Hikoyalar

4933 marta o'qildi
Mening qizil gulim

SAVR oyi o'rtalari bo'lsa-da, tun xiyla sovuq, samodan rutubat, yomg'ir hidi kelardi. Ochiq deraza yonida turib, chiroqlar jimir-jimiri aro orolanayotgan Buxoroni tomosha

SAVR oyi o'rtalari bo'lsa-da, tun xiyla sovuq, samodan rutubat, yomg'ir hidi kelardi. Ochiq deraza yonida turib, chiroqlar jimir-jimiri aro orolanayotgan Buxoroni tomosha qilayotgan Sodiqning ko'ngli negadir g'ash, nafasi qisilib, ko'ksining chap tomoni jizillab turardi. U tungi shahar manzarasiga tikilib tursa-da, ko'z o'ngida barq urib ochilgan bir tup atiigul gavdalanardi.

"Ha, — chuqur "uf" tortdi Sodiq, — tabiat tarozisida posangi haqiqatan ham o'zgarganga o'xshaydi. Bahorning ikkinchi oyi tugab borayapti-yu hamon atir-gullar ochilmaydi, hali sovuq".

Yana o'sha alangadek tovlangan qizil atirgul nigohlari oldida qotib qoldi. Bu qishloqdagi hovli-larida, ariq bo'yida o'sgan yolg'iz atirgul edi. Hovli to'zib, imoratlar buzilib ketgan bo'lsa-da, g'aribgina mung'aygan atirgul har bahorda gul ochar, egalarini, yaxshi kun-lami kutardi. Bu — shafqatsiz vaqt. yillar shamoli, o'tkinchi dunyo sitamlariga qarshi isyon edi go'yo.

  Sodiq har gal qadrdon qish-log'iga yo'li tushganda, vayrona hovli etagidagi atirgulni ziyorat qilar, undan bir-ikki dona uzib olib, hidlab yurar, dimog'iga bola-lik nafasi urilar, beadad sog'inch tuyg'usi yurak-bag'rini o'rtardi.

Bir gal erta bahorda Sodiq atirgulni ko'chirib, shahardagi hovlisiga olib ketmoqchi bo'ldi.

U qo'liga belkurak olib, endi ishga kirishmoqchi ham ediki. qari tut tagidagi devorlari qiy-shayib qolgan oshxona tomonidan bir tovush eshitilgandek bo'ldi.

  "Hoy inson, o'zing-ku kindik qoning tomgan hovliga shu gulchalik ham vafo qilolmading, nega endi tabiatning bu mo'jizasiga azob berasan? Qo'y, uning har bahorda gul ochishi shu hovlida o'tganlar ruhini shod etgusidir!.."

Sodiq seskanib ketdi. Qo'li-dagi belkurakni irg'itib yubordi. atrofga alangladi. Hech kim ko'rinmadi. Kim ovoz berdi ekan? U tanasiga endi yashillik yugurib, kurtak otayotgan atirgulga tikilganicha ag'rayib qoldi.

U hamon ochiq deraza yonida tik turar, bo'rondek qo'zg'olib kelayotgan xotiralar, ayqash-uyqash xayollar, jilovsiz his-tuyg'ular o'z komiga tortib bor-moqda, ko'ksidagi og'riq tobora kuchayar, bu yurak og'rig'imi, qalb iztiroblarimi, bilolmasdi.

"Bu yil ham bahor kcchikdi. Atirgullar hamon ochilgani yo'q. Yolg'iz atirgulning holi ne kechdi ekan? Qishning qahraton sovuqlaridan omon qololdimi?

Mening qizil gulim, Yolg'iz gulim! Sen yolg'iz esang-da, mendan baxtliroq, to’kinroqsan.Chunki seni ko"rgim keladi, senga intilaman, qadrdon bo'yingni, bolaligimni eslatuvchi atringni qo'msayman va dunyoning narigi chekkasida boisam-da, huzuringga oshiqaman. Sening baxting ham shunda!

Mening Qizil gulim, Yolg'iz gulim! Mana, men ham sen singari yolg'iz qoldim. Yo'q, men jisman emas, ruhan yolg'izman. Atrofimda odamlar, qon-qarindoshlar juda ko'p. Lekin hech kim qalbimdagi bo'shliqni to'ldirolmaydi.

  Sen yolg'iz esang-da mendan baxtliroqsan, to'kisroqsan, dedim. Ha, shunday! Boisi sen yolg'iz bo'lsang-da, gulsan, gul! Va senga kimdir intiladi, qo'l uzatadi. Men esa hatto chaqir tikan ham emasman. Va menga intiluvchi, qo'l uzatuvchi bormikan bu yorug' dunyoda? Bilmadim.

Bu yil bahor kechikdi. Mening bahorim esa allaqachon o'tib ketdi. Bugun ko'nglim qishki bog' yanglig' bo'm-bo'sh, huvillagan.

...So'nggi uchrashuvimizda (yo'q, bu uchrashuv emas, vidoimiz ekan) tashqarida gupillab qor yog'ar, xonada ikkimiz edik va ko'nglimda olmalar gullagandi. U sochlarimni sekin-asta siypalab shunday dedi:

— Avvallari nuqul sochlaringizni silab, yig'lagim kelardi. Endi esa negadir yig'layol-mayapman...

U shu so'zlarni aytar ekan, ko'zlariga tikildim. Hamma vaqt cheksiz sadoqat, mehr ufurib turadigan ko'zlar beparvo, loqayd boqar edi.

Tashqarida qor hamon gupillab yog'ar, ko'nglimdagi olma gullarini esa allaqachon sovuq urgan edi. Mening Qizil gulim, Yolg'iz gulim! Har gal bahorni ko'nglimga sen olib kirar eding, endi esa juda kechikyapsan..."

