Hikoyalar

4938 marta o'qildi
MUHABBAT Qissa MUHAYYO

Ha, bu xabarni eshitib Marg'uba ingrab yubordi. Anvarning Muhayyo, ya'ni Hakimjonning qizi bilan munosabat paydo qilishi uning uchun ko'zlariga six qizdirib tiqish va har bir sog' tishini ombur bilan haftalab sug'urish bilan barobar edi.

 MUHAYYO

 (davomi)

Ha, bu xabarni eshitib Marg'uba ingrab yubordi. Anvarning Muhayyo, ya'ni Hakimjonning qizi bilan munosabat paydo qilishi uning uchun ko'zlariga six qizdirib tiqish va har bir sog' tishini ombur bilan haftalab sug'urish bilan barobar edi.

Hakimjon vaqtida xushsurat va shirin zabonligi bilan ko'p rasida qizlarning yuragini notinch qilgan, xushfe'l va xushtavozeligi, qo'y og'zidan cho'p olmaganligi bilan ko'pgina ota-onalarning havasini keltirgan yigit bo'lib, o'n yillik maktabda adabiyotdan dars berar edi.

U vaqtda Murod Alining xotini Rohatbegim tirik, Marg'uba shu yerda turib; o'n yillikda o'qir edi. Murod Ali singlisiga juda bino qo'ygan bo'lishiga qaramay to'qqizinchi sinfda nima boiib undan bexabar qoldi-yu, Marg'uba imtihonda bir necha fandan yiqilib, o'ninchi sinfga o'tolmadi. Uning yiqilgan fanlari ichida adabiyot ham bor edi. Rohatbegim hayron bo'lib, "adabiyotni yaxshi ko'rar eding-ku, undan nega yiqilding?" deganida Marg'uba turib-turib: "Adabiyotni emas, adabiyot o'qituvchisini yaxshi ko'raman", deb yigiab yubordi. Rohatbegim angrayib qoldi-yu, "yuzing qursin!" deyishdan boshqa gap topolmadi va bu fojiani eriga aytdi. Murod Ali Marg'ubaga yaxshi gapirib maslahat qildi: uyat-ayb odob bobidan gapirib uyaltirdi: maktabdagi tegishli odamlar bilan gaplashib, yiqilgan fanlaridan qayta imtihon topshirtirdi.

Marg'uba o'ninchi sinfga o'tdi, o'qidi va shu bilan birga Hakimjonga zimdan shunaqa hujumlar qildiki, bahorga chiqquncha Hakimjon kechalari shiftga qarab oh tortadigan, yotgan yeridan turib she'rlar yozadigan bo'ldi.

Bahorga chiqib Hakimjon Marg'ubaga sovchi qo'ydi.

            Bular bir-ikki yil durust turmush qilishdi. Keyin turmushning taxiri chiqa boshladi: avvalo Hakimjon uni na o'qishga ko'ndiroldi, na biron hunar orttirishga; so'ngra Marg'uba tug'ishni xohlamadi — Hakimjondan yashirincha ikki marta homilasini nobud qildi. Bularning ustiga jahon notinch bo'lib, mamlakatda qiyinchilik boshlandi. Marg'uba bu qiyinchilikning oila hayotiga bo'lgan ta'sirini Hakimjonning noshud-notavonligidan deb bilib serxarxasha bo'lib qoldi. Bularning turmushiga kun sayin tuz solayotgan bu sabablarni Murod Ali ham bartaraf qilolmadi, Rohatbegim ham; aksincha, bularning aralashuvi Marg'ubani andishasiz qilib qo'ydi. Oqibatda bu ikki oila orasiga sovuqchilik tushdi. Shundan keyin Marg'uba akasining tazyiqidan o'zini ozod sezib, Hakimjonni izzat qilmaydigan bo'lib qoldi.

Urush boshlandi. O'n bir oydan keyin Hakimjon harbiy xizmatga chaqirildi, yetti oyni lagerda o'tkazdi. Dastlabki bir-bir yarim oyda Hakimjon Marg'ubaga o'ntacha xat yozdi. Biroq Marg'ubadan bitta javob keldi, xolos. U ham qabr toshida yozilgan xatday sovuq, undagi "sog'inchli salom", "jonim", "judolik" singari so'zlar qabr toshiga ilingan rang-barang qog'oz gullarga o'xshar edi.

