Murojaatlar

5668 marta o'qildi
Antuan de Sent-Ekzyuperi. Kichkina shahzoda

“Kichkina shahzoda” ertagi Antuan de Sent-Ekzyuperining eng qisqa asarlaridan biri bo‘lsa ham, undagi adibning inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, hamdardlik va o‘zaro hurmat munosabatlari, yovuzlik va yomonlikka qarshi kurash g’oyalari aks ettirilgandir.

Antuan De Sent-Ekzyuperi
(1900 - 1944)

 Antuan 1900 yilda Fransiyaning Lion shahrida, qadimiy aristokrat oilasida dunyoga kelgan. U yoshlik chog‘larida juda sho‘x, o‘ta qiziquvchan bo‘lib, o‘choqdagi yonib turgan olovga qarab soatlab xayol surishni sevgan. Tonio (ota-onasi uni shunday atashgan) 10 yoshida Man shahrida kollejda, keyin Shveytsariyada va Parijda o‘qigan. 12 yoshida mashhur frantsuz uchuvchisining samolyotida osmonga chiqib, uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. 1919 yilda Antuan Parijdagi San’at maktabining arxitektura bo‘limiga o‘qishga kirib, ikki yildan so‘ng, 1921 yilda armiya safiga chaqiriladi (bu vaqtda birinchi jahon urushi bormoqda edi). 1926 yilda Antuan de Sent-Ekzyuperi “Latekayer”aviakompappyassha ishga qabul qilinadi. U ikkinchi jahon urushi yillarida 1944 yil 31 iyunda bazaga qaytib kelmaydi. Uning qachon va qayerda halok bo‘lganligi so‘nggi kunlargacha sir bo‘lib keldi. 2004 yilning bahorida Atlantika okeanining Ispaniya qirg‘oqlariga yaqin joyda “Layting – 38” ning ayrim parchalari topildi. Demak, samolyot Sardiniyadagi harbiy havo bazasiga qaytishda urib tushirilgan yoki halokatga uchragan ekan. Uchuvchi yozuvchidan “Janubiy pochtachi” (1928), “Kichkina shahzoda” (1942), “Tungi uchish” (1931), “Bashar sayyorasi” (1939), “Harbiy uchuvchi” (1942) va tugallanmay qolgan “Qal’a” kabi asarlar qolgan.

Yuklab olish Yuklab olish


Orqaga qaytish