Bilasizmi?

5342 marta o'qildi
Yulduzlar haqiqatan mittimi?

Yulduzlar bizga mitti bo'lib ko'rinadi.

Yulduzlar bizga mitti bo'lib ko'rinadi. Aslida ular shar shaklidagi ulkan olovdir. Yulduzlar ichidagi harorat bir necha million, sirtida esa 100 ming darajagacha bo'ladi. Porlab turgan yulduzlar Yerdan ming, million marta katta. Taqqoslab ko'ring. Yerdan Quyoshgacha masofa 150 000 000 km  bo'lsa, eng yaqin yulduz — Sentavrgacha 9 460 000 000 000 km. Quyosh nuri bizga 8 minutda, Sentavr yulduzining nuri esa 4,3 yilda yetib keladi. Bizga ko'rinadigan yulduzlarning nuri undan ham ko'p — 10 yil, hatto, 100 yildan ortiq vaqtda yetib keladi.


Orqaga qaytish