Matbuot xizmati

4956 marta o'qildi
DURDONA FIKRLAR

Sizlarga sevimli shoirimiz Abdulla Oripovni qayta tanishtirishga va u kishining tarjimai holini takrorlashga aslo hojat bo`lmasa kerak. Bu qutlug` nom barchamizning qalbimizga yaqin va qadrdon. Uning dilbar va go`zal she'rlari kirib bormagan yurak yoki xonadon topilmasa kerak. Biz uchun shoir nomi yana bir jihati bilan qadrliligi, Abdulla Oripov 1983-1985-yillari “Gulxan” jurnali Bosh muharriri lavozimida ishlagan.

Sizlarga sevimli shoirimiz Abdulla Oripovni qayta tanishtirishga va u kishining tarjimai holini takrorlashga aslo hojat bo`lmasa kerak. Bu qutlug` nom barchamizning qalbimizga yaqin va qadrdon. Uning dilbar va go`zal she'rlari kirib bormagan yurak yoki xonadon topilmasa kerak. Biz uchun shoir nomi yana bir jihati bilan qadrliligi, Abdulla Oripov 1983-1985-yillari “Gulxan” jurnali Bosh muharriri lavozimida ishlagan.

Biz, «Gulxan»chilar va jurnalimizning barcha mushtariylari nomidan ulug` shoirimiz va ustozimizni muborak 70 yoshi bilan chin dildan qutlaymiz. U kishiga sihat-salomatlik, uzoq umr tilab, hamisha barkamol asarlar kutib qolamiz.

Quyida Abdulla Oripovning bir qator maqola va suhbatlaridan olingan durdona fikrlar va she'rlaridan ayrim namunalarni e'tiboringizga havola etamiz.

Hurriyat — bizning onamiz, hurriyat — bizning opamiz, hurriyat — bizning singlimiz. Ya'ni, bu degani — mana shunday buyuk ne'matni avaylashimiz, oriyatini, nomusini asray bilishimiz kerak.

 * * *

 She'rning muqaddasligi shundaki, u Vatan va Iymon tushunchalari bilan g`oyat egizdir. She'r, men ayni Sharq she'riyatini nazarda tutyapman, shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. Bizning she'rimiz shuning uchun bashariyat nazmining gultoji hisoblanadi.

 * * *

                Yoshlarimiz she'riyati, prozasida juda rangdor, tagdor, obrazli fikrlashni, o`ylarni kuzatamizki, bu albatta, juda yaxshi.

 * * *

 arixni ko`zgu deyishadi. Bu ko`zguda shu yerda yashab o`tgan jamiki ajdodlar kechmishi, ota-bobolarimiz hayoti namoyon bo`ladi. Uning yuziga loy chaplash xalqni tarixiy xotirasidan mosuvo etish demakdir.

* * *

 Hazrat Navoiydek ulug` zotni e'tiqodiga aylantirgan xalq hech qachon zavol ko`rmaydi.

 * * *

 Ona tabiatga, tiriklik dunyosiga qilgan zulumlari tufayli odam bolasi o`ziga juda ko`p kulfatlar sotib olgan.

 * * *

                Birinchi marta respublika bolalar gazetasida “Qushcha” degan she'rim bosilib chiqqan. O`sha daqiqalar, uning quvonchi sira-sira esimdan chiqmaydi. Bora-bora bu adabiy mashqlarim hayotimning asosiy mazmuniga, kasb-koriga aylanib ketishini o`ylagan emasman.

 * * *

O`zbekiston — bunyodkorlik, ilm-ma'rifat, mehr-oqibat, himmat va muruvvat ustuvor bo`lgan, o`z farzandlarining barkamol avlod bo`lib voyaga yetishiga qat'iy ishongan, shunga mustahkam zamin yaratgan bag`rikeng mamlakatdir. Uning yigirma yillik zalvorli odimlari kelajagi buyuk ekanining tasdig`idir...

 * * *

                O`quvchilar aslida to`g`ri yo`ldan uchayotgan oqqushlar, to`g`ri bo`lib unayotgan navnihollardir. Ularning badiiy didini tarbiyalash kerak.

 * * *

 Ekologik tarbiya, ekologik madaniyat qalbda bo`lmasa qiyin... Ekologiya ko`pchilikning ishi. Kimki, ezgulik qilmoqchi ekan, shu ishga bosh qo`shsin, tabiatimiz musaffoligi uchun, tozalik uchun, ozodalik uchun kurashsin.

 * * *

 Men adabiyotimiz dargohiga she'r ko`tarib kirib kelganman. Umr bo`yi shu mashg`ulotimni to`xtatgan emasman. Men she'riyatga suyanganman va hanuz suyanaman.

 * * *

 Prezidentimiz boshchiligida XXI asrga qadam qo`ydik. Bu asr — O`zbekiston asri, buyuk kelajak asri bo`lgay, yurtimiz toabad nurga to`lgay, inshoolloh!

 * * *

 USOZ

 Dedilar, dunyoda asli kim aziz.

Aytdilar, ustozdir, ustoz begumon.

ag`in aytdilarki, aziz shubhasiz,

Ustozin qadriga yetolgan Inson.

 NAVOIY

 Abadiyat bilan qay so`z egizak,

Balki yaxshi orzu, yaxshi niyatdir?

Mangulik anglanar Navoiy desak,

Navoiyning o`zi Abadiyatdir.

 BARKAMOL AVLOD

 Komillik yo`lida chekib ranj, alam,

Bir umr tinmadi qo`limda qalam.

Senga ham “Komil bo`l”, dedi Yurtboshim,

Axir komillikka ne yetsin, bolam.

 TO`RTLIK

 Menga yolg`izsan, deb chimirmagil qosh,

Turfa savdolarga oshnodir bu bosh.

Barcha mag`lubiyat mening do`stimdir,

Barcha yo`qotishlar menga qarindosh.

 MARTABA

 Bir ulug` martaba tilayman Sizga,

Uning mohiyati Haqqa tegishli.

Desinlar, falonchi tegishli bizga,

Vatanga tegishli, xalqqa tegishli.

 XALQIM

 Men uchun or eding, or bo`lgin xalqim,

Mudom ezgulikka yor bo`lgin, xalqim.

O`zbeksan, o`zbekday qaddingni kergil,

Norlar orasida nor bo`lgin, xalqim

 Masal

 Devorlardan oshib,

Tushmay o`raga.

Bo`ri kirib oldi

Bir kun qo`raga.

Qo`rada yetimcha

Qo`zi bor edi.

Ona mehriga u

Chindan zor edi.

Bo`rining qorasi

Ko`ringani choq,

“Onam” deb yugurdi

Unga qo`zichoq.

Masalning davomin

O`zing o`yla, bas,

Sen qo`zi emassan,

Yetim ham emas.

 Sahifani A. Ochilov

Tayyorladi


Orqaga qaytish