Kino,taeatr namoyondalari

5533 marta o'qildi
HAFIZA IBROHIMOVA

Teatr aktrisasi va xonanda Hafiza Ibrohimova 1927 yilda Farg`onada tug`ilgan. Avval Farg`ona shahridagi «Kooperativ» artelida tikuvchi bo`lib ishlagan. Yoshligidan ashula aytishga qiziqqan Hafiza o`zi ishlastgan arteldagi havaskorlik to`garagiga qatnashadi.

HAFIZA  IBROHIMOVA

(1927-1967)

Teatr aktrisasi va xonanda Hafiza Ibrohimova 1927 yilda Farg`onada tug`ilgan. Avval Farg`ona shahridagi «Kooperativ» artelida tikuvchi bo`lib ishlagan. Yoshligidan ashula aytishga qiziqqan Hafiza o`zi ishlastgan arteldagi havaskorlik to`garagiga qatnashadi. San'atga bo`lgan mehr ustunlik qilib, 1946 yilla Farg`ona musiqali drama va komediya teatriga aktrisa sifatida ishga kiradi va umrining oxirigacha shu tearda qizg`in faoliyat ko`rsatadi.

H.Ibrohimova yigirma yillik ijodiy faoliyati davomida Farg`ona musiqali drama va komediya teatri repertuaridan mustahkam o`rin olgan asosiy spektakllarda bosh rollarni ijro etadi. Obida («Muqimiy»), Sanam («Aziz va Sanam»), Zulxumor («Ravshan va Zulxumor»), Gulsara («Gulsara»), Qumri («Qumrining murodi»), Zuhra («Tohir va Zuhra») obrazlari aktrisa ijodila muhim o`rin tutadi.

Hafiza Ibrohimova shirali, yoqimli va jarangdor ovozga ega bo`lgan xonanda ham edi. U ijro etgan Zulxumor, Sanam, Zuhra, Gulsara, Obida ariyalari. «Ko`z tutarman», «Bo`stonmisan?», «Chiroylik», «Tasadduq» kabi xalq yo`lidagi va zamonaviy qo`shiqlar hamon san'at shaydolarini o`ziga maftun etmoqda.

Hafiza Ibrohimovaga 1967 yilda «O`zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berildi. U 1967 yilda Farg`onada vafot etdi.


Orqaga qaytish