Bilasizmi?

5307 marta o'qildi
Zebralar

Zebralar asosan Afrikada tarqalgan yowoyi otlar bo’lib, ularning 3 turi bor: tog’ zebrasi, cho’l zebrasi va savanna zebrasi.

Zebralar

Zebralar asosan Afrikada tarqalgan yowoyi otlar bo’lib, ularning 3 turi bor: tog’ zebrasi, cho’l zebrasi va savanna zebrasi. Zebraning tanasi ko’ndalangiga oq va qora yo’l-yo’l teri bilan qoplangan. Ular 10—15 tadan iborat poda bo’lib yashaydi. Podaga 5 yoshdan katta erkak zebra boshchilik qiladi. Yirik zebra /cho’l zebrasi/ tanasining uzunligi 2,5 metrga, balandligi 1,5 metrga yetadi. Dushmanidan o’zini tishi va oyoqlari yordamida himoya qiladi. Dumining uchida uzun jun popuklari bo’ladi, dumining uzunligi 45—55 sm ga yetadi. Zebralar asosan o’simliklar bilan ovqatlanadi.

Bilasizmi?

Zebralar 3 yoshga yetgandan keyin bolalaydi. Yangi tug’ilgan bolasi 1 soatdan keyin sakrab yuraveradi. Tog’ zebrasi 2 ming metrga qadar tog’ tepasiga ko’tarila oladi. Zebralar ba'zan sherni ham tepib nobud qiladi


Orqaga qaytish