Yetti oy deganda Hakimjonning bataloni frontga jo'naydigan bo'ldi. Hovli vokzalga uncha uzoq emasligidan foydalanib Hakimjon komandiridan javob olib yugurdi, yugurib borar ekan, Marg'uba ko'ziga, goh og'ir xasta holda rangi sarg'ayib to'shakda yotganday ko'rinib yuragi ezilar, goh eshikdan loladay yashnab, quchoq ochib chiqadiganday entikar edi.

Hakimjon muyulishdan burilganida hovli eshigi oldidagi o'zi o'rnatgan o'rindiqda pista chaqib o'tirgan Marg'ubani tusmol bilan tanidi: sochini qirqtiripti. Marg'uba uni ko'rib o'rnidan turdi, yerga qaraganicha, uyulib yotgan pista po'choqlarini oyog'i bilan nari-beri surdi. Uning egnida yengsiz katak kofta, tor kulrang shim — xuddi kaltakesakka o'xshar edi. Hakimjon kelib undan ikki-uch qadam narida to'xtadi. Marg'uba unga iljayib, ko'zlarini pirpiratib qaradi-da, hamon pista chaqib po'chog'ini tuflar ekan: "Kechirasiz, taqdir ekan...- dedi va xixilab kuldi, -men taqdirning qo'lida o'yinchoqman!.."

           Hakimjon unga boshdan-oyoq razm soldi va qorni do'ppayib turganini payqadi-da, nima deyishini bilmay burilib ketar ekan: "Xo'p, eson-omon qutuling!"- dedi va kerza etigini to'qillatib jo'nab qoldi.

 

Hakimjon muyulishdan o'tib ellik qadam bosmasdan darmoni qurib birovning zinasiga o'tirib qoldi va unirida birinchi martaba dildan chiqarib: "E, xudo, meni unishdan onion qaytar! Keyin nima qilsang mayli: quloqlarimdan tutun, ko'zlarimdan alanga chiqar!"- dedi va jo'nab ketdi.

Yo'llar, shaharlar, manzillar... Tutun, alanga, xarobalar... To'plar, tanklar, samolyotlar na'rasi... Uer tishlagan o'liklar, hayqirgan, ingragan tiriklar... Hakimjon nimalarni ko'rmadi, nelarni boshidan kechinnadi, lekin hamma yerda, hamma vaqt, har qanday holatda, urushning oxirgi oylarida chap oyog'i sonidan kesilib gospitalda yotganida ham Marg'ubaning pista chaqib tirjayib turgani ko'z o'ngidan, "Taqdir ekan, men taqdirning qolida o'yinchoqman", degani qulog'idan ketmadi.

Hakimjon gospitaldan shimining bir pochasini osiltirib, ikkila qo'Itiqtayoq bilan chiqdi: g'alabadan keyin ham O'zbekistonga qaytgani shoshilmadi, biroz vaqt Minskda, keyin Kiyevda holi-baqudrat ishlab rizqini terib yurdi. Kiyevda oyoqsoz yaxshi ustalar paydo bo'ldi. Hakimjon oyoq soldirib, sal kunda qo'ltiqtayoqni tashladi, to'qillab, g'ijirlab bo'lsa ham bemalol yuradigan bo'ldi. Uning yurib ketayotganini uzoqdan ko'rgan odam bir oyog'i yog'och ekanini tezda payqayolmas edi.

Shundan keyin uning ko'ziga jonajon shahri, o'ynab-o'sgan ko'chalari, qarindosh-urug', yor-do'stlari ko'rindi, vatanini sogindi.

Hakimjon bir oyog'idan ajralgandan keyin avval umuman tiriklikdan, keyinchalik O'zbekistonga qaytishdan umid uzgani uchun xat yozishni to'xtatib qo'ygan edi, shuning uchun uning to'satdan kirib kelishi qavm-qarindoshlari, yor-do'stlarinigina emas, begona odamlarni ham suyuntirib yubordi. Hamma, har bir kishi unga biron yaxshilik qilgisi, loaqal biron og'iz yaxshi so'z aytgisi kelar edi.

