Hikoyalar

4707 marta o'qildi
Olma guli

Maktabga bolalar shoiri keldi. O'quvchilar uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rishgan, hammayoq saranjom-sarishta, stolga gullar qo'yilgan edi. Sinf rahbari Vazira Komilovnaning qisqa tabrigidan so'ng o'quvchilar shoir she'rlarini yoddan o'qib berishdi.

Maktabga bolalar shoiri keldi. O'quvchilar uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rishgan, hammayoq saranjom-sarishta, stolga gullar qo'yilgan edi. Sinf rahbari Vazira Komilovnaning qisqa tabrigidan so'ng o'quvchilar shoir she'rlarini yoddan o'qib berishdi. Keksa shoir bolalarning dadil ovozi, burro talaffuzini jilmayib tinglar, ma'qul degandek bosh irg'ab qo'yar edi. O'ziga so'z berilganda, xuddi bolalar bilan bas boylashgandek, she'rlarini jo'shib-toshib, zavq bilan o'qiy ketdi. Ayniqsa, kulgili hajviy she'rlarini o'qiyotganda, o'quvchilarrosamiriqishdi. Savol-javoblar ham juda jonli, qiziqarii bo'ldi. Uchrashuv oxirida shoir bolalarga yaxshi tilaklar bildirdi va eskiroq qora sumkasidan muqovasiga ranglisuratishlangan bir dasta yupqa kitob olib, sinf rahbariga uzatdi:

— Mana shuni bolalarga tarqating, yetmaganiga qarzdorman. Bular menga yoqib qoldi, yaxshi bolalar ekan hammasi. Omon bo'linglar, yaxshi o'qinglar.

Vazira Komilovna mehmonni kuzatib, sinfga qaytib keldi. Hammaning kayfiyati ko'tarinki, hamma shod-xurram edi. Sinf rahbari sovg'a qilingan kitoblardan birini varaqlab ko'rgach, o'quvchilarga yuzlandi:

— Yaxshi kitob ekan, ammo hammaga yetmaydi. Xo'sh, endi nima qildik. Kimda qanday taklif bor?

— O'zingiz taqsimlab bera qoling!

—  Oldin a'lochilarga berish kerak!

            —  Bekor aytibsan! Qolganlar nima qiladi?

 

            —  Ular baribir o'qishmaydi.

— Kitob hammaga kerak!

—   Jim, bolalar! — Vazira Komilovna stolni chertib, bolalarni tinchlantirdi. — Nahotki, shu kitobni adolat bilan taqsimlay olmasak? Endi yosh bola emassizlar. Bunaqa masalani o'zingiz hal qilishga o'rganinglar!

—  Mcnda taklif bor! — dedi oldingi qatorda o'tirgan sinf sardori Saodat qo'l ko'tarib. — Yaxshisi. chek tashlaylik!

— Juda to'g'ri!

—  Mayli, rozimiz.

— Unda chek tashlashni o'zing uyushtir, — dedi sinf rahbari Saodatga qarab.

Saodat daftaridan ikki varaq yirtib oldi va uni buklab, bilet yasashga tutindi. Keyin sakkizta  biletni alohida ajratib oldi-da, ularga nimadir yoza boshladi. Bolalar go'yo hozir favqulodda bir mo'jiza ro'y beradigandek, qiziqsinib, betoqat qarab turishardi.

           Sinf sardoridan keyingi qa­torda o'tirgan Turg'un bilan Tal'atning ham ko'ngliga g'ulg'ula tushdi. Ayniqsa, Turg'un Saodatning yelkasidan mo'ralab, biletga nimalar yozayotganini bilishga urinar, ammo bo'yi pastligidan hech nima ko'rolmas edi. Tal'at mudrab o'tirgandek ko'rinsa-da, qo'shnisining xatti-harakatlarini zimdan kuzatib turardi. Turg'un axiyri yo'lini topdi: ruchkasini jo'rttaga yerga tushirib yubordi. Endi uni olmasa bo'lmaydi! Pastga engashayotib, Saodatning stoliga ko'z qirini tashladi va yutuqli biletlarga kitobning narxi yozilganini ko'rib qoldi. "Hmm" — deb qo'ydi Turg'un o'zicha hovliqib, joyiga o'tirarkan. Muhim sirdan ogoh bo'lib qolgani, go'yo muddatidan oldin chiqqan yutuqday tuyuldi: "Rostdan ham yutib olsam, zo'r bo'lardi-da! Ammo yutolmasam-chi? Yutuq sakkizta, biz yigirma yettitamiz. Demak, hammaga yetmaydi. Nima qilsam ekan? Axir, hech kim bilmagan sirni bilaman-ku! Topdim! O'yin boshlanguncha ulgurishim kerak. Kim sezib o'tiribdi?"

