Ertaklar

4709 marta o'qildi
Qushlar

Bir ovchi daraning chekkasiga to'rdan tuzoq qo'yibdi. To'r tagidagi don-dunlarga aldangan bir to'da qush tuzoqqa ilinih qolibdi.

Bir ovchi daraning chekkasiga to'rdan tuzoq qo'yibdi. To'r tagidagi don-dunlarga aldangan bir to'da qush tuzoqqa ilinih qolibdi.

Ovchi to'r tuzoqlaridan xabar olgani kelsa, unga ilingan qushlar gurr etib, to'rni ham ko'tarib, ucha ketishibdi. Qushlarning bir tan-bir jon bo'Iib, ustiga-ustak, to'r tuzoqni ham ko'tarib uchishlariga lol qolgan ovchi orqalaridan quva boshlabdi.

Yo'lda bir odam duch kelibdi. Ovchidan nega buncha hovliqib chopayotganini so'rabdi.

Ovchi esa, osmonda uchib borayotgan qushlarni ko'rsatib, ularni tutmoqchi ekanini aytibdi. Haligi odam kulibdi:

—  Senga Alloh aql bersin, hech jahonda uchib ketayot-gan qushlarga yugurib yetib bo'larkanmi? — debdi.

Ovchi:

—   Yetsa bo'ladi, — debdi. — Tuzoqda bittagina qush bo'lsa edi, yeta olmasdim, ammo, ko'rib turibsanki, ular ko'p. Shuning uchun yetib olaman.

Ovchi  aytganday  bo'libdi.   Oqshom  tushib,  osmon  ham qorong'ulashgani sari qushlarning har biri o'z uyasiga ket-moqchi bo'libdi. Birlari tuzoqni o'rmonga tortsa, boshqalari ko'l tomon tortqilar emish.  Ba'zilari toqqa, yana boshqalari changalzorga talpinarmish. Oqibatda hech qaysisining aytgani bo'lmabdi. Tuzoqqa o'ralib, hammasi yerga qulabdi.

Ovchi kelibdi-da, ularning hammasini tutib olibdi. Bechora qushlar sevikli payg'ambarimizning ushbu hadislarini bilganlarida edi, hammasi bir tomonga uchar va ovchi qo'liga tush-mas edilar:

«BIR-BIRINGIZDAN AYRILMANGIZ, CHUNKI PODA-DAN AYRILGAN QO'YNI BO'RI YER».


Orqaga qaytish