Matbuot xizmati

5530 marta o'qildi
Ozod Sharafiddinov kutubxonasiga nazar

     eran va nozik fikr sohibi, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning hayoti va ijodi bugungi kunda bosqichma-bosqich, batafsil o‘rganilmoqda.

                            O`zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov kutubxonasiga bir nazar

eran va nozik fikr sohibi, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning hayoti va ijodi bugungi kunda bosqichma-bosqich, batafsil o‘rganilmoqda. U haqdagi maqola va ilmiy izlanishlarda olimning kitobga munosabati, ularga bo‘lgan cheksiz muhabbati alohida tilga olinadi. Biroq uning kitob dunyosiga bo‘lgan cheksiz mehrini ko‘pchilik tadqiqotchilar olimning ijodiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan bir qiziqishdek tasvirlashadi. Ozod Sharafiddinovni taniydigan har qanday kishi borki, unda tabiiy bir savol tug‘iladi: olim qanday qilib bu qadar buyuk kitobsevarga aylandi ekan, kitobga bo‘lgan sadoqati, muhabbatining o‘zagi qayerda, bunday fenomenning o‘ziga xosligi nimada?

Axir uning hayoti va ijodiga betakrorlik olib kirgan, olimni shaxs sifatida shakllantirgan va ijodini rivojlantirgan aynan kitob-ku?! Hayotning nafaqat go‘zalliklarini, balki uning barcha qiyinchiliklarini o‘z holicha qabul qilish va anglashdek donishmand va intellektual salohiyatli qilgan, teran va boy hayot tajribasiga o‘rgatgan ham aynan kitob-ku. Kitob uning uchun huzur-halovat manbai, umrining mazmuni, maqsadi va nihoyat taqdiriga aylangan edi.

Ozod Sharafiddinovning kitobsevarligi va ularni jamlashni yaxshi ko‘rishini qisqagina qilib tasvirlashning iloji yo‘q, bu alohida izlanish olib borishni talab etadi.

Otam kitobning sifatiga, eng avvalo uning muqovasi va kitobning qanday chop etilganiga alohida e'tibor berardi. U birinchi nashr, biror yangi asar chop etilgan gazeta yoki jurnal yoxud kitobni birinchi bo‘lib qo‘lga kiritganda undan lazzatlanardi va shundan mamnuniyat hissini tuyardi. Bir necha avlod vakillarining qo‘lidan o‘tgan manbalarni ushlashdan rohatlanardi. Kitob uning ongini mustahkamlovchi va boyituvchi qudratli kuch edi go‘yo.

Dunyo kutubxonasini o‘rganib chiqish mustahkam bilimga yetaklovchi muhim yo‘l, deb hisoblardi otam. Shu bois u o‘z hayoti davomida jahon adabiyoti durdonalarini yig‘di. Bu adabiyotlarni o‘rganib chiqish yo‘li cheksizligini, bir odamning qisqagina umri bu kitoblarning barini o‘qib chiqishga yetmasligini ham u juda yaxshi bilardi.

Otam har birimizdan kitobning nomi, muallif va tuzuvchilarning ism-sharifini, adabiyot nashr etilgan nashriyot va unga bitilgan taqrizni to‘g‘ri talaffuz qilishni talab qilardi, o‘zi esa o‘sha kitob muallifining tarjimai holi, uning nashr etilish tarixi va boshqa shunga o‘xshash ma'lumotlar bilan bizni tanishtirardi.

Bu otamning nevaralari kamolotiga benazir hissasi tegadigan kitobga bolalarni qiziqtirish, ularda manbalarga nisbatan mehr-muhabbat hissini uyg‘otishning o‘ziga xos usuli edi.

Afsuski, otamning kutubxonasida maxsus kataloglar yo‘q edi. Unda buning uchun vaqt deyarli yetishmasdi. Lekin, otamning kitoblari unga qulay holatda shkaflarga joylashtirilgan edi. Bir necha ming tomdan iborat kitoblar uning kutubxonasida alfavit bo‘yicha yoxud xronologiya asosida joylashtirilmagan bo‘lsada, biroq undan qaysi kitobni so‘rasangiz otam hech adashmasdan kerakli shkafning oldiga borib, kitob rastalari orasidan uni bexato topib bera olardi. Hatto otam og‘ir xastalanib, kitob javoni oldiga o‘zi borolmaydigan bo‘lib qolganda ham, u yoki bu kitobning turgan joyini, qatorini, qay birining o‘ng yoki chapda, pastda yoxud yuqorida joylashganigacha aniq aytib bera olardi. Bu esa otamning o‘z kutubxonasida naqadar to‘g‘ri mo‘ljal ola bilishidan dalolat edi.

Umuman olganda, kitoblar hamma yerda, jumladan uning yotoqxonasida ham turardi. Bular otamning kundalik ish jarayonida foydalanadigan kitoblari edi. Yozuv stolida esa dastxati bitilgan zamonaviy yozuvchilarning kitoblari qalashib yotardi. Bu adabiyotlarni u albatta o‘qib chiqardi yoxud ularga ko‘z yugurtirardi, undan so‘nggina bu kitob shkafdan joy egallardi.

Otam iloji boricha yaxshi kitoblar olishga harakat qilardi. Gap adabiyotning arzon yoki qimmat narxda ekanligida emasdi. U kitobni nihoyatda qadrlardi. Uning uchun kitobning naqadar mustahkam muqovalanganligi, naqadar uzoq vaqt saqlanishi, kitob haqidagi ma'lumotlar adabiyotni o‘quvchiga tanishtiruvchi, uning muallifi haqida ma'lumot beruvchi so‘zboshilar nihoyatda muhim edi.

Otam bir necha asrdan buyon yashab kelayotgan qadimiy kitoblarni nihoyatda qadrlardi va bunday nodir kitoblar bizning davrimizda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan va ulardan doimiy ravishda foydalanish mumkin degan aqidaga amal qilardi.

Otam shaxsiy kutubxonasini boyitish jarayonida aniq maqsadli yo‘nalishga asoslanib ish yuritgan, u faqat o‘zinimas balki kelajak avlod haqida ham g‘amxo‘rlik qilgan. Buni uning tilsiz kitoblari sizga pinhoniy pichirlab hamisha ma'lum qilib turadi.

 Muhabbat SHARAFUDINOVA,


Orqaga qaytish