Referatlar

5647 marta o'qildi
Xiva xonligi shaharlari. Xiva.

Xonlikning eng yirik shaharlarida biri Xiva edi. U XVII asr boshidan to 1920 – yilgacha Xiva xonligining poytaxti bo`lgan. Xiva shahri qadimda Xiyvaq deb atalgan.

O’zbekiston Respublikasi alq talim vazirligi

Respublika bolalar kutubonasi

Fan:Tari

Xiva xonligi shaharlari. Xiva.

 

Xonlikning eng yirik shaharlarida biri Xiva edi. U XVII asr boshidan to 1920 – yilgacha Xiva xonligining poytaxti bo`lgan. Xiva shahri qadimda Xiyvaq deb atalgan.

            Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlardanoq Sharq bilan G`arbni bog`lovchi savdo yo`li o`tganligi bilan izohlanadi.

            Milodning IV asri boshlarida Xiva Xarazm davlati bilan Eron sosoniylari davlati tarkibiga kirgan.

            XVII asr boshlarida Amudaryo o`zani o`zgarishi oqibatida xonlik poytaxti Urganchda aholi yashashi uchun noqulay vaziyat yuzaga kelgach, xonlik poytaxti Xiva shahriga ko`chirildi.

            XVIII asr o`rtalarida Eron shohi Nodirshoh qo`shinlari, keyinchalik turkmalarning yovqut qabilasi hujumi oqibatida shahar vayron qilingan edi.

            Xiva xoni Muhammad Amin inoq hukmdorligi davrida (1770 – 1790) turkmanlarning yovmut qabilasi qo`shinlari tor – mol etilgan va Xiva shahri qayta teklangan.

            XIX asr o`rtalarida Xiva xoni Ollohqulixon (1825 – 1842) davrida shahar atrofi yana mustahkam devor biuoan o`ralgan. Devorning uzunligi 6 km. bo`lgan. Xiva shahrining memoriy qiyofasiga XVIII asr oxiridan boshlab asos solina boshlagan va bu ish XX asrning boshlarigacha davom etgan.

            Shahar me`moray ansanbili yahlitligi jihatdan O`rta Osiyoda yagona hisoblanadi. Bu ansanbilning ichida dastlab Ichan qal`a (ya`ni ichki qal`a; shahriston) bunyod etilgan. Ichan qal`ada – xon saroyi, aslzodalar yashaydigan maskan, maqbara, madrasa, masjidlar joylashgan. Ichan qal`aning umumiy maydoni 26 gektar. Devorning uzunligi 2200 metr.

            Ichan qal`ada o`zar kesishadigan ikkita katta ko`cha o`tgan. Bu ko`chjalarda to`rtta darvoza qurilgan. Bu darvozalardan Dishan qal`aga chiqiladi. Dishan qal`ada esa hunarmand, kosiblar, savdogarlar yashashgan va ularning rastalari joylashgan. Dishan qal`aning uzuligi 1250 metr bo`lib, uning o`nta darvozasi bo`lgan.

            Xiva shahrida joylashgan me`moray yodgorlik Sayid Aloviddin maqbarasidir. Bu maqbara XIV asrda qurilgan edi. Shuningdek, Xivada ko`hna ark, masjidi jomi`, Oq masjid, Uch avliyo maqbarasi, Sherg`ozixon maqbarasi, Ollohqulixon karvonsaroyi, Qutlug` Murod inoq madrassasi, Muhammad Amin inoq madrassasi, Ollohqulixon bunyod ettirgan 163 xonadan iborat Toshhovli saroyi va boshqalr muhim tarixiy me`morchilik yodgorliklari bo`lib, ular xivalik o`z kasbining ajoyib ustalari – naqqoshlar, toshganch, yog`och o`ymakorlarining mahoratini ko`z-ko`z qilib turadi.

            Bularning bari XVIII asr oxiri – XI asr boshlarida O`rta Osiyo me`morchilik san`atining qayta tiklanganligidan, bu borada ayniqsa Xiva xonligi me`morlari dong taratganligidan dalolat beradi.         

            Xiva nafaqat O`rta Osiyoda, ayni paytda dunyoga ham mashhur shahar. Buning isboti – 1997 – yilda YUNESKO qarori bilan shu shahar 2500 yilligi nishonlanganligidir.

            Bugungu avlod o`z ota-bobolarning madaniy meroslari bilan haqli ravishdafaxrlanadilar. Xiva xonligining yana bir yirik shahari – Ko`hna Urganchdir. Bu shaharga asos solinganiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim karvon yo`llari kisishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojlanga.

            XVI --- XIX asrlar faqatgina o`zoro urushlar, ichki urushlar, nizolar va toji taxt talashuvlari tarixidangina iborat bo`lmay, bu davrlarda ham xonliklarda madaniy hayot tuxtab qolmadi. Hatto, toji taxt uchun, markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun qo`shnilarninghududlarini bosib olish uchun ayovsiz kurashgan hukmdorlar orasida ham ijod bilan shug`illangan, ilm-fan va adabiyot ahliga homiylik qilgan, o`z davlatlari tarixini yaratgan hukmdorlar ham bo`lgan. Masalan, Abdulaxon, Ubaydilloxon II, Subhonqulixonlar; Xiva xoni Abdulg`ozixon; Qo`qon xoni Umarxon shular jumlasidandir.

            Uchala xonlik xalqlarini ma`naviy hayotda birlashtirib turgan kuch o`zbek tili bo`ldi. Ayni paytda davlat idora ishlarida fors tii ham qullanilgan. Ijtimoiy hayota o`zbek va fors tillari qo`llanilgan. An`anaga ko`ra esa fanda va maktabda arab tili muhim o`rin tutgan.

            Madrasalar uch (boshlang`ich, o`rta va yuqori) bosqichli bo`lib, ularda arab, fors va o`zbel tili mukammal o`rgatilgan. Shuningdek, fiqh, hisob, handasa, astranomiya, axloq, falsafa, antiq, adabiyot, geografiya, tarix tabobat o`qitilgan.


Orqaga qaytish