She`rlar va ruboiylar

5709 marta o'qildi
Po'lat Mo'min she`rlari

PAPKA BILAN SIYOHDON

 

 Siyohdon bilan papka

 Tushibdi hasrat — gapga.

 Gaplar cho'zilmish ancha,

 So'zlashibdi bilgancha.

PAPKA BILAN SIYOHDON

 

 Siyohdon bilan papka

 Tushibdi hasrat — gapga.

 Gaplar cho'zilmish ancha,

 So'zlashibdi bilgancha.

 Papka debdi: — Siyohdon,

Bu ishing juda yomon.

 Atrof to'ldi siyohga,

Arzga boray qayoqqa.

 Bunaqangi bo'lma bez,

 Axir chiqib ketgin tez.

Shunda papka ichidan

Siyohdon debdi chindan:

 

 Mendan qilmagin o'pka,

 Uyi tomon ketganda Koptok qilib tepganda,

 To'kilaman har yonga

Ayb qo'yma sen menga,

Egamiz o'zi nodon,

Bizni asraydi yomon.

 Nima desa egamiz,

Unga bo'yin egamiz.

Egamdan ko'p hasratim,

Taqdirlamas xizmatim.

 Ichim to'la non uvoq,

 Shu ham bo'ldimi siyoh?

Papka debdi: — Siyohdon,

 Topgin iloj va imkon.

 Qochgin, — debdi  Siyohdon,

  Egamiz bo'lsin sarson.

 Papkadan kitob, daftar:

— Ma'qul, — debdi bu gaplar.

 Papka bir kuni taqqa

 Qochmish noma'lum yoqqa...

O'sha papka egasi

Qarabsizki, ertasi,

Darsga kepti bepapka,

Rosa qolibdi gapga.

 

TISH CHO'TKA, POROSHOK VA ATIRSOVUN ERTAGI

 

O'qib ko'ring, do'stlarim,

 Yozdim sizga bir ertak.

Yaxshi payqab oladi

Bo'lib tursa kim sergak.

 Afsona deb o'ylamang

Yozganimni tag'in siz.

Eshmat degan bolani

Siz ham yaxshi tanirsiz.

 Ha, men uning ishlarin

Sizga ta'rif etaman.

Bilganimning ko'pini

Bitta-bitta bitaman.

Eshmat nima bo'pti-yu

Yalqovlashib qolibdi.

 Keyin ancha darslardan

 „2", „3" ham olibdi.

Maktabiga kechikib,

 Borar emish ba'zida.

Vazifani bajarmay

 Qizararmish darsida.

 Tongda badantarbiya

Qilmoq juda ham foyda.

 Lekin barcha ishida

Yo'q-da tartib-qoida.

 Ozodalik odamning

 Tani-joniga malham.

 Hammom degan joyga-chi

Bormabdi uch oyda ham.

Ustidagi kiyimin

 Yurmas tozalab, taxlab,

 Hatto odat bo'yicha

 Yuvinmasmish yaxshilab.

 Qarang, bir kun

Eshmatning Tishi og'rib qoldi-ku.

 Kuni bilan voy-voylab

Borolmadi darsga u.

Xo'sh, oshnalar, Eshmatni

 Hozir yozmay turamiz.

Nega bunday bo'lganin

 Sababini ko'ramiz.

Eshmatvoyda bor edi

Poroshok, cho'tka, sovun.

 Yuvinganda bularni

Ishlatmapti u nechun?

Shundan keyin poroshok,

Sovun bilan tish cho'tka

 Rosa suhbat qilishdi,

 O'tirishib bir chetga.

Qani, keling, bilaylik,

Uchalasin didini.

Sovunxon gap boshlabdi

Gurkiratib hidini:

— Sizga aytsam rostini,

 Juda asl narsaman.

Atirgullar husnidan

 Yashnab turar keng chaman.

 Mening atir hidimni

Chamanzordan olishar.

Xizmatimga hamisha

Ko'plar qoyil qolishar.

Agar gapni cho'zvorsam,

 Do'stlar meni kechiring,

Fikr-u yodim tozalik,

Dushmaniman kir- chirning.

Kimki meni ishlatsa

Bo’lar so’g’lom,ozoda,

Shu ishimdan tarqatdim

Yurtga yaxshi ovoza.

Lekin mening qadrimga

 Eshmat sira yetmaydi.

Qolib ketdim chang-chungda

 Qarang, parvo etmaydi.

 Oldinlari Eshmatning

Yuzini ko'p yuvardim.

Uning tani-jonidan

 Kasallikni quvardim.

Ko'rdingizmi Eshmatning

 Qochip qopti mazasi.

 Qildi o'ziga o'zi,

Tortmoqda u jazosin.

Bor-yo'q gapni gapirdi,

Sovun rosa ko'pirdi.

 Tingladi ham tish cho'tka

 Va poroshok oitirib.

 Shu paytda to'satdan

 Jimlikni buzdi cho'tka.

 Soqolini silkitib,

 O'rnidan turdi tikka.

Qarang, bizning Eshmatni,

Uxlolmaydi voy-voylab.

Poroshok va men bilan

Tish yuvmadi bir oylab.

 Oldinlari tishlari

Ko'rinardi dur kabi.

Bajarilardi nuqul

Eshmatning har talabi.

Fabrikada men uchun

Talay mehnat qilishgan.

Keyin dorixonaga

Tezda olib kelishgan.

 Men ham sizday aslman,

 Gavdam toza suyakdan.

 Qadrlashar har yerda

Do'stlarim chin yurakdan.

 Poroshokvoy ma'qullar

Cho'tkavoyning so'zini,

Ulug'sifat tutardi

Poroshokvoy o'zini.

Shunday qilib uch o'rtoq

Rosa uzoq so'zlashdi.

 Eshmatvoyga har gapda

 Yaxshilikni ko'zlashdi.

Endi, yana, eshiting,

 Eshmatvoydan gapni siz.

Tish og'rig'i tuzalib,

 Ketgan emish bilsangiz.

U boribdi doktorga

Ushlab olib lunjini

Kiribdi yurib zo'rg'a,

Tishlariga doktor ham

 Achinganday boiibdi.

Ko'rsa Eshmat tishlarin

Kir-chirlarga to'libdi.

Doktor opa Eshmatga

Ko'p nasihat qilibdi.

 Maslahatni ma'qullab,

Eshmat uyga kelibdi.

Tishlarini yuvibdi

 Poroshok-la cho'tkalab.

Badantarbiya qilibdi

 Ertasiga ertalab.

 Bu ishlarni Eshmatvoy

Odat qilib olibdi.

 Ko'rgan tanish-bilishlar

Xursand bo'lib qolibdi.

Eshmat barcha ishida

Saqlar tartib-qoida.

O'qishi ham sog'ligi

Bo'lib qolgan joyida.


Orqaga qaytish