Bilasizmi?

5338 marta o'qildi
Birinchi ensiklopediyani kim yozgan?

O’zingizga zarur bo’pqolgan axborotlarni olish uchun Siz ko’pincha qomusning yordamiga murojaat qilasiz.

O’zingizga zarur bo’pqolgan axborotlarni olish uchun Siz ko’pincha qomusning yordamiga murojaat qilasiz. Demak, Sizda uning  saxifalarida barcha muxim mavzular bo’yicha axborotlarni ko’rishga komil ishonch bor. "Ensiklopediya" kalimasi Yunonistonda paydo bo’lgan va "Xayot uchun barcha zarur yo’l-yo’riqlar" degan ma'noni bildirgan. 1538 yilda ser Tomas Eliot bu so’zni ingliz tiliga birinchi marotaba kiritgan va uni "jami ma'lum fanlar va sohalarni tushuntirib beruvchi kitob" sifatida talqin etgan edi.                                                                   Bugungi kunda so’zlar qomuslarda alifbo tartibida joylashtirilgan, shu bois zarur so’zlarni topish juda oson. Ammo Qadimiy ensiklopediyalarning mualliflari ularda so’zlarni o’zlariga ma'qul tartibda joylashtirishardi. Masalan, o’rta asrlar Xomuslaridan birining muallifi kitobni Tangri va farishtalar xaqida xissago’ylikdan boshlab, iforlar va islar, gullar tavsifi va 36 xildagi tuxum ro’yxati bilan nihoyalagan edi.

Bizga qadar yetib kelgan eng Qadimiy qomus miloddan avvalgi I asrda Rimda Pliniy tomonidan bitilgan edi. U "Tabiiy tarix" deb nomlangan. Kitobning 37 jildiga 20 000 dan ortiq maqolalar darj etilgan. Pliniy 450 dan ziyod mualliflarning iqtiboslaridan istifoda etgandi. Bu kitobni shu qadar qimmatli sanashganki, 1536 yilga qadar uni 43 marotaba qayta nashr etishgan!

Uchinchi Xitoy qomusi eng katta bo’lgan. Xitoyning 1721 yilda vafot etgan imperatorlaridan biri bu kitobga tartib berishni amr qilgan edi. U 5020 jilddan iborat bo’lgan!

Ingliz ruhoniysi Jon Xarris so’zlar alifbo tartibida joylashtirilgan birinchi qomusni tuzgan. Kitob 1704 yilda bosmadan chiqqan va "Inlizcha universal Fan va San'at lugati" deb nomlangan.

Fransiyada 1743 yildan e'tiboran tagin bir qomus - "Ensiklopediya" chiqa boshladi. Volter, Russo, Didro singari ko’pgina taniqli fan arboblari maqolalar ustida ishlashgandi va bu narsa uni qolgan kitoblardan ajratib turar edi.

"Britanik qomusi, yoxud San'atlar va Fanlar Lugati" ilk dafa 1768 yili Shotlandiyada chop etilgandi.


Orqaga qaytish