Bilasizmi?

5534 marta o'qildi
Toshbaqalar

Toshbaqalar orqa va qorin qalqonlaridan iborat suyak-shoxsimon yoki suyak-terisimon kosasi bor sudralib yuruvchi hayvonlardir.

Toshbaqalar

Toshbaqalar orqa va qorin qalqonlaridan iborat suyak-shoxsimon yoki suyak-terisimon kosasi bor sudralib yuruvchi hayvonlardir. Asosan quruqlikda yashovchi va suvda yashovchi toshbaqalarga bo'linadi. Ularda tish bo'lmaydi, ammo jag'lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan va o'tlarni bemalol uzib oladi. Quruqlikda yashaydiganlari yashil o'simliklar, mevalar bilan oziqlanadi. Dengiz toshbaqalari esa kichik baliqlarni ham yeyaveradi. Toshbaqalar xavf tug'ilganda boshi, dumi va oyoqlarini kosasi tagiga tortib oladi, ularning hammasi tuxum qo'yib ko'payadi.

Mamlakatimizda O'rta Osiyo toshbaqasiyoki cho'l toshbaqasi deyiladigan turi uchraydi, uzunligi 15—25 sm bo'ladi. Qishda uyquga ketib, bahorda uyg'onadi, may-iyul oylarida 5 tagacha tuxum qo'yadi. Avgust-oktabr oylarida tuxumni yorib chiqqan bolalari tuproq /qum/ ostida erta bahorgacha yotadi.

Dengiz toshbaqalari yashil rangli, oldingi oyoqlari suzgichga aylangan, kosasi yassiroq, uzunligi 1,5 metrgacha, og'irligi 400 kg gacha bo'ladi. Dengizning qumli qirg'oqlarida qumni 20 sm gacha kovlab, 70—100 dona tuxum qo'yadi va ustini qum bilan ko'madi. 1,5—2 oyda tuxumni yorib chiqqan bolalari dengiz tomon harakatlanadi.

Bilasizmi?

Toshbaqalarning 210 dan ortiq turi bor. Quruqlikdagi toshbaqalar 100—150 yil yashaydi. Ular bir yi/gacha ovqatsiz va suvsiz yashashi mumkin. Ayrim turlari 400 kg gacha, uzunligi 1 metrdan ortiq va balandligi 60 sm gacha bo 'ladi. Dengiz toshbaqalari yuzlab kilometr naridan qumli qirg'oqni topib keladi, yo 'lidan hech adashmaydi.


Orqaga qaytish