           Mehmondorchiliklar boshlanib ketdi. Bu mehmondorchilikda ko'proq frontoviklar bo'lgani uchun suhbat ko'proq front xotiralari, qolaversa, bu yerdagi qiyinchiliklar to'g'risida ketar edi. Bu o'tirishlarda faqat ikki narsa to'g'risida - Hakimjon oyog'ini qayerga tashlab kelgani-yu. Marg'uba nima bolgani va nima qilib yurgani to'g'risida hech kim og'iz ochmas, Hakimjonning chap oyog'i yog'och, Marg'uba bir vaqtlar uning xotini bo'lganini hamma bilsa ham bilmaslikka olar edi.

            Uning yor-do'stlari harakat qilishgan bo'lsa kerak, tuman hokimiyati unga avval bir xona uy, keyinroq hovli berdi. Ilgari qayerda turganini so'ramadi; maorif bo'limi uni ilgarigi vazifasiga — o'sha maktabga adabiyot o'qituvchisi qilib tayinladi. Oradan bir-ikki oy o'tgandan keyin qarindoshlar o'rtada turib unga eri urushning boshida halok bo'lgan Muborakxon degan juvonni olib berishdi. Oradan bir yil o'tgach, ular qiz ko'rishdi, otini Muhayyoxon qo'yishdi.

Qop-qora tunda charaqlagan yulduzlar, qish qa'ridan bahor quchog'iga otilib chiqqan rasida qizlarning jamoli ta'rifga sig'adimi?

Muhayyo keksa tabiat bor hunarini, tamomi makru hiylasini ko'rsatib oro bergan o'shanday rasida qizlardan bin, lekin yana allanimasi bilan mahallaning bino qo'ygan bisoti bo'lib yetishdi.

Uning husnidan o'zga yana nimasi boshqa qizlardan ortiq? Nima uchun tengqurlari, hatto o'zidan kattaroq qizlar ham uni "opacha" deb atashadi? Nima uchun eng tantiq, gerdaygan' yigitlar ham uning nomini toq aytolmay "Muhayyoxon" deyishadi? Nima uchun qariyalar ko'cha-ko'yda uning salomiga bajonidil alik olish bilan qanoat qilmay yana duo qilishadi? Militsiya hushyorxonaga olib ketgani mashinaga sololmayotgan bir badmast "Muhayyoxon kelayotibdi" degan gapni eshitishi bilan o'zini mashinaga urgan emish...

Nega? Nima uchun?

Bularning sababini hech kim bilmas, zotan bu to'g'risida o'ylab ko'rish hech kimning xayoliga ham kelmas, har qanday fikr-mulohaza, o'y-xayollar patday to'zg'ib ketar edi.

"Har kimniki o'ziga, oy ko'rinar ko'ziga", degan gap bor. Muhayyoni kelin qilish orzusi bag'rini o'rtab yurgan ota-onalar, etagining shamoliga ko'kragini tutgan yigitlar mahallada ozmikan? Lekin bu to'g'rida biron kishi og'iz ochmas, "notavon ko'ngil" degan dashnom andishasi hammaning ham tilini bog'lar edi.

Bu baxt qushi kimning, qaysi bir tolei baland yigitning boshiga qo'nar ekan? Hammaning tilida shu savol, lekin hammaning dilida ezgu bir tilak: "Iloyim, tengi topilsin!"

O'sha yili mart kunlarining birida qor aralash yomg'ir yog'ib berdi. Yomg'irdan qochib mahalla magaziniga tiqilgan odamlar orasida quloqma-quloq: "Muhayyoni falonchining o'g'li parkda qo'ltiqlab yurgan emish", degan gap yurib qoldi.

 Mahalla bir seskanib tushdi. Qor aralash yomg"ir zabtiga olganiga qaramay, ayniqsa, xotin-xalaj shaloplab u yoqqa yugurdi, bu yoqqa yugurdi, kechgacha hamma gap ma'Ium bo'ldi: Muhayyo tuzukkina bir odamning o'g'Ii Salimjon degan yigitga unashilgan ekan, yaqinda to'y emish. Yigit talaba ekan, hafsalalik odamlar atayin institutga borishdi, uning darsdan chiqishini kutib, ko'rib kelishdi. Ko'rgan odamlarning aytishiga qaraganda bularni bir-biriga xudoning o'zi bichib tikkan, ikkovi dunyoning ikki burchagida bo'Isa ham bir-birini qidirib topar ekan.

