Jahon adabiyoti

4930 marta o'qildi
Bal'zak

Bal'zak "Gorio ota" romanini eng avval 1834 yilning dekabridan 1835 yil fevraligacha "Parij axboroti" jurnalida bostirdi: 1835 yilda roman alohida kitob bo’lib chiqdi; 1843 yilda u "Parij hayoti manzaralari" siklining birinchi tomiga kiritildi. Biroq,.. 

Bal'zak "Gorio ota" romanini eng avval 1834 yilning dekabridan 1835 yil fevraligacha "Parij axboroti" jurnalida bostirdi: 1835 yilda roman alohida kitob bo’lib chiqdi; 1843 yilda u "Parij hayoti manzaralari" siklining birinchi tomiga kiritildi. Biroq, Bal'zak yozib qoldirgan maqolalarida aytilishicha, u kelgusi nashr-larda bu romani "Xususiy hayot manzarasi" sikliga kiritmohqchi bo’lgan ekan."Gorio ota" romani adibning ijodky rejasiga kirgan o’tgan asr burjua xayoti badiiy tarixining eng muxim qismi hisoblanadi. Bal'zakning "Fikrlar, syujetlar, fragmentlar" deb atalgan ijodiy rejalari orasida qisqagina bir yozuv bor. "Chol-oilaviy pansion - 600 frapkli renta - qizlari deb o’zini hamma narsadan mahrum qiladi, ammo har ikkala qizning 50 000 frankdan daro-madi bor; itdek xor bo’lib o’ladi". Bu xomaki yozuvda qizlari tomo-nidan oyoq osti qilingan Gorioning cheksiz mehr-muhabbati tarixi-ni osonlik bilan anglab olish mumkin. Bal'zak dastlabki ijodiy rejalaridayoq Gorio ota fojiasinning tipik burjua xarakterini keskin fosh qilib tashlaydi, o’z qahramonlarining "xususiy hayoti" pulga benihoya xasislik  xususiyati  bilan  cheklanganini ta'kidlaydi. Bu asarni "Odamzod komednyasi"dagi umumiy reja bilan cham-barchas bog’lab turgan belgnlardan biri shundan iboratki, bu ro-mandagi personajlardan o’ttizga yaqini Bal'zak epopeyasiga knrgan boshqa roman va povestlarda ham qatnashadi; Ejen Rastin'yak, Jak Kollen (Votren), vikontessa de Bosean, Del'fina Nusingen, B'yan-shoi va boshqalar shular jumlasidandir. Bal'zak kitoblarida ko’pchilik hollarda "Gorno ota"dagi qah-ramonlarining tilga olinishi - asosan Gorio otada umumiy tarzda belgilangan yoki qisman yoritilgan, yoki uning asosiy problemalari bilan chambarchas bog’langan mavzularga murojaatdan iboratdir. "Go-rno ota" romani «bog’lovchi»lik vazifasini o’tovchi asardirkim, Bal'zakning ko’pgina roman va povestlari mavzu jihatdan u bilan ulangandir. Bal'zak romanidagi ikki epg muhim obraz - Gorio bilan Ras-tin'yak - bir-biri bilan chambarchas bog’langandir, ammo bunga sa-bab Ejsnning Gorio qizi Del'finaga oshiq  bo’lib qolgan va  Rastin'yakning romanning boshidan oxirigacha Gorio bilan yonma-yon yashab, u boshidan kechirgan fojialarni begaran shohidi sifatida bo’lganining o’zigina emas. Yigitning kitborlar davrasida qozongan dastlabki yutuqlari tarixi va cholning halokati tarixi Restavra-siya davrida, fransuz jamoatchiligida,Bal'zak shohidi bo’lgan ay-nan mazkur ijtimoiy axloq qonunlaridan bunyod bo’lgan. Bu axloq-ni Bal'eak vikontessa de Bosean tili bilan ifodalaydi; vikontes-sa Rastin'yakka nasihat qilib shunday deydi: «Qancha sovuqqonlik bilan ish tutsang, shuncha martabangiz oshadi. Xech ayamay zarba beravering, ana o’shanda qarshingizda titrab turadigan bo’lishadi...Xayotda jallod bo’ling, jallod bo’lmasangiz, uning oyboltasi osti-da halok bo’lasiz..." Rastin'yak bu nasihatni yaxshilab o’zlashtirib oldi va «zafar qozonish» yo’lidan ketdi. Gorno ota hayosiz «naq-dina» axlohning ayovsie zarbasiga duchor bo’ladi...Surgundan qochgan Votren obrazi romanda aloxida o’rin tutadi. Bal'zak shu Votrenning tili bilan burjua axloqini nihoyatda aniq (arakterlab beradi; chunonchi, Votren "million-million pulga tu-zoq qo’yish haqida" gapirarkan, Rastin'yak asta-sekin halol mehnat haqidagn orzularidan voz kechib, ovga ishtirok etish uchun shaylana boshlaydi: "Ov ham har xil bo’ladi, deydi Votren,- birov sep ovi qiladi, boshqa birov raqibining korxonasini tugatish maqsadida ov qiladi; birinchisi odamlar  qalbini tuzoqqa ilintirnish paynda bo’lsa, ikkinchisi o’z ishonchli kishilarining qo’l-oyog’ini bog’lab, ularni sotib yuradi.Kimda-kim ov to’rvasini o’ljaga to’ldrib qaytsa, salomning quyuqi-yu, izzat-ikromning ulug’i o’shanga, u eng asilzodalar davrasiga qabul qilinadi... E'tiqod va lafz degan nar-salar bilan hisoblashib o’tirishni tashlang. Bunday narsalarga ha-ridor topilgudek bo’lsa, pullab yuboring..." Votreining pand-nasi-hati bilan vikontessa de Bosean o’gitlarining mazmuni bir xil, ammo bu nasihatlarni surgundan qochgan Votren "odamzod komediya-si" pardasi orqasiga yashiringan qolda aytsa, vikontessa ochiq-oydin gapiradi. Ularning burjua jamiyatida kishilar munosabati haqi-dagi fikrlari zamirida ichki o’xshashlik mavjud ekanligini Rastin'yakning o’zi ham e'tirof etadi: "Bu odamning mulohaza-lari naqadar puxta-ya  De Bosean xonim boadablik bilan aytgan gaplarning aynan o’zini u qo’pol suratda shartta-shartta gapirib tash-ladi".


Orqaga qaytish