Bilasizmi?

5011 marta o'qildi
Inson qanday shamolni bo'ysindirgan...?

Quyosh energiyasidan foydalanish fikri insonga ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida kelgan bo'lsa, shamol kuchidan foydalanish ota-bobolarimizdan qolgan.

Inson qanday qilib shamolni bo'ysindirgani to'g'risida

Quyosh energiyasidan foydalanish fikri insonga ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida kelgan bo'lsa, shamol kuchidan foydalanish ota-bobolarimizdan qolgan.

O'tgan asrgacha barcha dengiz kemalari yelkanli bo'lgan va kema darg' alari faqat yo' ldosh shamolning kuchiga tayangan.

Shamol dehqonlarning eng ishonchli yordamchilari bo'lgan, chunki shamol tegirmon qanotlarini aylantirgan.

Doimiy shamol esib turadigan ko'plab mamlakatlar shamol kuchidan foydalanishga qaytmoqda. Ammo ular endi shamoldan faqat don yanchish uchun foydalanmoqchi emas, balki uning yordamida elektr energiyasi olmoqda.

 Shamol bir qaraganda, oson erishiladigan va qayta tiklanadigan elektr manbaiga o'xshaydi. Uning quyoshdan farqi shundaki, u qishin-yozin, kunu tun, shimol va janub demay «ishlaydi». Ammo tabiat shamolni daryo kabi bir o'zanga solmagan va yoki shamol zahirasini yaratmagan, u tarqoq kuch boiib, beadad kezadi.


Orqaga qaytish