Bilasizmi?

5339 marta o'qildi
Bug'ular

Bug'ular juda chiroyli, ixcham va shoxdor hayvon bo'lib, ularning bir necha turlari bor. Deyarli barcha zonalarda bug'ularning biror turi uchraydi. Turli xil o'tlar, o'simliklar bilan ovqatlanadi.

Bug'ular juda chiroyli, ixcham va shoxdor hayvon bo'lib, ularning bir necha turlari bor. Deyarli barcha zonalarda bug'ularning biror turi uchraydi. Turli xil o'tlar, o'simliklar bilan ovqatlanadi.

Shimol blig'usining gavdasi va bo'yni ancha uzun, lekin oyoqlari nisbatan kalta bo'ladi. Asosan shimoliy rayonlarda yashaydi. Erkagi ham, urg'ochisi ham shoxli bo'ladi. Qoiga o'rgatilganlari ham o'zi ovqat topib yeydi. Podada urg'ochi bug'u bilan bolalari bo'ladi, erkagi alohida yashaydi.

Chipor bug'u bug'ularning eng chiroylilaridan biri bo'lib, uzunligi 180 sm gacha, bo'yi 110—120 sm gacha, og'irligi 100—130 kg bo'ladi. Xitoyda, Yaponiyada, Kavkazda, Uralda, Vetnam va boshqa joylarda aralash o'rmonlarda yashaydi. Rangi yozda oq xollar aralashgan och malla chipor bo'lib, yelkasida qora yo'li bor.

Buxoro bug'usi /xongul/ asil bug'ular qatoriga kirib, uzunligi 80—90 sm, bo'yi 55—60 sm, vazni 75—100 kg bo'ladi. Erkagi shoxli, shoxida 5 tagacha butoqlari bor. Amudaryo bo'yidagi to'qaylarda, Eron, Afg'oniston va boshqa joylarda uchraydi. Hozir kamayib ketgan.

Bilasizmi?

Bug'ular kunduzi dam olib, kechqurun va erta tongda o 'tlaydi. Ular o 'zi yashaydigan maydonni hidli iz qoldirib, chegaralab chiqadi, boshqa poda yoki bug'ular kelib qolsa, ularni haydaydi. Chipor bug'u yozda shoxini tashlaydi, kuzda yana o'sib chiqadi. Shoxidan dori-darmon tayyorlashda foydalaniladi.


Orqaga qaytish