Birov "Yoshlar o'zlari topishishibdi", birov "Ikkovining ota-onasi niyat qilgan ekan", deyishdi. Nima bo'Isa bo'ldi-yu, to'y kelasi shanba kuniga tayinlandi.

To'y ikki yoshning, ikki xonadonninggina emas, ikki mahalla, butun yor-do'stlarning to'yi bo'ldi. Yer va tomlarni odam, bola-chaqa bosib ketdi. Xursand bo'lmagan odam yo'q edi. Ashula, yalla, o'yin, askiya, qiziqchilik, gur-gur kulgi... Bularni oralab yor-do'stlar yoshlarga eng yaxshi tilaklar tilashar edi. To'rga yaqin o'tirgan talabalar — Salimjonning o'rtoqlaridan biri Naimjon degan yigit so'z oldi:

—  Men hamma yaxshi tilaklarga qo'shilaman, shu bilan birga o'zim ham kichkina bir tilakni aytmoqchiman. Men oila qurganim yo'q, lekin ko'p oilalarga razm solib bir fikrga keldim. Bilmadim, vaqti kelganda bu fikrimni o'zim amalga oshira olamanmi, yo'qmi... Lekin, shundoq bo'Isa ham, do'stim Salimjon bilan kelinimiz Muhayyoxonga shuni aytmoqchiman: qadimdan oilada er general, xotin soldat bo'lib kelgan ekan, endilikda xotinlardan ham generallar chiqayotibdi-ku, lekin erkaklar soldat bo'lgani uncha unashmayapti...

Qiyqiriq, chapak bo"lib ketdi. Kimdir luqma tashladi:

—  Yashasin general xotinlar! Soldatlikka unamagan erkaklar sudga berilsin!

—  Yo'q,— dedi Naimjon,- mening tilagim boshqa. Men Salimjon bilan Muhayyoxon bir-biriga general emas, itoatli, fidokor, sodiq soldat bo'lishini istar edim!

Boyagidan ham qattiqroq qiyqiriq, kulgi ko'tarildi. Ayniqsa ayollar huzur qilib kulishar, fidokorona chapak chalishar edi. Naimjon joyiga o'tirayotib Muhayyoga ko'z tashladi.yurib qoldi.

            Muhayyo so'zlaganiga quiluq, so'zni o'rinlatganiga tasanno ma'nosida jilmayib bosh egib qo'ydi. Shu choq uning bilagini muzday qo'l qattiq g'ijimladi. Muhayyo seskanib Salimjonga qaradi. Rangi bo'zarib ketgan, entikkan Salimjon nafasi titrab:

-  To'g'ri o'tiring, bo'yningiz qiyshayib qoladi!- dedi. Naimjon uning nima deganini eshitmagan bo'Isa ham

vajohatini ko'rib rashk qilganini fahmladi-yu, qattiq xijolat bo'ldi.

Muhayyo ichida: "Nahot rashk qilayotgan bo'Isa? Xudo urdimi... Gapi ma'qul bo'lmadi shekilli", degan xayolda hazillashdi:

—  Xo'p, mayli, siz general, men soldat! - deb kuldi. Xayriyat, shu choq davrada o'ynayotgan qiz Salimjonning

ro'parasiga kelib o'yinga tortgani muqom qilib turib oldi-yu, bu gap qiyqiriq ostida qolib ketdi.

To'y qandoq xush-xursandchilik bilan boshlangan bo'Isa shundoq tugadi. "Tengi topilsin" deganlar "xayriyat" deb erkin nafas olishdi.

Kunlar o'ta boshladi. Oradan ko'p o'tmay shu ma'Ium bo'ldiki, to'y kechasi Salimjonga Naimjonning so'zi emas, o'zi ma'qul bo'lmagan. Muhayyo qarab bosh egganida haqiqatan ham rashk qilgan ekan.

Uning rashkchiligi kundan-kun avjiga chiqar edi. To'y sabab bo'lib Muhayyoning bitta imtihoni kuzga qolgan edi, shunga tayyorlik ko'rmoqchi bo'lganida, Salimjon: "0"sha fakultetda o'qimaysan!" deb turib oldi, aftidan, Naimjon shu fakultetda o'qir edi.