Turg'un sumkasidan duch kelgan daftarini apil-tapil sug'urib , bir varag'ini yirtib oldi. Qog'ozni buklab, yirtib, bilet shakliga keltirguncha juda uzoq vaqt o'tgandek tuyuldi, negadir qo'llari qaltirab, yuragi gup-gup ura boshladi. Qo'Ibola biletga kitobning narxini yozish uchun ruchkasiga qo'l uzatdi. Aksiga olib, bu gal ruchkasini rostakamiga tushirib yubordi. Shoshib pastga engashgan edi, yerda yotgan bir parcha qog'oz — hozir chek tashlashda ishlatiladigan biletga ko'zi tushdi. Unda boyagi tanish yozuv — parolni ko'rib, qarmog'iga katta baliq ilingandek suyunib ketdi. Turg'un sekin baxtli biletni olib, cho'ntagiga yashirdi. Asta o'zini o'nglab, atrofga alangladi. Yonidagi Tal'at hech nima bo'lmagandek tirnog'I  bilan  stolni qitirlatgancha kulimsirab o'tirardi.

Nihoyat, sardor doskaga chiqib, muallimaning stoliga biletlarni yoyib chiqdi.

—  Sanab ko'rdingmi? — deb so'radi Vazira Komilovna.

           —  Sanadim, — dedi Saodat va biletlarni yana bir karra sanay boshladi. Kutilmaganda, bitta bilet kam chiqdi. U qaytadan sanadi. Baribir bitta bilet yetishmasdi.

— Mayli endi, vaqt o'tmasin, bitta yetmayotgan bo'lsa, qayta yozib qo'ya qol, - dedi muallima.

To'satdan tekshirib qolishlaridan hadiksirab o'tirgan Turg'un: "Xayriyat!" — deya yengil tin oldi. Sekin qo'lini cho'ntagiga suqdi: joyida turibdi! Uff! Tezroq bu ishlar bir yoqli bo'lsa edi!..

Sardor doskaga chiqib, yetishmagan biletni joyiga qo'yayotganda, muallima yana so'rab qoldi:

- Sen qaysi bilet yo'qolganini bilasanmi o'zi?

— Yo'-o'q, — dedi Saodat bo'shashibgina.

-  Mana ko'rdingmi? - mu­allima tanbeh ohangida gapirdi. — Oldin yutuqli bilet yo'qolganmi yoki yutuqsiz — shuni aniqlash kerak. Adolat qilmoqchi bo'lgan odam xatoga yo'l qo'ymasligi lozim.

Saodat qanday bilet yo'qol­ganini aniqlab, qayta yozguncha, Turg'unning yuragi siqilib, diqqinafas bo'ldi. Nazarida, bu ortiqcha daxmazalar jo'rttaga lining g'ashiga tegib, sabr kosasini to'ldirish uchungina qilinayotgandek edi. Nihoyat, biletlar tayyor bo'lgach, o'quvchilar muallimaning ishorasi bilan birin-ketin doskaga chiqib, bittadan bilet ola boshladilar.

Sinfda g'ala-g'ovur kuchaydi. Bolalar betoqatlik bilan, tik turgancha biletlarini ochib ko'rishar, yutuq chiqsa suyunib xitob qilishar, omadi chopmasa, miq etmay, bo'shashibgina joyiga o'tirishar edi.

          Turg'un ham boshqalar qatori sekin borib, bilet oldi. Ammo uni bolalarning yonida ochib

ko'rishga botinmadi: birontasi yutuq chiqmaganini bilib qolsa, xayolidagi rejasi barbod bo'li-shidan xavfsiradi. Buning ustiga, shoshib nima zaril? Baribir yutuq cho'ntagida-ku! U joyiga yaqinlashgandagina biletni ochib ko'rdi. Unda hech nima yozilmagan edi. Turg'un qog'ozni be-parvo ezg'ilab, cho'ntagiga soldi. Beixtiyor chap cho'ntagini pay-paslab, haligi yutuqii bilet joyida turganligini bilgach, ko'ngli joyiga tushdi.

