Yangi o`zbek adabiyoti

5022 marta o'qildi
Xayriddin Sultonov

Hozirgi davr o‘zbek nasri taraqqiyotida iste’dodli yozuvchi Hayriddin Sultonovning munosib o‘rni bor.

Hozirgi davr o‘zbek nasri taraqqiyotida iste’dodli yozuvchi Hayriddin Sultonovning munosib o‘rni bor. U 1956- yil 18- yanvarda Toshkent viloyati Qibray tumanida oddiy mehnatkash oilada dunyoga kelgan. 1963—1973 yillarda Parkent qishlog‘idagi 42-o‘rta maktabda o’qib, uni muvaffaqiyatli tugatadi. 1973—1978 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil oladi.

 Uning mehnat faoliyati asosan 80-yillardan boshlangan bo‘lib, avval «Guliston», «Yoshlik» kabi oynomalarda, G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi kunda u G’. G’ulom nomli nashriyotda bosh muharrir bo‘lib ishlamoqda.

 Xayriddin Sultonovning ijodi 70-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lib, hikoya, qissalari ro‘znoma va oynomalarda ketma-ket bosildi. Adibning «Quyosh barchaga barobar» (1980), «Bir oqshom ertagi» (1983), «Onamning yurti» (1987), «Umr esa o‘tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992) kabi kitoblari keng o‘quvchilar ommasiga tanish.

 Shuningdek, u «Changak», «Moziydan bir sahifa» kabi videofilmlar hamda «Tushlarimda ko‘rib yig‘layman» kabi badiiy filmlarning ssenariy muallifi hamdir. Xayriddin Sultonov faqat iste’dodli adibgina emas, balki mohir tarjimon hamdir. Jumladan, A.Sent-Ekzyuperi, Yu.Nagibin, S.Alekseyev, V.Shukshin kabi adiblar asarlari Xayriddin Sultonov tarjimasida o‘zbek kitobxoniga yetkazildi.

 


Orqaga qaytish