Yangi o`zbek adabiyoti

5316 marta o'qildi
Asqad MUXTOR (1920-1997)

Atoqli shoir va nosir Asqad Muxtor 1920-yilning 23-dekabrida Farg'ona shahrida temiryo'l ishchisi oilasida tug'ilgan. U 11 yoshida otadan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan.

Asqad MUXTOR (1920-1997)

Atoqli shoir va nosir Asqad Muxtor 1920-yilning 23-dekabrida Farg'ona shahrida temiryo'l ishchisi oilasida tug'ilgan. U 11 yoshida otadan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor O'rta Osiyo davlat universitetiga (1938) kirib o'qiydi. So'ng Andijon pedagogika institutida ,''0'zbek adabiyoti" kafedrasining mudiri bo'lib ishlaydi.

Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. U Respublika gazetalari tahririyatlarida bo'lim mudiri, mas'ul kotib, „Sharq yulduzi" jurnalida bosh muharrir (1960— 1965), O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1957) bo'lib ishladi. „Guliston" jurnali va ''0'zbekiston adabiyoti va san'ati" haftaligiga muharrirlik qildi.

          Asqad Muxtor „Tilak", ''Tong edi", „Totli damlar" singari ilk she'rlari (1935— 1938)da she'riyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oididagi burchini aniqlab olishga intildi. U she'riyatga „Qalbga qanot", „Dardga davo" beruvchi deb qaradi. Shoir ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan „G'alaba ishonchi", ''Jangchining bayram kechasi", „Tug'ishganlar qaytdi", „Sog'inish" singari qator she'riy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undadi. Vatan go'zalliklarini, tuganmas boylikiarini, xalq hayotidagi katta o'zgarishlarni tasvirlovchi “Po'lat quyuvchi" (1947), Hamshaharlarim" (1949), „Rahmat, mehribonim" (1954), „Chin yurakdan" (1965) she'riy kitoblarini yozdi.

Yozuvchining „Daryolar tutashgan joyda" (1950), „Qora-qalpoq qissasi" (1958), „Buxoroning jin ko'chalari" kabi qissalarida, „Opa-singillar" (1955), „Tug'ilish" (1963), „Davr mening taqdirimda" (1964), „Chinor" (1973), „Amu" kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari o'z ifodasini topgan.

„Chin yurakdan" (1956) she'riy kitobi, “Hayotga chaqiriq" (1956), „Dunyo bolalari" (1962) hikoyalar to'plamlari o'zbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi.

Asqad Muxtor „Mardlik cho'qqisi" (1948), „Yaxshilikka yaxshilik" (1949), „Samandar" kabi pyesalar ham yozgan.

Sofokl, R. Tagor, A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov, V. V. Mayakovskiy, M. Gorkiy, T. Shevchenko, A. Blok, A. Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida o'zbek kitobxonlarining ma'naviy mulkiga aylangan.

            Lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida o'zbek madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan Asqad Muxtor ''0'zbekiston xalq yozuvchisi" unvoni va Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan.


Orqaga qaytish