Yangi o`zbek adabiyoti

5123 marta o'qildi
O`tkir Hoshimov

Taniqli o’zbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941- yili 4- avgustda Toshkentda Do'mbirobod mahallasida tug’ilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida o’qigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo’mita raisi.

 

Taniqli o’zbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941- yili 4- avgustda Toshkentda Do'mbirobod mahallasida tug’ilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida o’qigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo’mita raisi.

Cho’l havosi” nomli birinchi qissasi 1963- yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning e’tiboriga sazovor bo’lgan. “Urushning so’nggi qurboni”, “Yanga”, “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Umr savdosi”, “Quyosh tarozusi”, “Oq bulut, oppoq bulut” singari o’nlab hikoyalari, “Shamol esaveradi” (1968), “Bahor qaytmaydi” (1970), “Qalbingga quloq sol” (1973), “Dunyoning ishlari” (1982), “Ikki karra ikki-besh” (1987) qissalari, “Nur borki, soya bor” (1976), “Ikki eshik orasi” (1985), “Tushda kechgan umrlar” (1993) kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy o’zbek xalqining ma’naviy dunyosi,milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan.

“To’ylar muborak”, “Sizdan ugina, bizdan bugina”, “Vijdon dorisi”, “Inson sadoqati”, “Qatag’on” singari pesalar muallifi. U E. Xemenguey, K. Simonov, A. Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Nashr etilgan asarlari:
Hoshimov O’. Bahor sog’inchi –T. Adabiyot va san’at nashriyoti. 2001.
Hoshimov O’. Hadikli tushlar. –T. Adabiyot va san’at nashriyoti. 2002.
Hoshimov O’. Saylanma (2 jildlik). T.: “Sharq”, 1993.
Hoshimov O’. Bahor qaytmaydi. Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993.
Xashimov U. Voyti i viyti... Roman. –Moskva. (per s uzb. ). 1988.
Xashimov u. Den motilka. Povest i razzkazi. (Per. s uzb. ) –T. Izd “Molodaya gvardiya”. 1970.
Ilmiy adabiyotlar:
Rasulov A. Ardoqli adib. Toshkent. “Sharq”, 2001.
Karimov H. O’tkir Hoshimov. Toshkent. “Yozuvchi”, 2002.
Karimov N. va boshqalar. 20 asr o’zbek adabiyoti tarixi. –T.: “O’qituvchi”, 1999.

O'tkir Hoshimov o'ziga xos yozuvchi. U o'zi bilmagan mavzuni, mohiyatini anglamagan masalani qalamga olmaydi, o'z qahramonlarini xolisona tirik, hayotiy, jonli odam sifatida tasvirlaydi. Ularni qanday inson ekanliklarini zohiriy emas, botiniy yoritadi. Ya'ni ruhiy olamini muhit, davr bilan uyg'unlikda katta falsafiy mushohada asosida teran tahlil qiladi. Insoniy iztiroblarni talqin qilish insonning barcha faoliyati: ruhiy holati, borliqqa va odamlarga bo'lgan munosabati, o'y-fikri, ichki kechinmalari, hatto muhabbatini talqin qilish demakdir. Chunki insonning birorta faoliyati iztirobsiz kechmaydi, ayniqsa, ma'naviy yuksak odamlarda. Hayotni va odamlar olamini teran kuzatuvchisi, u haqida falsafiy mushohada yurituvchi, ardoqli hamda iste'dodli yozuvchi O'tkir Hoshimov bu holatni  to'g'ri anglaydi. Uning asarlari deyarli iztiroblar asosida quriladi. O'tkir Hoshimovning asarlaridagi iztiroblar insonning ma'naviy dunyosini ochish uchun vositadir. Bu holatni deyarli har bir asarda ko'rish mumkin. Shundan ular ta'sirchan, kishini bir holatdan ikkinchi holatga soluvchidir.

 


Orqaga qaytish