Ota-onalar uchun

5527 marta o'qildi
Mobil aloqa bolalar uchun xavflimi?

Olimlar ota-onalarni jiddiy ogohlantirib, sakkiz yoshdan kichik bolgan bolalarga, uyali aloqa telefonlaridan foydalanishga ruxsat bermaslik kerakligini etirof etishmoqda.

Mobil aloqa bolalar uchun xavflimi?

Antiqa xabarlar

Olimlar ota-onalarni jiddiy ogohlantirib, sakkiz yoshdan kichik bolgan bolalarga, uyali aloqa telefonlaridan foydalanishga ruxsat bermaslik kerakligini etirof etishmoqda. Bunday natijalarga kop yillik tadqiqotlar sabab bolmoqda. Aks holda bolalarda miya osimtasi paydo bolishi ehtimoli katta bolishi mumkin, deb aytishmoqda doktorlar. Bunday kuzatuvlar Britaniyada katta shov-shuvlarga sabab boldi. Tortdan sakkiz yoshgacha bolgan bolalar uchun maxsus uyali telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniya oz faoliyatini zudlik bilan toxtatishga majbur boldi.

2000 yildan beri Britaniyada mobil aloqa xizmatidan foydalanuvchilar soni besh marotaba kopaygan va ayni vaqtda 50 million kishidan ortib ketgan. Xuddi shu yillar ichida tezkor aloqa vositalaridan foydalanadigan bolalar soni ham kamida besh marotabaga ortgan. Uyali aloqaning inson organizmiga tasiri qomitasi raisi, Nurlanishdan saqlanish milliy kengashi professori Uilyam Stuard ozining kop yillik tort tadqiqotini jamoatchilik etiboriga havola etdi.

Shvetsiyada otkazilgan tekshiruvlar natijalari shuni korsatdiki, uzoq vaqt uyali aloqadan foydalanayotgan kishilarda quloq va miya osimtasi rivojlanishi ehtimoldan xoli emas. Xuddi shunday izlanishlar Gollandiyada ham otkazildi. Ularga kora, telefon stantsiyalari yaqinlarida yashovchi kishilar boshqalarga qaraganda oz sogliqlaridan ikki barobar koproq shikoyat qilmoqdalar va ularning kopchiligida saraton kasalligi aniqlanmoqda. Yana bir tekshiruv, Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan dastur shuni korsatdiki, uyali aloqa tolqinlari inson organizmi hujayralariga salbiy tasir korsatib, ularni yakson qilishga sababchi boladi.

Professor Stuardning aytishicha, hali ilmiy jarayon davom etadi. Biroq, qolimizdagi dalillar kop narsalarga aniqlik kiritayapti. Ammo bir narsa qatiyan aniqki, nurlanishga birinchi bolib yosh avlod duchor boladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, ota-onalar oz farzandlarining sogligi uchun qaygurgan holda, uyali telefondan foydalanish meyorlarini korib chiqishlari va ularga mobil aloqa zarur bolmasa, imkon qadar foydalanmaslikni tavsiya etishlari lozim.

Professorning ushbu chaqiriqlari etiborsiz qolmadi. Bir necha kundan song Milliy maktablar assotsiatsiyasi bosh direktori Devib Xard maktablarda uyali telefonlardan foydalanmaslikni soradi va salbiy oqibatlar haqida oylab korishga chaqirdi. Oz navbatida, uyali telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tekshiruvlar natijalarini gazab bilan qabul qilib, hali inson organizmi uchun telefonlarning zararliligiga toliq isbot va dalillar keltirilmaganini qayd etishdi.

Umumjahon sogliqni saqlash tashkiloti yaqin yillar ichida Yer yuzidagi hamma ilmiy tekshiruvlarni jamlab chop etishni rejalashtirmoqda. Shundan song, ushbu muammoli masalaga oydinlik kiritilishi mumkin, deb takidlanmoqda. Mamlakatning boshqa hududlarida esa vaqtni boy bermay xavfsizlik choralari allaqachon korila boshlandi.

Angliyaning Yangi Uoltem shahridagi tadbirkorlik va ishbilarmonlik kollejida eshikdan kiraverishda maxsus tezkor aloqa vositalarini fosh etuvchi skaner ornatildi. Agarda qay bir oquvchida telefon topiladigan bolsa, maxsus xizmat vakillari uni darhol musodara qilib, ota-onalariga berib yubormoqdalar. Shvetsiya olimlarining bayonot berishicha, akustik tolqinlar markaziy nerv sistemasiga salbiy tasir korsatadi. Aynan telefon qaysi tarafda foydalanilsa, shu tarafdagi miya faoliyatini koproq kuchsizlantirmoqda va zararli osimta hosil bolishiga olib kelmoqda. Bu esa, oz navbatida, har yili 100000 nafar kishining eshitish sistemasini ishdan chiqarib, kelajakda kar bolishga olib kelmoqda. Natijada ular osimtani yoq qilish uchun xirurglar xizmatidan foydalanishga majbur bolayaptilar.

Aksariyat hollarda operatsiyalar ijobiy kechib, kishi eshitish qobiliyatini saqlab qoladi. Har yili esa Buyuk Britaniyaning 4700 fuqarosida miya osimtasi aniqlanayapti, ularning soni oxirgi 30 yil ichida ortacha 45 foizga kopaygan. Afsuski, osimta paydo bolishining asosiy sabablari hali toliq organib chiqilmagan. Shu sababdan asosiy xavf qaerdan kelib chiqayotgani va oqibatlari toliq aniqlanmagan. Buning uchun hali kop yillik tekshiruvlar va tadqiqotlar otkazishga togri keladi, lekin har ehtimolga qarshi ortiqcha nurlanishdan saqlanish maqsadga muvofiq bolar edi, deb ogohlantirmoqda olimlar.


Orqaga qaytish