Ota-onalar uchun

5311 marta o'qildi
Bolalarda yassitovonlik va uning oldini

Qomatning to’g’ri shakllanishida oyoq kaftining formasi katta ahamiyatga ega. Ko’pincha bolalarda rivojlanadigan yassitovonlik ularni kam harakatlanishga olib keladi, ular oyoqlari og’rishidan shikoyat qiladilar.

Bolalarda yassitovonlik va uning oldini olish

 

Qomatning to’g’ri shakllanishida oyoq kaftining formasi katta ahamiyatga ega. Ko’pincha bolalarda rivojlanadigan yassitovonlik ularni kam harakatlanishga olib keladi, ular oyoqlari og’rishidan shikoyat qiladilar. Uning paydo bo’lishiga nomunosib oyoq kiyim, yurayotganda tovonni noto’g’ri qo’yish va tashqi yon sirtiga tayanib, zo’r keltirib turish, uzoq o’tirish sabab bo’ladi. Bunda tovon mushaklari va suyaklarni biriktiradigan paylar zo’riqishni ko’tarolmay cho’ziladi.

 

Ota-onalar dastlab bunga e’tibor bermaydilar va yassitovonlik paydo bo’lgandan keyingina uni tuzatish yo’liga tushadilar. Shu tufayli agar bola oyoq og’rig’idan shikoyat qilsa, kechiktirmay ortoped vrachga ko’rsating. Bolaning yetali harakat qilish, yugurishi, sakrashini kuzatib boorish lozim.

 

Yassitovonlikning oldini olishning yo’li bola kichikligidanoq barmoqlari bemalol harakatlanishini ta’minlaydigan keng oyoq kiyimi kiygazishdir. Oyoq kiyimining orqa qismi  tovon orqasini mahkam tutadigan, tagligi yurganda tovonning bukilishiga xalaqit bermaydigan qayishqoq, yumshoq bo’lishi lozim. Kedi, cheshka faqat jismoniy tarbiya mashg’ulotlari vaqtida kiyiladi. Notekis yuzada oyoq yalang tovon bilan oyoq uchini navbat bilan almashtirib yurish, sharchani oyoq bilan g’ildiratish, uni bir oyoqdan ikkinchisiga o’tkazish foydali.

 

Ayrim ota-onalar bolaning tovon norasoligini aniqlab, o’zlari ortopedik patak topishga harakat qiladilar, go’yo uni tovonning formasini tuzatadi deb o’ylaydilar.

 

Bunday qilib bo’lmaydi. Bu muammoni faqat ortoped-vrach hal etadi, bunday patak taqish vaqtini belgilaydi, tovon uchun qanday mashqlar bajarishni ko’rsatadi. Tovon gumbazini chiniqtirish uchun tovonning tashqi zehiga tayanib yurish, oyoq barmoqlari bilan gilamni tortish, cho’p yoki bulavani oyoq barmoqlari bilan ushlab olish, tovon bilan koptokni olish mashqlari tavsiya etiladi. Tuzatish gimnastikasidan tashqari, qaddi-qomatni tuzatish uchun suzish juda foydalidir.

 

Ovqatlanish, mashg’ulot , o’yin vaqtida bolaning qomatini doimo kuzatib boorish va stol oldida to’g’ri o’tirish zarurligini eslatib turish muhimdir. Maktabda dars paytida qanday o’tirish o’rgatiladi. Uyda bu qoida takrorlanishi, unga rioya qilinayotgan-qilinmayotganligini kuzatib boorish lozim. Maktab o’quvchisining orqasi o’tirganda stul suyanchig’iga tegib turishi, bilaklari stolda bemalol turishi, oyoqlari esa to’g’ri yoki o’tmas burchak hosil qilib tizza bo’g’inidan bukilishi va ish stoli yog’ochiga yoki maxsus taglikka tiralishiga e’tibor bering.

 

Nargiza Pulatova   


Orqaga qaytish