Tanlov

5654 marta o'qildi
Oquvchilar ortasida kitobxonlikni targib qilish boyicha korik- tanlov

Xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari Alisher Sadullayev Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurib, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha qator qiziqarli tanlovlarni o‘tkazish haqida bir qator taliflarni berdilar.

Xabaringiz bor, so‘nggi marta Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurganimizda, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha qator qiziqarli tanlovlarni o‘tkazish haqida kelishib olgan edik.

Demak, bugun mana shu va’daga sodiq qolgan holda, yangi kreativ usuldagi kitobxonlik tanlovini o‘tkazishga qaror qildik.

Tanlov shartlari judayam oson, unda o‘zbek va rus tillarida turli savollar beriladi, viktorina va qiziqarli shartlar o‘tkaziladi. Batafsil ma’lumotniRespublika bolalar kutubxonasining rasmiy sahifasidan bilib olishingiz mumkin.

31 kun davomida har kuni 2 nafardan g‘olib ishtirokchi aniqlanadi va unga o‘zbek va rus tillarida eng sara asarlar sovg‘a qilinadi. Aytgancha, oy oxirida tanlovda mutlaq g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga shaxsan o‘zim sovg‘a beraman va Respublika bolalar kutubxonasi bo‘ylab kichik ekskursiya uyushtirishni rejalashtirganmiz.

Tanlovda ishtirok eting va kitobxonlik targ‘ibotiga o‘z hissangizni qo‘shing!!!

https://www.facebook.com/alisher.sadullaev.zafarovich/?hc_ref=ARRUdwJzA5IMe3sykRaQBh5C2JBkRKeeL0x1bbD2X-9vHUK4eY9ySKkqRnLUUmsddqI&pnref=story

 

Yuklab olish Yuklab olish


Orqaga qaytish