She`rlar va ruboiylar

5535 marta o'qildi
Quddus Muhammadiy she`rlari

She'rim, ochil dasturxon,

She'rim ochiq dasturxon.

El o'g'lin qilay mehmon,

Bo'layin ulkan mezbon.

SHE'RIM,   OCHIL DASTURXON

 

She'rim, ochil dasturxon,

She'rim ochiq dasturxon.

El o'g'lin qilay mehmon,

Bo'layin ulkan mezbon.

Shoiringman mehribon,

Qilgim kelar ulkan ish,

Dunyoda eng ko'rkam ish.

She'r bulog'im, qayna, jo'sh,

She'rjonim, bo'l oqqush,

She'rim hayot bog'bonim,

She'r askarim — posbonim.

Pahlavon beozorim,

Ko'ngillarni yozarim,

Yuragim osmonisan,

El-yurtim posbonisan,

Tinchligim kaptarisan,

O'quvchim daftarisan.

Qadrdon maktabimsan,

Yuragim, rubobimsan.

Sensan qo'shiq, ulkan kuy,

Sen kirmagan biron uy,

Sen bo'lmagan bayram, to'y,

Qolmasin hech bir elda.

Yangra, she'rim, ming tilda.

Xalq yuragin makon et,

Xalqim ko'nglin osmon et.

Yoqimli bo'l havodek,

Jon ozig'im navodek,

Jon bag'ishla o'likka,

Zavq bag'ishla tirikka,

She'r desam jonim erir,

Jon-u jahonim erir.

Onamning allasi she'r,

Hofizlar yallasi she'r.

Xalqimga madadkorim,

„Hayt" tuyaga madorim.

She'rim, ochil dasturxon,

She'rim ochiq dasturxon.

 

BAHOR KELDI

 

Qo'llaridasozbilan,

 Gul g'uncha pardoz bilan,

Silkinib parvoz bilan,

Uchib turna, g'oz bilan,

Qadrdon bahor keldi.

Bahorni kuting bog'da,

 Bog' emas dala, tog'da,

Maysa yashnagan chog'da

Qushlar sayrar butog'da,

Sevikli bahor keldi.

Har narsada o'zgarish,

Erib, oqib jo'nar qish.

Har yog'da yashnar turmush,

O'rik gulladi kumush,

Mehnat bahori keldi.

Bezanar maktab bog'i,

Gulga to'lib quchog'i,

Toshar hayot irmog'i,

Maktab dam olar chog'i,

O'quvchi, bahor keldi.

O'tmasin go'zal fursat,

Qani, g'ayrating ko'rsat,

Imtihon, sinovga vaqt

Hozirmi, darslaring taxt,

Hushyor bo'l, bahor keldi.

 

 

QISH HAM CHIROYLI

 

Hay-hay ko'rkam qish,

Qorlari kumush.

Guppa-guppa qor

Bo'ralab yog'ar.

Sovuq chirsillar,

Suv muz, qirsillar,

G'uborsiz havo

Jonlarga davo.

Tanda ham qaynoq,

Hamma yoq oppoq.

Daraxtlar go'zal,

Shoxlarni bezar.

Qor doka yo'rgak,

Novdalar go'dak.

Uyquda mizg'ib

Yel csar izg'ib.

Tarnov, bo'g'otda

Sumalak katta.

Osilib qator

Shag'amdek qotar.

Bir gala chumchuq

Hovlida chirq-chirq.

Pir-pir uchishar,

Tomga qo'nishar.

Anhor suvi muz,

Qora tikon tuz —

Singari rangi.

O'ynashib yangi

Besh-o'nta bola,

O'quvchi sara,

Yaxmalak otib.

 

 

Qor-muzga botib

Ketdi tarqashib,

Tepadan oshib.

Gaz yonar boz-boz,

Uyning ichi yoz,

O'yin bo'ldi bas,

Tayyorlaymiz dars.

O'tirib asta

Havas payvasta,

Ochishar kitob,

Yechishar hisob.

Hay-hay ko'rkam qish,

 Qorlari kumush.

Guppa-guppa qor,

Bo'ralab yog'ar.

 

Quddus Muhammadiy


Orqaga qaytish