O'zbek adabiyoti

5663 marta o'qildi
Sulton JO'RA (1910- 1943)

Sulton Jo'ra 1910- yilning 15- yanvarida hozirgi Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Qag'altom qishlog'ida dehqon oilasida tug'ildi. Yetti yoshida ota-onasidan yetim qolgan Sulton

      Sulton Jo'ra 1910- yilning 15- yanvarida hozirgi Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Qag'altom qishlog'ida dehqon oilasida tug'ildi. Yetti yoshida ota-onasidan yetim qolgan Sulton har kimlaming eshigida xizmat qildi. U dastlab boshlang'ich maktabda o'qib, 1924- yilda Buxoroga keldi va bu yerda Pedagogika bilim yurtiga o'qishga kirdi, uni 1930- yilda bitirdi.

         Sulton Jo'ra 1931-1938- yillarda Buxoroda, 1938— 1941- yillarda Andijondagi o'qituvchilar ilmgohi va Pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.

         1942- yilda Sulton Jo'ra harbiy xizmatga chaqirildi. U dushmanga qarshi ham qurol, ham qalam bilan jang olib bordi. 1943- yilning 14- noyabrida Belorussiya tuprog'ida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi janglarning birida jangchi-shoir qahramonlarcha halok bo'ldi.

         Sulton Jo'raning dastlabki she'rlari 1933- yilda Buxoro yosh shoirlarning „She'rlar" to'plamida nashr etildi. Uning 1939-yilda „Fidokor", 1941- yilda „Moskva" she'riy to'plamlari, 1942-yilda „Iroda" nomli pyesasi nashr etildi. Shoir vafotidan so'ng 1951- yilda rus va o'zbek tillarida „Tanlangan asarlar", tinch qurilish yillari davrida iste'dodli shoirning „Havorang qalam", „Zangori gilam", „Bruno", „Parvoz", „Qaldirg'och" kabi kitoblari bosilib chiqdi.

           Ayni choqda, u „yaxshi" va „a'lo" baholarga o'qish uchun kurashish, rostgo'y va intizomli bo'lish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyli yozuv malakasini egallash kabi ta'lim-tarbiyaviy masalalarni ham badiiy vositalarda talqin etdi. Bunday g'oyalar shoirning „Yozgi yomg'irdan so'ng" (1936), „Qizlar", „A'lo" va „Yaxshining maqtovi", „Zangori gilam" (1939), „Lola", „Oy nechta?", „Tinish belgilarining majlisi", „Cho'ntak", „Sirkda" (1940), „Qarzdor", „Qaldirg'och", „Yolg'onchi", „Dengiz tagida" (1941), „Sog'inib" (1942), „Sog'inchli salom", „Salom xat" (1943) kabi asarlarida o'z ifodasini topdi.


Orqaga qaytish