— Hmm, yutuq chiqmadimi? — deb so'radi Tal’at yoqimsiz iljayib.

— O'zingga-chi? — Turg'un jerkibroq gapirdi.

— Menga chiqmadi, — dedi Tal'at biletni oldiga qo'yib. — Senga ham chiqmaganga o'x-shaydi. gaplashging kelmayapti. Biletniyam ezg'ilab tashlading...

Turg'un Tal'atga hayron bo'lib qaradi: qiziq, shunchaki o'smoqchilayaptimi yoki... payqab qoldimikin?

— Menga... chiqibdi... yutuq, — dedi Turg'un noiloj, siniq tovush bilan.

—  Shunaqami? — dedi Tal'at negadir jonlanib.

— Shunaqa! — Turg'un shartta yuzini o'girib oldi.

—   Xo'sh, endi tinchlaninglar, — dedi muallima sinfga murojaat qilib. — Yutuq chiq-maganlar xafa bo'lib yurmasin — chek tashlashga kelishgansizlar. Saodat, endi kitobni egalariga tarqat! — Muallima birdasta kitobni sardorning partasiga qo'ydi. O'yinda yutib chiqqan o'quvchilar omadli biletlarini sardorga topshirib, kitoblarini ola boshladilar.

—   Bormaysanmi? — dedi Tal'at negadir Turg'unga ko'z qisib.

— Ishing nima? — Tur­g'unning oshkora jahli chiqdi. -O'zim bilaman nima qilishni!

            — Turaqol endi, tag'in... kitob yetmay qolmasin!

 

            Turg'un yana ozgina imillasa, rostdan ham kitobdan quruq qolishini sezib, o'rnidan turdi. Sardordan oxirgi kitobni olib, orqasiga o'girilgan ham ediki, qo'lida yutuqii bilet bilan jilmayib turgan Sanobarga yuzma-yuz bo'ldi. Negadir butun vujudi jimirlashib ketdi. Bir zum kalovlandi-yu asta ko'zini olib qochdi. Qadamlari go'yo o'ziga bo'ysunmayotgandek, zo'rg'a sudralib borib, joyiga og'ir cho'kdi.

Saodat goh Sanobarga, goh u uzatgan biletga hayrat bilan tikilgancha serrayib qoldi; chunki hamma kitoblar tarqatib bo'lingan, oxirgisini hozirgina Tur­g'unga bergan edi. Kitob yetmay qolganiga xuddi o'zi aybdordek, xijolat bo'lib, boshi qotdi. Sanobar sinfda eng a'lochi, ayni chog'da eng tortinchoq, uyatchan qiz edi. Hozirgi holatidan qattiq o'sal bo'ldi. Joyiga borib o'tirguncha boshini ko'tarmadi.

—  Qiziq, bunaqa bo'lmasligi kerak edi-ku! — dedi Saodat xunob bo'lib. — Sakkizta kitobga sakkizta yutuqii bilet tayyorlovdim. Nega yetmadiykin?

Sinf suv quygandek jimib qoldi. O'quvchilar endi buyog'i nima bo'larkin, deya muallimaga ko'z tikishdi.

— Qanday anglashilmovchilik bo'lishi mumkin? — dedi Vazira Komilovna Saodatga qarab. — Mabodo o'zing yanglishmadingmi?

-Yo'q!

— Yanabir karra eslab ko'r, balki yutuqli biletni ortiqcha tayyorlagandirsan?

—  Bunday bo'lishi mumkin emas. Vazira Komilovna. Yutuqii bilet bitta kam chiqqanda qayta yozib, yana boshqatdan sanaganimni o'zingiz ham ko'rib turdingiz-ku!

—  Unda nega kitob yetmay qoldi? - deya muallima hayron bo'lib, yelka qisdi.

—  O'zim ham bilmayman. Axir men... nima qilay? — dedi Saodat yig'lamsirab.

—  Hech kim seni ayblayotgani yo'q, — dedi muallima xotirjam ohangda. — Ammo bu ishni aniqlashimiz kerak. Ehtimol, orangizda kimdir g'irromlik qilgandir. Qani, bolalar, kitob bilan biletlarni vaqtincha topshirib turinglar-chi.

