She`rlar va ruboiylar

5527 marta o'qildi
Sulton JO'RA she`rlari

Besh-oltita tinish belgi kelib bugun,

O'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in.

Rais bo'ldi undov belgi — mirzaterak,

Dedi: — Har kim o'z rolini aytmoq kerak.

Tushuntiring nedur sizning vazifangiz?

So'z vaqtini ko'proq beray oz desangiz.

TINISH BELGILARINING MAJLISI

 

Besh-oltita tinish belgi kelib bugun,

O'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in.

Rais bo'ldi undov belgi — mirzaterak,

Dedi: — Har kim o'z rolini aytmoq kerak.

Tushuntiring nedur sizning vazifangiz?

So'z vaqtini ko'proq beray oz desangiz.

O'z joyida ishlatmasdan Turg'un, G'ani,

 Balki sizni xafa qilgan? So'zlang, qani.

    .

Birinchi so'z nuqtavoyga — U bosh, katta, —

Nuqta chiqdi bir dumalab misli koptok:

—  Fikrlarning bekatiman — Nuqtadirman,

Har darak gap oxirida to'xtaydirman.

Boshqa fikr boshlanajak mendan keyin,

Ba'zan quloq solmasalar men ne deyin?

Paravozlar suv olgandek bekatlardan,

Menga yetgach, olmoq kerak to'liq bir dam.

O'zimdan so'ng qo'ymoq zarur zo'r bosh harf,

 Biroq ba'zan unuladi bizni Zarif.

Har bir bosh harf yonimdagi bir soqchidir,

Qaysi bola buni qo'ysa zap yaxshidir.

Gapim tamom, bundan bo'lak menda ne bor?

O'ylaymanki, so'zim qolmas bee'tibor.

 

            ?

—   Endi sizga gap navbati, o'rtoq „So'roq", —

Ana, chiqdi so'roq belgi, misli o'roq.

U qoqilib ketmay qoldi arang qulab,

 Yo bu belgi yoki zirak taqqan quloq.

—  Sen singari rolim aytsam, nuqta, do'stim,

Har so'roq gap bitgan joyda mening postim.

Mendan so'ng ham katta harf qo'ymoq shartdir,

Bunga odat qilinmasa, yomon darddir.

Uqdingizmi? Yetadimi? Bormi savol?

Yoki o'zim so'rayinmi sizdan savol?

 

            !

 Undov novcha o'zi oldi so'z galini,

Mixday turib bayon qildi o'z holini:

— Mazmunidan undov, sevinch, nafrat, g'azab,

Yo hayajon ma'nosini anglatsa gap,

Shunday jumla adog'ida bo'lar joyim,

Mendan so'ng ham bosh harflar kelar doim.

Eh... Naqadar soz bu kungi yig'ilishimiz!

Bu yaxshi ish, har choq shunday yig'ilishingiz!

            ,

— O'rtoq rais, endi menga navbat bering, —

 Deb so'z oldi kichik to'qmoq — bizning vergul.

O'rnim tcngdosh bo'laklarning orasida,

 Fikrlarning „razyezdi" men: menda birpas

 Olib o'tar har o'quvchi yarim nafas.

Undalma so'z kelib qolsa gap boshida

Undan keyin men turaman yonboshida.

Gar undalma gapda kelsa qoq o'rtada,

Uning ikki yonboshida men jo'rttaga:

„Qani, endi, undalmaxon, qochib boq-chi" —

Deb boiurman, yubormayin  unga soqehi.

Gar undalma gap so'ngida kelsa, u choq,

Undan oldin qo'yilurman, tushun, o'rtoq!

 

 

        ,, ”

Sirkdagi qiziqchidek qo'shtirnoqlar

Bir mahalda kulib chiqdi xushdimog'lar: —

Korxonalar, xo'jaliklar, gazeta, jurnal —

Hokazoga ot qo'yilgan bo'lsa darhol

Uni qurshab oladirmiz ikki yondan...

 Ko'chirma gap ketolmaydi bizdan qochib,

Uni doim olamiz keng quchoq ochib.

Mana rais „Vaqt tamom, to'xtatingiz", —

Deb qoldi-ku. Mayli, endi yo'q gapimiz.

 

 

         -

Eng oxirda shoshib-pishib, nari-beri

Jindakkina sayrab qoldi gugurt-tire:

—  Dialogda mening eng ko'p turar joyim.

Yana  ma'no takrorlansa, men bor doim.

Goho bir so'z sig'may qolsa to'lib xatga,

Ayamasdan bo'g'inidan qirqib hatto

Qolganini ko'chirarman bo'lakyo'lga,

Biroq shartim — so'z qolmasin o'lda-jo'lda.

— Ko'p cho'zdingiz, anglaysizmi, o'rtoq, tire?

—  Mayli bitdi, qaror bo'lsa o'qib bering.

Shunda rais dedi: — Endi majlis yopiq!

Har bir vakil jo'nab ketdi yo'lin topib.

 

          OY NECHTA

                 I

Yulduz, Qunduz, singil va opa

 Boshladilar katta tortishuv.

Yulduz dedi: — Oy bitta faqat

Qunduz dedi: — Yo'q, ikkita-ku!

 

—  Kech bo'lsin-chi, ko'ramiz, qani,

Kimning gapi rostga chiqarkan?

—  Yulduz bo'lsang oyni ko'rgani

Undan ilgariroq chiqarsan?..

 

                II

Ana keldi kutgan kecha ham,

Yonib chiqdi qizil shirmon oy.

Chopib ketdi Yulduz ko'chaga,

Qunduz dedi: — Hovlidan boqay.

Ikkovi ham ko'rarkan oyni,

Bir-biridan olishdi darak:

— Unda bormi?

—  Ha, bittasi bor.

Qaysisining oyi kattaroq?

Ishonmadi biri-biriga

Va dedilar.

—  Oy nechta, oyi?

— Yoting endi.

Faqat bitta osmonning oyi!

Katta bo'lgach, aylanaylarim,

Oyning o'zin minib ko'rarsiz.

—  O'shanda-chi, oyijon, bizga

Katta shoti olib berarsiz?

 

          Ill

Men ham shunday bolaligimda

Oyni ikkita deb yurardim.

O'sha paytim tushib esimga

Shu she'rni yozib yubordim.


Orqaga qaytish