Shundan keyin kunlar rashk bilan boshlanib, rashk bilan tugaydigan bo'lib qoldi: "Falonchini taniysanmi?", "Bu kitobni kimdan olding?", "Ko'chada kimlarni ko'rding?.."

Bir kuni ikkovi teatrga bordi. Birinchi pardadan keyin Muhayyo Salimjonni muzqaymoq yeyishga taklif qildi. Ne ko"z bilan ko'rsinki, qahvaxonaning kiraverishida Naimjon limonad ichib o'tirar edi. Salimjon "Muzqaymoq bahona, diydor g'animat ekan-da", degan ma'noda yalt etib Muhayyoga qaradi. Naimjon mulozamat ko'rsatib darhol o'rnidan turdi, awal Muhayyoga qo'l uzatdi. Muhayyo ichidan qirindi o'tayotgan bo'Isa ham to'ydagi gap xayolida ham yo'qligini Salimjonga pisanda qilish uchun jilmayib so'rashdi.

            Salimjon birdan burildi-yu, juda ham zarur ishi borday shoshganicha tashqariga otildi. Ketidan yugurib kelayotgan Muhayyo unga avtobus bekatida yetib oldi.

Salimjon yo'lda biroz hovuridan tushganday bo'Igan edi, uyga kelib yana jazavasi qo'zidi: ustki ko'ylagini yechib uloqtirdi, ota-onasi eshitmasin uchun Muhayyoning burniga burnini ishqaguday bo'lib sekin baqirdi:

-  Men sizni ulgurji olganman, xonim, ko'tara savdo bo'lgansiz! Ko'zingiz ham, qo'lingiz ham, jilmayishingiz ham shunga kiradi!

Muhayyo Salimjonning vujudi qaqshab to'lg'anayotganini ko’rib yoniga o'tirdi, qoliga tushib qolgan gazeta bilan yelpindi, uzoq yelpindi. Salimjon anchadan keyin biroz yumshadi, lekin Muhayyoga xo'mrayib qaradi. Muhayyo ma’yus jilmayib turar edi. Salimjon hozir uzr ma'nosida uning qo'lini ushlashga tayyor edi, lekin erkaklik g'ururi yol bermadi, buning o'rniga chuqur xo'rsindi. Muhayyo yelpishdan to'xtadi va jilmayib dedi:

—  Salimjon aka, agar siz meni rashk qilmasangiz o'ksir edim, chunki, eri rashk qilmaydigan xotinning hayoti yovg'on oshga o'xshasa kerak, deb o'ylayman. Bir o'qituvchimiz: "Rashk xususiy mulkchilik kayfiyatidan tug'ilgan", degan edi, yolg'on! Bema'ni gap! "Bulbul rashk otashida kuyib sayraydi", deb eshitganman, mana bunga ishonsa bo'ladi. Rashk juda-juda chiroyli narsa, lekin siz buning xunugini chiqarib yuborayapsiz. Hozir shundoq bo'layaptiki, go'yo men bir xalta yong'og'u ehtiyot qilmasangiz, mahkam ushlamasangiz to'kilib-sochilib ketaman! Bunaqa rashk xotin kishiga malol keladi, qattiq tegadi!..

Muhayyo uning "bulbul bo'lib qilgan xonishlari"dan ba'zi birini aytib berdi.

Salimjon uning bir-ikki e'tiroziga yon berganday bo'ldi-yu, qilmishlari nohaq ekanini anglagan savin jirillay boshladi. Muhayyo gapni ortiq cho'zib o'tirmadi.

Shundan keyin Salimjon, lhar nechuk, insofga kelganday bo'ldi, xarxasha kamaydi, hatto yoshlar balida bir yigit Muhayyoni o'yinga tortib birga o'ynaganda e'tibor qilmaganday qattiq-qattiq gapirib, kulib o'tirgan bo'ldi.

Biroq keyin malum bo'ldiki, Salimjon xarxasha qilmagani bilan butun dardini ichiga solib yurgan ekan, bir kuni yorildi.