Sodiq shularni xayolidan o'tkazar ekan, yuragidagi og'riq kuchaygandan-kuchaydi. U ko'ksini changallaganicha telefon go'shagini ko'tarib, 03 raqamini terdi, xotirjam ayol tovushini eshitgach, zo'r-bazo'r ismini, manzilini aytdi, tez yetib kelishni iltimos qilib, hansiraganicha stulga cho'kdi.

Og'riq hamon qo'yvormas, nafasi bo'g'ziga tiqilib, xonaning tomi, devorlari bosib tushmoqda edi go'yo. Qulog'iga allaqanday vahimali tovushlar eshitilardi. U endi xonada yolg'iz qololmasligini sezib, hovliga chiqishga qaror qildi , zinalardan sekin-asta paypaslanib tusha boshladi.

Tun yarmidan oqqan bo'lsa-da, podyezd eshigi yonidagi o'rindiqda qo'shnisi Hakim aka allaqaysi qo'shiqni dimog'ida ming'irlab, xirgoyi qilib o'tirardi. Sodiqni yoqavayron, sochlari parishon bir ahvolda ko'rib, kapalagi uchib ketdi.

— Ibi, baxayr, mullo Abdusodiq, sizga nima boidi?

— Hech nima, shu, yuragim sal bezovta qilyapti, "Tez yordam" chaqirdim, — dedi Sodiq og'riq zo'ridan ingranib.

Hakim aka yetmish yoshlarga yaqinlashib qolgan, xushtabiat, hojatbaror kishi edi. Chaqqon harakat bilan o'rnidan turib, Sodiqning yelkasidan suyab, o'rindiqqa o'tirg'izdi.

— Hay, hay, hech nima emish, rangingizda rang qolmabdi-ku. Nima balo validol-palidolingiz yo'qmidi? — jonsaraklik bilan so'radi u.

 Sodiq bosh chayqadi.

— Eh, aksiga oladi-da, meniki ham tugagandi-ya, — afsuslandi Hakim aka. — Hozirqaysi qo'shni eshigini taqillatishni ham bilmaysan kishi.

Sodiq chuqur-chuqur nafas olar, og'riq endi sal pasaygan bo'lsa-da, boshi gir-gir aylanib, hushini yo'qotar darajaga yetgan edi. "Ishqilib, "tez yordam" kelguncha yiqilib qolib, Hakim akaga tashvish orttirmasam bo'lgani" -o'ylardi u. Xuddi shu asnoda ko'kish chiroqlarini lopillatib, "tez yordam" yetib keldi.

Mashinadan oq xalatli yigit va yosh juvon tushdilar. Yigit chaqqonlik bilan Sodiqning qon bosimini o'lchay boshladi. Juvon esa shpritslarini hozirladi. "Xayriyat-e, - yengil tortib o'yladi Sodiq, -endi nima bo'lsa bo'lar". U hamshiraning ko'zlaridan allaqanday hadiksirash, hayrat va shu bilan birga cheksiz mehr-shafqat yog'ilib turardi.

  Birdan hamma og'riqlar yo'qolgandek bo'lib, Sodiqning vujudi juda yengillashib qoldi va u so'ngan yulduzdek parvoz etib, qorong'u, tubsiz jarlik qa'riga singib ketdi.

   * * *

 

  Sodiq oppoq bir bo'shliq qo'ynida ko'zlarini ochdi. Ochdi-yu oq shu'lalardan ko'zlari qamashib, boshi yana gir-gir aylandi. Hammayoq — devorlar, shift, eshik-deraza, choyshablar oq-oppoq. Qo'llarining bir necha joyiga ninalar sanchilgan, yaltiroq naychalardan allaqanday hayotbaxsh suyuqlik mayda zo'ldirchalardek yugurgilab vujudiga oqib kirmoqda edi. Shundagina u kasalxonada yotganini sezdi. Qo'shnisi Hakim akani, qon bosimini o'lchayotgan shifokor yigitni va ko'zlari mehr-shafqatga to'la hamshirani esladi, jilmaydi, ko'nglining eng olis burchak-burchaklarigacha yorishib kctdi.

Shu payt xona eshigi ohista ochilib, ostonada yelkasiga oq xalat tashlab olgan, atlas ko'ylakli yoshgina, ko'hlik juvon paydo bo'ldi. Uning qo'lida alangadek barq urgan bir dasta atirgul bor edi.

Sodiq seskanib ketdi, ko'zlarini yumib ochdi. U xonaga kirib kelguvchini taniyolmas, boshi yana charxpalak bo'lib aylanar, nafasi bo'g'ziga tiqilardi. "Kim bu?! Nahot, Nafisa bo'lsa?! Yo'q, Nafisa kelmaydi. Nafisa kelmas bo'lib ketgan. Ko'zlari... Ko'zlari o'sha hamshiraning ko'zlariga o'xshaydimi? Yo'g'-e, u hamshira bu yerda nima qiladi?!".

Sodiq gul ko'tarib, jilmayib turgan juvonga yanada qattiqroq tikilgan edi, boshi aylanib, ayol ko'ziga 3-4 ta bo'lib ko'rindi, ko'z oldi qorong'ulashdi, lekin baribir uni taniyolmadi.

— Assalom. Sodiq aka! Yaxshi bo'lib ketdingizmi? — dedi juvon yoqimli tovush bilan. Tovush Sodiqqa ham tanish, ham begona edi. Sodiq endi juvonga qaramadi, uning qo'Iidagi qiyg'os ochilgan gullardan ko'z uzmay javob qildi:

 

 

Jo`ra Fozil






Orqaga qaytish