Hozirgina yutuq chiqqanidan xursand bo'lib. O’zaro cnug'urlashib o'tirgan bolalar birdan xomush tortib qolishdi. Noiloj, bitta-bitta borib, kitob bilan biletni sardorning stoliga qo'yishdi.

—  Biletlarni yaxshilab qarab ol. — deya muallima Saodalga ko'rsatma berdi. - O'zingni yozuvingmi yoki... boshqami — tekshirib ko'r!

Turg'un ko'nglida pushaymonga o'xshash bir his tuydi. Negadir shu tobda har qanday shubhalardan xoli bo'lib, emin-erkin o'tirgan sinfdoshlariga havasi keldi. Joyiga o'tirayotganda, o'ziga surbetlarcha tikilib turgan Tal'atni ko'rib, yana yuragi bezilladi.

—  Xo'sh, tekshirib ko'rdingmi hammasini? - deb so'radi muallima.

—  Ko'rib chiqdim, hammasi o'zim yozgan biletlar, - dcdi Saodat battar xunob bo'lib. — Faqat... endi sakkizta emas, to'qqizta chiqyapti. Bittasi ortiqcha!

—  Vazira Komilovna, Sanobar mening kitobimni ola qolsin, — dedi a'lochi Azamat o'rnidan turib. — Men keyingi gal olarman.

—  Menikini ola qolsin. - dedi yana kimdir.

— Xafa bo'lma, Sanobar, birgalashib o'qiymiz.

Chor atrofdan bolalar chug'urlashib, Sanobarga dalda berishar, ammo u stolga engash-gancha hamon bosh ko'tarmas edi.

           —   Rahmat, bolalar, rahmat sizlarga! — dedi muallima biroz chehrasi ochilib. - Gap faqat kitobda yoki kitobning narxida emas,  biz adolat qilamiz deb chek tashladik. Ammo ko'z oldimizda zig'ircha bo'lsa ham adolatsizlik, g'irromlik sodir bo'ldi. Biz bunga befarq qaramasligimiz kerak. To'g'rimi?

— To'g'ri!

— G'irromlik qilgan o'rtaga chiqsin!

—  Bo'ldi, shovqin solmang-lar! — dedi muallima. — Xatoni tan olish ham mardlik hisoblanadi!

Turg'un g'ujanak bo'lgancha bo'ynini tipratikondek qisib, stol­ga qapishdi. Nogoh shartta turib, aybimni tan olib qo'ya qolsammikin, deb o'yladi-yu, xuddi qishda sovuq suvga tushayotgandck seskanib ketdi: axir, sinfdoshlarining, muallimaning yuziga qanday qaraydi? Keyin butunlay yomonotliq bo'lib qolmaydimi? Nega oldinroq kallasini ishlatmadi? Eh, ishning bunaqa chappa ketishini bilganida edi... Nima jin urdi uni? Bunaqa odati yo'q cdi-ku... Endi buyog'i nima bo'ladi?..

—  Turg'un! — Tal'at ohista shivirlab, qo'shnisining noxush xayollarini to'zg'itdi.

—  Nima deysan? — Turg’un istar-istamas yoniga o’girildi.Tal’at maxfiy bir gapi borligiga ishora qilgandek,  barmog'ini labiga bosib, tirjaydi:

— Men... kirm g'irromlik qilganini bilaman.

Turg'unning    yuragi "shig"etib ketdi. Tal'at ko'ziga juda yomon, juda xavfli ko'rindi.

— Nima demoqchisan o'zi? — Turg'un o'zini beparvo ko'rsatishga urinsa-da, ovozi qaltirab ketdi. Alamdan labini tishladi.

—  Hi-hi, ovora bo'lma, mug'ambirlikni eplay olmas ekansan, - dedi Tal'at masxara qilib va Turg'unning qulog'iga engashib, shipshidi: — Qo'rqma, mendan boshqa hech kim bilmaydi.

               Turg'un birdan tubsiz jarlikka qulab tushayotgandek, qo'rqib ketdi. Tal'atning ko'nglida yomon bir reja borligini, bu reja o'zining g'irromligi bilan bog'liq ckanini yaqqol sezdi.

 —  Chap cho'ntagingda yutuq chiqmagan bilet turibdimi? — Tal'at raqibining sarosimaga tushganidan foydalangan bokschidek, hal qiluvchi zarbani berdi.