Salimjon kechasi yomon tush ko'rdi: burni boltaga o'xshagan, o'zi qop-qora bir barzangi Muhayyoni bir oyog'idan sudrab ketayotgan emish. Muhayyo dod solish, yig'lash o'rniga nuqul kular emish. Salimjon uyg'ondi, lekin hali esini o'nglamasdan Muhayyoga chang soldi. Mast uyquda yotgan Muhayyo erkalanib ingradi. Hamon es-hushini o'nglamagan Salimjon irg'ib turdi-yu, Muhayyoni bo'g'di. Muhayyo pitirladi, xirilladi. Salimjon uni qo'yib yuborgan edi, karavotdan polga gursillab tush " Salimjon nima bo'lganini hanuz idrok etolmay shoshib o'rnidan turdi, chiroqni yoqib yubordi. Muhayyo og'zidan ko'kragigacha laxta-laxta qon kelib chalqancha yotar edi. Salimjon dodlab hovliga otildi va "dada", deb shunaqa baqirdiki, butun xonadon uyg'onib yugurib chiqdi.

Uyga kirib Muhayyoni ko'tarishdi. Uning ko'kragidagi qon emas, sochini tang'ib yotgan qizil ro'moli ekan. Salimjonning titrog'i biroz bosildi.

"Tez yordam" mashinasi Muhayyoni hushsiz holda kasalxonaga olib ketdi.

Bemoming ahvoli tang bo'lgani uchun yarim kechasi maxsus chaqirilgan shifokor Murod Ali bir kechayu bir kunduz uning tepasidan ketmadi.

Muhayyoni kasalxonaga kuzatib borgan qaynatasi o'g'lini so'roqqa tutdi. Salimjon bo'Igan voqeani qo'rqqanidan boshqacha qilib aytdi: "Tushida erkalanib falonchining nomini aytdi. O'zimning ham gumonim bor edi", dedi. Otasi peshonasiga bitta urib, "Chiroyli xotinning xosiyati yo'q demovdimmi, o'g'lim", dedi. Salimjon shunaqa demasdan "uyqusirab bo'g'ibman", deb qo'ya qolsa ham bo'lar ekan, bundoq deganidan keyin kasalxonaga borishi ota-onasining oldida noqulay bo'lib qoldi.

Muhayyo kasalxonadan cliiqib to'g'ri o'z uylaiiga bordi. Bunga sabab Salimjonning qilmishi, kasaLxonaga ko'rgani kelmagani emas, o'sha dargohdan zada bo'lib qolgani, o'q yeb yiqilgan qushday butun vujudi bilan qochishga talpingani edi.

Muhayyo bo'Igan voqeani ota-onasidan avval yashirsa ham keyin aytib berdi va eti junjikib: "Bosinqiraydigan kasali bor ekan", dedi.

            Bir kun o'tdi, uch kun o'tdi, o'n kun o'tdi, na Salimjon, na qudalar, hech kim yo'qlamadi.

           Mahallaga alvasti mish-mish bosh tiqdi: "Muhayyoning yaxshi ko'rgan yigiti bor ekan, uyqusida alahsirab otini aytib qo'yibdi", "Muhayyo birov bilan o'ynashib yurar ekan, Salimjon yarim kechasi kelsa birov devor oshib ketgan emish", "Muhayyo bokira emas ekan, eri insof qilibdi - sharmanda bo'lmasin deb shu choqqacha xotin qilibdi"...

Oyning oxirida butun oila kechki dasturxon ustida edi, birov ko'cha eshigini qoqdi. Muhayyo chiqdi. Quda tomon Muhayyoning yuklarini ikki mashina qilib berib yuboribdi. Muhayyo qaytib voqeani ota-onasiga aytdi va bulardan so'z chiqishini kutmay daftardan bir varag'ini shartta yirtib oldi-da, xat yozdi: "Men o'zimga tegishli hamma narsani, ya'ni jonimni olib kelganman, sizlarga hech qanaqa da'vom yo'q", dedi va xatni ota-onasiga ko'rsatdi. Muborakxonim ko'ziga yosh oldi. Hakimjon "Yaxshi javob!" dedi. Muhayyo chiqib, shoferga xatni berib, yukni qaytarib yubordi.

 Davomi bor…

                                                                                                   

                                                                                            Abdulla Qahhor.  Anor .- T.,2005

 


Orqaga qaytish