O'zbek adabiyoti

4881 marta o'qildi
Ibroyim Yusupov. Zulfiya tavalludining 100 yilligiga.

Oppoq tong to’lg’onib, tug’ilmasdan kun,

Eng yorug’ yulduzlar iqboli gulgun

Aytmish shivirlashib bari ushbu tun:

Bugun sahar chog’i shodlikka to’lsin,

Zulfiya tavalludining 100 yilligi

Ibroyim Yusupov, O’zbekiston Qahramoni

 

Qizing go’zal bo’lsin, shoira bo’lsin

Oppoq tong to’lg’onib, tug’ilmasdan kun,

Eng yorug’ yulduzlar iqboli gulgun

Aytmish shivirlashib bari ushbu tun:

Bugun sahar chog’i shodlikka to’lsin,

Vaqt yetib temirchi uyida bugun

Qiz tug’ilib, oti Zulfiya bo’lsin.

Ozod, hush qiliqli qiz bo’lsin o’zi,

Gard-g’ubor ko’rmasin oy kabi yuzi,

Ko’p yo’llarga tushsin muborak izi,

Tong yulduzi misol olamga kulsin.

Ming tumandan qaytsin har og’iz so’zi,

Ozod qizning oti Zulfiya bo’lsin.

Aytmish: ko’zlarida yulduz bo’lsin deb,

Ko’ngilda go’zallik gullab tursin deb,

Kurashsin, qiynalsin, barin yengsin deb,

Har qizi bulbulday xonish qilsin,

Yetti iqlim unga quloq bersin deb,

Ismi kim deganda – Zulfiya bo’lsin.

Bir qalam tortganda – g’unchalasin gul,

Ikki bor tortganda – mavjga kelsin dil,

Uchunchi bor nola cheksinu bulbul,

Ishqi chirog’iga parvona bo’lsin.

Qo’shiqlar uyg’otib bahorda ma’qul.

Hammaning tilida “Zulfiya” bo’lsin.

Aytmish: qiz iqboli bo’lsin ziyoda,

Uni bilsin Parij, ham Qohirada,

Hind bosgan qadami gul, giyo bo’lsin,

Qayda bo’lsa, bizning Zulfiya bo’lsin.

Yaxshi odam ismi – ko’ngilning naqshi,

Niyatlab ot qo’ysang – hammasi yaxshi.

Ayting, kim qiziga ism qo’ymochi?

Tole oqshomida bir ziyo bo’lsin.

Gar bo’lsang farzanding dolg’in yoymoqchi,

Iltimos, qiz oti “Zulfiya” bo’lsin.

 

…Go’zallik timsoli bo’lsin, iloyim,

Ismi ham, o’zi ham Zulfiya bo’lsin!

O`zbekiston adabiyoti va san`ati gazetasidan.


Orqaga qaytish