Matbuot xizmati

4939 marta o'qildi
Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan!

Tinchlik va xotirjamlikda, ezgu niyat va ulug’ maqsadlar og’ushida yashashga ne yetsin?!

Tinchlik va xotirjamlikda, ezgu niyat va ulug’ maqsadlar og’ushida yashashga ne yetsin?! Istiqlol tufayli ana shunday saodatli kunlarni ko’rmoq nasib etdi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan bunyotkorlik ishlari, har bir jabhadagi yangilanishlar zamirida samimiy tilak, ertani o’ylab yashashdek ezgu g’oya mujassam. Prezidentimiz raxnamoligida hayotga tatbiq etilayotgan yaratish yashnatish falsafasini bugun har qadamda  his qilmoqdamiz.

Istiqlolimizning qutlug 20 yillik to’yi ostonasida turibmiz. Tarixan qisqa, mazmunan beqiyos ushbu yillarda hayotimizda ro’y bergan olamshumul o’zgarishlarni ko’z oldimizga keltirganimizda, ko’ngil ravshan tortadi. Shunday yurtda tug’ilganing, yashayotganing uchun beihtiyor Yaratganga shukuronalar aytasan, kishi. Bu yangilanishlarni barchasi Prezidentimizning jasorati tufayli qo’lga kiritilganligini bugun xorijdagi taniqli mutaxassisu ekspertlar ham tan olmoqda, etirof etmoqda. Buyuklikdan buyuklik tug’iladi, deyishadi. Mustaqillik inom etgan imkoniyatlar tufayli ta’lim tizimida kuzatilgan yutuqlar, farzandlarimiz egallayotgan yuksak marralar halqimizni azalazaldan marifatparvar ekanligiga borib taqaladi.


Orqaga qaytish