She`rlar va ruboiylar

5528 marta o'qildi
Shukur SA'DULLA she`rlari

O'rmonda bo'lganmisiz?

Ayiqni ko'rganmisiz?

Ustida po'stini bor,

Pisand emas unga qor.

 

AYIQ

O'rmonda bo'lganmisiz?

Ayiqni ko'rganmisiz?

Ustida po'stini bor,

Pisand emas unga qor.

 Men uning naslidanman,

Ayiqning aslidanman.

Otamdan qoldi po'stin,

O'sha po'stin menga to'n.

 Farqim shu: men qo'g'irchoq,

Bolalarga o'yinchoq!

 

BUZOQ

Men buzoqman, buzoqman,

Shoxim chiqqan — suzoqman.

Lekin yumdalab tortmang,

U yon-bu yonga otmang.

Iflos yerga yo'latmang,

O'yinchoqman, qulatmang.

Buksangiz qayrilaman,

Oyoqdan ayrilaman.

Sigir bo'lmayman unda,

 Qaymoq bermayman kunda.

 Mayli, o'ynang erta-kech,

 Lekin ozor bermang hech!

 

TOYCHOQ

Toychog'im bor — uchqur ot,

Quralay ko'z — tulpor zot.

 Egar-jabduq uraman,

Minib, olg'a suraman.

O'zi yog'och, yoli qil,

Ovunchog'im, olg'a yel!

 

ULOQCHAM

Kichkina qora — uloq,

O'ynar oshib umbaloq,

Men bilan inoq, o'rtoq.

Ko'kat bersam yamlaydi,

Orqamdan hech qolmaydi.

Kappalaydi o't bersam,

O'ynaydi quloch kersam,

Suzadi musht o'qtalsam.

Boshchasida shoxi bor,

 Dumchasida oqi bor.

 

 

MITTI

Mitti degan mushugim,

O'taketgan olg'ir, shum.

Mitti poylab turadi.

Sichqonvoyni ko'radi.

Sichqon mushukni ko'rib,

Qochar teshikka urib.

Sichqon qochib qutular,

Mushuk esa tutilar.


Orqaga qaytish