Bilasizmi?

5334 marta o'qildi
Yerdan o'zga joylarda hayot bormi?

Quyosh atrofida aylanadigan 8 ta sayyoradan faqat Yerda hayot bor. Quyoshga yaqin sayyoralarda harorat juda yuqori bo'lsa, uzoqdagi sayyoralar juda sovuq.

Quyosh atrofida aylanadigan 8 ta sayyoradan faqat Yerda hayot bor. Quyoshga yaqin sayyoralarda harorat juda yuqori bo'lsa, uzoqdagi sayyoralar juda sovuq.

Quyosh — bu Koinotdagi milliard-milliardlab yulduzlardan biridir. Har bir yulduz atrofida Qu­yosh singari o'zining sayyoralari bo'lishi mumkin. Ayrim yulduzlar atrofidagi u yoki bu sayyorada hayot mavjud bo'lishi ham mumkin.

Afsuski, qaysi yulduzlar sayyoralarida hayot bor-yo'qligini aniqiash uchun zamonaviy fan-texnika ham hozircha ojizdir. Buning sababi shuki, eng yaqin yulduzga ham kosmik raketa yetib borolmay-di. Agar kosmik raketa sekundiga 100 km tezlik bilan uchganda eng yaqin yulduz sayyorasiga 8000 yilda yetib borgan bo'lardi. Raketa shuncha uzoq uchish mumkinmi?

Yulduzlardagi sayyoralarda hayot mavjud bo'lsa, u joylardagi jonzotlar orasida Yerdagi odamlar singa­ri aql yuritadigan, mehnat bilan shug'ullanadigan, ijod qiladiganlari ham bormikan? Bor bo'lsa, ularning ko'rinishi qanday? Balki, ular odamdan ming marta kichik yoki ming marta kattadir. Ularning oyoq-qo'llari, ko'z-quloqlari, og'iz-burunlari qanday?


Orqaga qaytish