Bilasizmi?

5531 marta o'qildi
Mehnatkash Chuvalchanglar

Xonaki gul parvarish qiladiganlar gul do'konlarida sotiladigan «biogumus» deb yatalgan o'g'itni yaxshi biladi.

Xonaki gul parvarish qiladiganlar gul do'konlarida sotiladigan «biogumus» deb yatalgan o'g'itni yaxshi biladi. Ammo yelimxaltaga qadoqlangan bu o'g'it qachonlardir axlatxonaga tashlangan chiqitlardan olinganini ko'pchilik bilmasa kerak.

Mo'jiza. Eng asosiysi, ushbu mo'jizani axlatni qayta ishlash zavodi texnologlari emas, balki oddiy chuvalchanglar sodir etishdi. Faqat bizga yaxshi tanish, nam yerda yashaydigan yomg'ir chuvalchanglari emas, balki Kaliforniya olimlari tomonidan maxsus yetishtirilgan chuvalchanglar.

Kaliforniyalik chuvalchanglarni yashash muhiti tuproq emas, balki organik axlat va chiqindilardir. Uzunligi o'n santimetr bo'lgan bu chuvalchanglar barcha organik materiallar: qirindi, qog'oz, karton, irigan sabzavot vaboshqa shu kabi chiqitlar bilan oziqlanadi va ularni organik o'g'itlarga aylantiradi. Bu chuvalchangning "tishi" faqat polietilen, metal va shishaga o'tmaydi.

"Kaliforniyalik"ning ishtahasi juda zo'r - u bir kunda o'zining vazniga nisbatan ikki barobar ko'p ovqat yeydi. U o'zini 4 daraja iliqdan 40 daraja issiqqacha bo' lgan haroratda ham yaxshi his qila oladi. Kaliforniyalik chuvalchangning umri ham uzoq -16 yilgacha umr ko'radi.

Ushbu ajoyib xususiyatlari tufayli kaliforniyalik chuvalchanglar 15 yildan buy on nafaqat Amerikada, balki ko'plab Yevropa mamlakatlarida ham axlat yoqish zavodlariga jiddiy raqobatchi bo'lib kelmoqda. Chuvalchanglar Fransiya, Germaniya, Italiya, Daniya va Vengriyada axlatlarni qayta ishlamoqdalar. Balki yaqin kunlarda ular bizning axlatxonalar bilan shug'ullanishni boshlasalar kerak.


Orqaga qaytish