Referatlar

5023 marta o'qildi
Mars

Qadimgi rimliklar Mars sayyorasini urush xudosi (Mars) sharafiga shunday deb atashgan.

O’zbekiston Respublikasi alq talim vazirligi

Respublika bolalar kutubonasi

Fan:Astranomiya

 Mars

Qadimgi rimliklar Mars sayyorasini urush xudosi (Mars) sharafiga shunday deb atashgan. Mars Quyosh atrofiga Yerga nisbatan bir yarim baravar uzoqroq masofada turib aylanadi. U Quyosh atrofini Yer sutkasi hisobida 687 kunda aylanib chiqadi. Har 780 kunda Yerning ro`parasidan o`tadi. Mars diametrik (6785 kilometr) Yer diametridan qariyb ikki baravar kichik. Yer o`zi o`qi atrofida qancha vaqt aylansa, Mars ham o`z o`qi tevaragida shuncha vaqt aylanadi. Mars sutkalari Yer sutkasidan 37 minut uzun, xolos. Marsning Fobos va Deymos degan ikki yo`ldoshi bor.

   Mars Veneradan keyingi Yerga eng yaqin sayyora. Marsning muhit sharoiti Yernikiga ancha yaqin bo`lgani uchun bu sayyora olimlar diqqatini hamisha o`ziga jalb qilib kelgan. Sobiq ittifoq va Amerika sayyoralararo satansiyalari Marsni yaqin masofadan tekshirishdi, hatto uning yuzasiga maxsus apparatlar qo`ndirildi.

   Olimlar Mars sayyorasi asosan karbonat angidrit gazidan iborat juda siyrak atmosfera bilan qurshab olinganligini aniqlashdi; odam bunday sharoitda nafas ololmagan bo`lardi. Mars atmasferasida ba’zan muz kristallaridan iborat oq bulutlar kuzatiladi. Bu sayyorada kuchli shamollar esib, atmasferaga sariq chang-to`zonni ko`taradi, shu paytlarda Mars yuzasida biron-bir narsani ilg`ash qiyin.

   Mars qutblari yaqinida oq qutb qalpoqchalari ko`rinib turadi. Ular asosan odatdagi suv muzidan iborat. Marsda asosiy suv zaxiralari sayyora yuzasining tagida muzloq yerlar va qutb qalpoqchalarida saqlanadi. Yil fasllari almashinganda Mars qutb qalpoqchalarining kattaligi ham o`zgaradi. Yoz bo`lgan yarim sharda qutb qalpoqchasi kichkinalashadi, qish bo`lgan yarim sharda esa bu vaqtda qutb qalpoqchasi eng katta yuzaga ega bo`ladi.

   Mars sathi qisman oy sathiga o`xshaydi. Undan ko`plab doirasimon dog`lar-kraterlar joy olgan. Marsda tog` tizmalari ham, g`orlar ham bor.

    Kunning yarmida Mars ekvatorida temperatura ba’zan 30 darajaga ko`tariladi. Ammo kechalari hamma yoq juda sovuq bo`lib, temperatura ko`pincha minus 80 darajagacha tushadi. Mazkur sayyorada biron-bir hayot, masalan, mikrorganizmlar bor-yo`qligi hozircha noma’lum.


Orqaga qaytish