O'zbek adabiyoti

5375 marta o'qildi
Po'lat Mo'min (1922-2004)

Po'lat Mo'min yoshligidanoq adabiyotga havas qo'ydi. U Toshkent pedagogika bilim yurtida o'qib yurgan vaqtida adabiyot to'garagiga faol qatnashdi. Adabiyotni qunt bilan o'qidi, o'rgandi.

Po'lat Mo'min yoshligidanoq adabiyotga havas qo'ydi. U Toshkent pedagogika bilim yurtida o'qib yurgan vaqtida adabiyot to'garagiga faol qatnashdi. Adabiyotni qunt bilan o'qidi, o'rgandi. Hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining o'zbek tili va adabiyoti fakultetiga o'qishga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomlagach, aspiranturada o'qidi, maktablarda o'qituvchilik qildi. So'ngra O'zbekiston Davlat nashriyotida ishladi. Po`lat Mo'min qayerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhabbat bilan qaradi. Birinchi she'rlar to'plami 1949- yilda „Sayrang, qushlar" nomi bilan nashr etildi.

Bolalar uchun ijod qilish, bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun qobiliyat va istakning o'zigina yetmaydi. Belinskiy ta'rifi bilan aytganda, bolalar yozuvchisi bo'lib tug'ilish kerak. Bu bolalar yozuvchisi mohir pedagoglarday bola qalbining bilimdoni bo'lsin, nozik ta'b egasi, go'zal tabiati va psixologiyasining bilimdoni, mehribon va bolajon, kamtarin va samimiy, bolalarcha soddadil hamda dono bo'lsin, degan mazmunni anglatadi.

O'zbekiston xalq shoiri Po'lat Mo'minning ijodiy mehnati tufayli „Hunardan unar", „To'g'ri o'sgan gul bo'lar", „Aql qayerda bo'lar", ,,0'rinbosarlar", „Oltin nay", „Bir yarim Karim", „Endi adashmaydi", „Barcha bola do'st bo'lsa", „Rahmatga rahmat", „Gazpolvon ertak aytar", „Chang yutar botir", „Oftob va odob", „Yaxshilarga o'xshasam", „Bu juda soz", „Eson va Omon", „0ltmish olti oltin qo'l", „Ustozlar izidan". „Bolalarning baxti kulgan", „Bir yuz bir oltin qo'l" she'riy to'plamlari, „Chanoqvoy bilan Qovoqvoy", „Bahodirning botirligi", „Oq fil yo'qoldi", „Suqatoy-Konfetvoy", „Ona bolam deydi..." kabi ertaklari, pyesalari yuzaga keldi. Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi she'r va qo'shiqlari, doston va ertaklari bolalar adabiyoti xazinasiga munosib hissa bo'lib qo'shildi, uni boyitdi. Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqlari tillariga tarjima qilingan.


Orqaga qaytish