Ertaklar

5532 marta o'qildi
UCH HO`KIZ

       Qadim  zamonda bir dehqonning qora. qo'ng'ir va  ola ho'kizi bo'lgan ekan. Kunlardan bir kuni ular o'yga  cho'mibdilar.

      Xo'jayinimiz, — deyishibdi ho'kizlar bir-biriga, — hademay har birimizning bo'ynimizga   bo'yinturuq  ilib, yerhaydattiradi.  Keyin umrimizning  oxirigacha omoch tortishdan boshqa  arsani  bilmaymiz.  Kelinglar, yaxshisi, o'rmonga qochib  ketamiz, u yerda erkimiz o'zimizda bo'ladi. Xohlaganimizdek  kun  kechiramiz.

UCH HO`KIZ

(TURKMAN XALQ ERTAGI)

       Qadim  zamonda bir dehqonning qora. qo'ng'ir va  ola ho'kizi bo'lgan ekan. Kunlardan bir kuni ular o'yga  cho'mibdilar.

      Xo'jayinimiz, — deyishibdi ho'kizlar bir-biriga, — hademay har birimizning bo'ynimizga   bo'yinturuq  ilib, yerhaydattiradi.  Keyin umrimizning  oxirigacha omoch tortishdan boshqa  arsani  bilmaymiz.  Kelinglar, yaxshisi, o'rmonga qochib  ketamiz, u yerda erkimiz o'zimizda bo'ladi. Xohlaganimizdek  kun  kechiramiz.

       Ho'kizlar  shunday  deb  o'rmonga jo'nashibdi. Biroq shodliklari uzoqqa cho'zilmabdi. Kutilmaganda  ularga o'n  nafar  yo'lbars  hujum  qilib  qolibdi.  Ho'kizlar  ham bo'sh  kelishmabdi. Bir do'nglikka  chiqib  olishib, yo'lbarslarni  ayamay suzaverishibdi.  Hujumlari samara bermasligiga ko'zi yetgan bir aqlli qari yo'lbars sheriklariga shunday debdi:

       Bu olishuvdan foyda yo'q. Sizlar, yaxshisi,  boshqa jonivorlarni ovlashga jo'nay qolinglar. Ho'kizlarni men aqlim bilan engib ko'rishga harakat  qilaman.

 Yo'lbarslar ov qilgani boshqa yoqqa jo'nashibdi. Ho'kizlarning oldida o'sha aqlli yo'lbarsgina qolibdi.

      Sheriklaring bas kelolmagani yetmagandek, endi biro'zing olishmoqchimisan?   Ovora  bo'lasan! — deyishibdi  ho'kizlar  uni  kalaka  qilib.

     Gapingiz  to'g'ri, — debdi  hayvoniar  shohi  siniq   ovozda. — Sheriklarim meni qari, Iandovur   hisoblashib,  iaflaridan   chiqarishdi. Lozim  ko'rsangizlar, men  sho'rpeshanani   o'zlaringizga   sherik   qilib   olinglar.

Ho'kizlar yo'lbarsning bu gapidan quvonib ketishibdi. Ular o'sha kundan boshlab yo'lbars  bilan  do'st  tutinishib,  ahil  va inoq yashay boshlashibdi. Yo'lbars ularni   turli   yirtqichlarning   hujumlaridan   himoya   qilibdi.

Kunlardan bir kuni yo'lbars qo'ng'ir va ola ho'kizga sal nariroqda o'tlab yurgan qora ho'kizni ko'rsatib debdi:

       Og'aynilar, payqayapsizlarmi? Shu kunlarda qora ho'kiz judayam haddidan oshayapti-da. Sero't  joylarda  faqat  o'zi  kavsh  qaytarib  yuradi.  Sizlarni  chaqirish  ham  yo'q.  Bir  ta'zirini  berib  qo'ysam,  nima  deysizlar?

       Sen  haqsan,  yo'lbars. Qora  ho'kiz  o'zbilar-mon bo'lib ketibdi. Mayli, adabini  bera  qol, — debdi  ho'kizlar.

 Yo'lbars  qora  ho'kizni  shu  zahoti  tilka-pora  qilib  tashlabdi. Bir necha  kundan  so'ng   yo'lbars  ola  ho'kizning  oldiga  kelib,  ayanchli  ovozda  debdi:

       Eh,   og'ayni,  og'ayni,  qo'ng'ir  ho'kizga   bir  qara! U ham qoravoyning   xuddi   o'zi-ya.  Faqat  o'z   qornini o'ylaydi. Nima qilay,  uning  ham  adabini
berib qo'yaymi?

 Yo'lbars ola  ho'kizning  javobini  kutmayoq, qo"ng'ir  ho"kizni  g'ajib  tashlabdi. Keyin  ola  ho'kizni  yoniga  chaqiribdi.

       Qani bu yoqqa kel-chi, tentak, sening etingni  mazasini ham bir totay.

       Bu nima deganing? Axir men hech   kimga halal bermayotgan bo'lsam, og'ayni ham  o'z og'aynisini yeydimi? — debdi ola ho'kiz   qaltirab.

       Eh, nodon, — kulibdi hayvoniar shohi.  — Aqling hali ham kirmabdi-da. Go'sht yeb  kun  ko'ruvchi  hayvonning  o't  yeb k un  ko'ruvchi  hayvon  bilan el   bo'lganini  qayerda  ko'rgansan  o'zi?   Buning  ustiga  jonzotlar s hohi —ov  ovlashda   ustasi   farang  bo'lsam.  Bunga o'zing  ham guvoh bo'lding-ku. To'qqiz og'aynim  bajarolmagan  ishni  bir o'zim  epladim-ku.

Ola ho'kizga yo'lbarsning bu gaplarini oxi­rigacha eshitish nasib etmabdi...


Orqaga qaytish