Ertaklar

5655 marta o'qildi
BEKINMACHOQ

Ehson   o'rtoqlari   bilan   bekinmachoq   o'ynayotgan   edi. Hamma  yashirinish  uchun  har  tarafga  tarqagach,   u ham yo'l chetidagi katta chinor daraxti orqasini mo'ljalladi.

BEKINMACHOQ

 

Ehson   o'rtoqlari   bilan   bekinmachoq   o'ynayotgan   edi. Hamma  yashirinish  uchun  har  tarafga  tarqagach,   u ham yo'l chetidagi katta chinor daraxti orqasini mo'ljalladi. Uni bu yerdan topishlari qiyin edi. Endi borib bekingan edi, qayoqdandir bir notanish oqsoqol paydo bo'lib, unga qarab kela boshladi.

—   O'g'lim, sendan bir uyni so'rasam, maylimi? — dedi chol.

Ehson xavotir ichra yuzini burdi. Barmog'ini lablariga bosib, «Jiming» ishorasini qildi.

Nimaga  jim  bo'lish  kerakligini  tushunmagan  chol Ehsonga hayron boqdi.

—   Nimaga jim turay, o'g'lim?! Sendan bir joyni so'radim. Bilsang ayt, bilmasang, o'zing jim bo'l...shu, shahar bolalari juda g'alati bo'ladi-da, — deya g'udrandi chol.

Bir keksa  kishining daraxt  orqasida  kim bilandir gaplashib turganini ko'rgan izlovchi bola o'rtoqlaridan bittasi o'sha yerga yashiringanini bilib qoldi. Oyoq uchi-da yurib, to'g'ri o'sha daraxtga qarab kela boshladi.    

Bu orada cholning sabri toshib:

—  Ming afsus, bu bolalarga Hazrati payg'ambarimizning: «MANZILNI SO'RAGANGA YO'L KO'RSATISH HAM BIR YAXSHILIKDIR», deganlarini o'rgatishmabdi, — deya ortiga

qaytdi.

Shu vaqt Ehson qattiq uyaldi. O'yinda ekanini ham unut-di. Yashiringan joyidan chiqib, bu keksa va nuroniy chol­ning yoniga keldi.

—   Meni kechiring bobo, o'yinga berilib ketibman, uzr, — deya cholni so'ragan yeriga boshlab ketdi.


Orqaga qaytish