Turg'un "shilq" etib boshini kaftiga tashladi: "Demak, ko'rgan ekan-da!"

U Tal'at bilan ilgaridan chiqisholmasdi. Ikkovi bamisoli o't bilan suv. "Mana endi mavridi kelganda o'chini olyapti". — deb o'yladi Turg'un.

—  Bitta shartim bor, shunga... ko'nsang, aytmayman, - dedi Tal'at atrofga olazarak qarab olgach, ovozini pasaytirib.

— Nima deysan? - Turg'un bosh ko'tarmay xo'mraydi.

—  Shu... qo'lingdagi soatni bersang... aytmayman. Bo'lmasa. hozir o'rnimdan turaman-u butun sintga jar solaman.

Turg'un xuddi birov to'satdan oyog'ini bosib, jonini og'ritgandek sapchib ketdi. Tal'atni birinchi marta ko'rayotgandek, oshkora nafrat bilan tikildi. Bazo'r jahlini bosib, keskin javob qildi:

— Yo'q!

—  Unda... o'zinggaqiyin. Hozir aytaman!

Shu yerda Turg'un o'zini tutolmay qoldi. Ko'ziga balo-qazodek ko'rinib turgan raqibiga tarsaki tortib yubordi. Tal'at ham qarab turmadi. Ikkovi bir zumda jiqqamusht bo'lishdi. To's-to'polon, qiy-chuv boshlandi. Ularni ko'plashib, zo'rg'a ajratib qo'yishdi. Ammo har ikkovi anchagacha bir-biriga qarab xezlanib turishdi.

            —  O'zi g'irromlik qilib, yana alamini mendan olyapti! - dedi Tal'at shovqin solib. — Saodatning stolidan tushib qolgan yuiuqli biletni o'g'irlab oldi! O'z ko'zim bilan ko'rdim! Aybingni tan ol, bo'lmasa, aytaman, desam... yuzimga chang soldi! G'irrom!

Sinfga og'ir sukunat cho'kdi. Beixtiyor hammaning nigohi: "Nahotki, shu gap rost bo'lsa?" — degandek Turg'unga qadaldi.

            Ko'pchilikning so'zsiz ta'na-dashnomi bu qadar og'ir va ayovsiz bo'lishini Tutg'un birinchi marta bildi! Bamisoli oyoqyalang mix ustida turgandek, butun vujudi zirqirab ketdi. Ertaklarda o'qiganidek, shu lahza to'satdan, sirli tarzda yo'q bo'lib qolishni juda-juda istardi. Ammo buning iloji yo'q, faqat ro'parasida emas, orqasida, yon-atrofida ham son-sanoqsiz ko'zlar a'zoyi badaniga nayzadek sanchilib turganini og'riq yanglig' sezib turar edi. Negadir muallima ham: "Shu gap to'g'rimi? Nega bunday qilding?"—  deya tergashga shoshmas, go'yo hamma so'ngsiz, so'zsiz sukunat bilan uni ayovsiz jazolayotgandek  edi.

Turg'un axiyri chidolmadi.

 - Meni... kechiringlar! Men...

—  dedi-yu, ortiq gapirolmadi. Ovozi o'z-o'zidan bo'g'ilib qoldi. Yig'lab yubormaslik uchun sinfdan yugurib chiqib ketdi.

                          Tashqarida avji bahor! Maktab hovlisidagi olmalar qiyg'os gullagan, bolarilar, oq kapalaklar guldan gulga qo'nib uchar, o'yinqaroq qushlar sho'x qanot qoqishar, quloqni qomatga keltirib sayrashar edi. Bog' o'rtasidagi yo'lakdan xomush borayotgan Turg'unning xayoliga nogoh: «Boshqa dov-daraxtlarga qaraganda, olma guli chiroyliroq bo'lar ekan», degan fikr urildi va birdan hoviiqib ketdi. Shu tobda o'zi topgan bu kashfiyotni kim bilandir o'rtoqlashgisi keldi-yu ko'ngli battar g'ash tortdi: axir, endi sinfdoshlarining yuziga qanday qaraydi? Uni... kechiri-sharmikin?

                                                                                                                                                           Shodmon OTABEK

                                                                                                               Sog’lom avlod uchun .-2009.-11


Orqaga qaytish