa telefon raqami teriladigan diska va mikrofon ixtiro qilindi. Parijda 1881 yilda bo’lib o’tgan Xalqaro elektrotexnika ko’rgazmasida telefon mojizaday bo’lib tuyuldi. Elektr aloqa shiddat bilan rivojlandi va tez orada barcha qit'alar son-sanoqsiz telefon aloqa liniyalari simlariga chulg’andi.


Orqaga qaytish