Bilasizmi?

5673 marta o'qildi
Pingvin

Pingvinlar suzuvchi qushlar qatoriga kiradi. Bir necha xil turlari bor. Gavdasining uzunligi 40—120 sm, vazni 3—42 kg,...

Pingvin

Pingvinlar suzuvchi qushlar qatoriga kiradi. Bir necha xil turlari bor. Gavdasining uzunligi 40—120 sm, vazni 3—42 kg, qorni, ko'kragi oq, orqasi to'q ko'k yoki qora. Qanoti tangachasimon patlar bilan qoplangan kurakoyoqqa aylangan; suzganda, sho'ng'iganda shu kurakoyoqdan eshkak sifatida foydalanadi. Muz va qor ustida qadamlab yuradi. Antarktidada va Janubiy yarim shaming o'rta mintaqalarida tarqalgan. Baliq, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar bilan ovqatlanadi. Modasi 1—2 ta tuxum qo'yadi va nari bilan navbatma-navbat bosadi. Shoh pingvin deyiladigan turida tuxumni faqat nari qishda uch oyga yaqin bosib yotadi. Bu davrda pingvinlar ovqat yemaydi.

Bilasizmi?

Pingvinlar zarur bo'lganda qorda soatiga 25 km tezlikda yugurishi mumkin. Bunda ular qorni bilan sirpanadi, kurakoyoqlaridan chang'ichilar tayoqchalariga o'xshash oldinga itarilish uchun foydalanadilar. Pingvinlar tuxumini bosib yotmaydi, panjasida ushlab, qornidagi teri burmasi bilan o'rab, isitib yotadi. Pingvinlarning tili mayda, o'tkir tishlar bilan qoplangan bo'ladi, ular silliq baliqni og'izda tutib turishda yordam beradi. Pingvinlar sovuqqa eng chidamli qush. Tuxumini —60° va —70° C sovuqda ochib chiqadi.


Orqaga qaytish