She`rlar va ruboiylar

5530 marta o'qildi
Zafar Diyor she`rlari

Binafshaxon, binafsha

Kulishlaring chiroyli:

Bog'imizda ochilib

Turishlaring chiroyli.

BINAFSHA

 

Binafshaxon, binafsha

Kulishlaring chiroyli:

Bog'imizda ochilib

Turishlaring chiroyli.

Hamma chiqar dalaga

Binafshalar tergali,

Men ham terdim bir dasta

Opamizga bergali.

—  Mana, opa, binafsha,

Qarang, qanday chiroyli.

—  Yuring, — dedi opamiz,

 — Binafshalar teraylik.

Binafshalar ochildi

Chakkangga taq, chakkangga:

Atir hidi sochildi,

Chakkangga taq, chakkangga.

Lazzat olib hididan

Bolarilar uchadi.

Ipakqanot kapalak

Barglarini quchadi.

Seni maqtab kuylaydi,

Bog' aylanib qushchalar.

Darak berib bahordan,

Quvontirding shunchalar.

Binafshaxon, binafsha

Kulishlaring chiroyli.

Ko'ksimizda hid sochib

Turishlaring chiroyli!

 

KAPALAK

 

Hoy, kapalak, kapalak,

Qanotlaring ipakdak.

Muncha shoshib uchasan,

To'xta, so'zlayin andak.

Uchrataman har kuni

Seni har kun bog'chamda,

So'rib gullar sharbatin

O'ltirasan olchamda.

Borib ushlay deganda

Shoshib darhol uchasan.

Sira tutqich bermasdan

Guldan gulga ko'chasan.

Mendan aslo qochmagin,

Do'st bilaman o'zimga.

Pildir-pildir uchishing,

Oh, yoqadi ko'zimga.

Ucn, uchaver, uchaver,

Go'zal bog'cham — gulshanda.

Sira ozor bermayman

Sevgim, fikrim bor senda.

Kapalakjon, kapalak,

 Qanotlaring ipakdak.

Do'st bo'laylik ikkimiz,

To'xta, so'zlayin andak!

 

TO'P

 

To'pim, to'p-to'p etasan,

Ursam uchib ketasan.

Havolanib nariga —

Do'stlarimga yetasan.

O'ynatasan ko'zimni

Hovliqtirib o'zimni.

Biroz ko'proq o'ynasam,

Terlatasan yuzimni.

Senga sira to'ymayman,

Bo'sh ekanman qo'ymayman.

Ovunchog'im, — deb seni

Do'stlarim-la o'ynayman.

 To'pim, to'p-to'p etasan.

Ursam uchib ketasan.

Handalakdek yumalab

Bizni xursand etasan.

 

Zafar Diyor

 


Orqaga qaytish