Tanlov

4945 marta o'qildi
"Mustaqillik madhi bolalar ijodida" Respublika ijodiy ishlar tanlovi

        O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Respublika bolalar kutubxonasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Tong yulduzi” bolalar gazetasi hamkorligida joriy yilning yanvar oyidan sentyabr oyiga qadar  yurtimiz Mustaqilligining 23 yilligiga hamda “Sog’lom bola yili” munosabati bilan  «Mustaqillik madhi bolalar ijodida» Respublika ijodiy ishlar  tanlovi umumta'lim maktablarining 1-9 sinf  o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

 

Aziz oquvchilar!

 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Respublika bolalar kutubxonasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Tong yulduzi” bolalar gazetasi hamkorligida joriy yilning yanvar oyidan sentyabr oyiga qadar  yurtimiz Mustaqilligining 23 yilligiga hamda “Sog’lom bola yili” munosabati bilan  «Mustaqillik madhi bolalar ijodida» Respublika ijodiy ishlar  tanlovi umumta'lim maktablarining 1-9 sinf  o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

«Mustaqillik madhi bolalar ijodida» Respublika ijodiy ishlar ko‘rik - tanlovi :

         1.Tasviriy san'at  yo‘nalishi .

         2.Badiiy adabiyot ( she’riyat,  hikoya) yo‘nalishida o’tkaziladi.

Umumta’lim maktab o’quvchilari o’z  ijod namunalarida O’zbekistonning 23 yillik mustaqil taraqqiyot yo’lida turli sohalarda erishilgan yutuq va natijalari,yoshlarga ta’lim olish sohasida yaratilgan imkoniyatlar, aholi turmush sifatini yanada oshirish yo’lida qilinayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqida yozishlari mumkin.

Bolalar tomonidan yaratilgan Ijod namunalari  Respublika bolalar kutubxonasining  manziliga xat orqali  yoki  elektron shakda kutubxonaning elektron manziliga yuboriladi. 

Tanlovga qo’yiladigan talablar:

Tasviriy san'at yo‘nalishi  bo‘yicha ishtirok etadigan  o‘quvchilarining ijodiy ishlarida o’quvchining  tabiiy qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

-tasviriy san’at orqali o‘z ona yurtini ulug‘lash, undagi go‘zallikni, chiroyni  ko‘ra bilish;

 Badiiy adabiyot (hikoya) yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etadigan  o‘quvchilarning ijodiy ishlarida

- mavzu ixcham ifodalangan  va mustaqil yozilgan bo‘lishi;  

- Vatan,ona yurt,mustaqillik haqida tushunchalar yoritilishi kerak.

She'riyat yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etadigan  o‘quvchilarning ijodiy ishlarida o‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy xususiyatlari,  Vatan, istiqlol, ma'naviyat va ma'rifatni  tarannum etadigan  she'rlar namunalari yuborishlari shart.

O‘quvchilarning ijod namunalari she'riyat talablariga (vazn, qofiya, band, badiiy mazmun, ohang)  javob berishi kerak, o‘quvchidan iste’dod va mahorat talab qilinadi.

Mavzuga oid bo’lmagan ijodiy ishlar tanlovda ishtirok etmaydi.

“Tong yulduzi” bolalar va o’smirlar gazetasi tomonidan  «Mustaqillik madhi bolalar ijodida»  rukni ostida eng namunali ijodiy ishlar muntazam chop etiladi.   

Respublika bolalar kutubxonasida avgust oyi oxirida «Mustaqillik madhi bolalar ijodida» Respublika ijodiy ishlar ko‘rik  tanlovining Nizomi asosida: tasviriy san'at, hikoya va she'riyat yo‘nalishlari bo‘yicha hakamlar hay'ati tomonidan o‘quvchilarning ijodiy ishlari ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi. O‘rinlar belgilanadi va tanlov g‘oliblari aniqlanadi.

 

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

Respublika bolalar kutubxonasining anjumanlar zalida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi sentabr oyida o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblari  tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

Tanlovga yuborilgan xatlarda o‘quvchining manzili, ta’lim olayotgan maktabi va sinfi ko‘rsatilishi, 4x5 hajmdagi fotosur’ati, telefon raqamlari ko‘rsatilib jo‘natilishi lozim. Ijodiy ishlar 2-3 bet hajmda, ''Times New Roman''  formati, 14 shrift va 1,5 intervalda yozilgan bo‘lishi shart. Ijodiy ishlar joriy yilning 20 avgustiga qadar Respublika bolalar kutubxonasiga yuborilishi lozim.

 Manzilimiz: Toshkent shahri ,100000

Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 47 uy

Respublika bolalar kutubxonasi

Tel: 8-371-233-79-70, 233-25-19

Elektron manzil:  bolalarkutubxona@inbox.uz yoki  Kitob2014@inbox.uz


Orqaga qaytish