Hikoyalar

4934 marta o'qildi
ehrigiyo

Hurinisoga qizi Mehrining hamshiralik kasbi yoqadi ham, yoqmaydi ham. Yoqqani shuki, Mehri tanishmi, notanishmi biron bemorni vaqtida borib davolasa-yu bemor shifo topsa, «Hayriyat, harakating behuda ketmabdi, qo'-ling yoqibdi», — deb xursand bo'p ketadi.

ehrigiyo

 

      Hurinisoga qizi Mehrining hamshiralik kasbi yoqadi ham, yoqmaydi ham. Yoqqani shuki, Mehri tanishmi, notanishmi biron bemorni vaqtida borib davolasa-yu bemor shifo topsa, «Hayriyat, harakating behuda ketmabdi, qo'-ling yoqibdi», — deb xursand bo'p ketadi. Kasbining yoq-magan joyi nimada deng? Mehrining kundalik turmushi-yu yurish-turishida halovat yo'q. Shifoxonadagi besh-olti soatlik xizmatini o'tab kelgandan keyin qani endi uyida tinchgi-na o'tirsa deng. Vaqting bormi-yo'qmi deb so'rab o'tirish-masdan hali u yoqqa-hali bu yoqqa chaqiraverishadi. Bemorlarga ukol qilish deysizmi, yarasini bog'lash, uqalash deysizmi yo boshqa muolaja ko'rsatish deysizmi... Ayniqsa erta azonlabmi, kechqurunmi deb o'tirmay bezovta qilish-larichi. Mehrida bemahal deb bo'yintovlash yo'q. Uy yumushlaridan, oromidan kechadi-da, qon bosimi o'lchay-digan apparati-yu, boshqa ashqol-dashqollari solingan sumkasini yelkasiga ilvolganicha yugura boradi.

      Mahallada ba'zi bir nogiron qariyalar borki, ular Mehrini «qo'li yengil hamshiram» deb xuddi o'z bolasiday yaqin ko'rib qolganlar. Ba'zan telefonda chaqiribgina qol-may, unga: qizim palon doridan ola kel, deb buyruq ham bervorishadi. Ayniqsa bitta otin buvi borlarki, aytganlari aytgan, deganlari degan. U kishida nafas siqish dardi bor ekan, aksiga olib kasallik kechasi xuruj qilib qolarkan. Toki Mehrini chaqirtirib tegishli ukollarini qildirmagunlaricha tinchimas ekanlar. Shunday paytda Huri opaga bu bezovta-lik hech yoqmasa-da, noiloj «Mayli endi, bora qol qizim, otin buving dardiga davo topolsang, savobga qolasan!» deb yon beradi. Ammo-chi, qizining uyqusidan qolib, erta bilan yostiqdan zo'rg'a bosh ko'targanini ko'rgach, onaizor yura-gi ezilib ketadi: «Savobli ishga berilganing-ku ma'qul, ammo judayam besaranjom ish ekan, axir. Bunaqada o'zingni oldirib qo'yasan, qizim. Haliyam bo'lsa shu kas-bingni o'zgartira qolsang nima qiladi-a?» deb nasihat qilishga tushadi.

            Mehri esa bir iloj bilan onasini yupatish yo'lini axtaradi. O'zi davolab kelgan bemorlarning ahvol-ruhiyasi o'nglana boshlagani, ularning chin dildan bildirgan xursandchiligi-yu, qilgan duolarini eslatadi.

        —To'g'risini aytsam-chi, oyijon, bemorlarning ana shu yurak so'zlari menga kuch-quvvat beradi. Ko'nglimni ko'tarib turadi. Agar otin oyimning so'zlarini eshitganingizda-chi, o'zingiz ham erib ketardingizmi balki. Ular nima deydilar deng?

       Mehri gapirayotib hiring-hiring kulaveradi. Onasi bunga ajablanib:

       —  Ha, nima deydilar? — deganicha tikilib qoladi.

       —   E, aytishgayam tilim bormaydi. Haligi... nima emish-a, «Sening ismingni onang topib qo'ygan. Sen odamlarga mehr bilan birga asil giyoh ulashasan. Sening giyohingdan shundoqqina og'riq jonlar orom topadi. Shuning uchun, — deydilar, — sening ismingni men to'ldirib Mehrigiyo degim keladi...»

Shu so'zlarni tutila-tutila arang aytarkan, Mehrining oq-sariq betlari lov-lov yonib, suzuk ko'zlaridan yosh tirqirab ketdi. Sevinch yoshlari...

      — Voy, voy, dono otinoyingni aqllaridan o'rgulay, juda topib aytibdilar! — deganicha Xuriniso uzun yengining uchi bilan qizginasining ko'z yoshlarini artadi, qalbida muhabbati va g'ururi jo'sh urib uni mahkam bag'riga bosadi.

      Shunday paytda Mehri: «Yaxshiyam tibbiy hamshiralik kasbini tanlagan ekanman!» deb faxrlanib ketadi. Uning bunday deyishida ham jon bor edi. Maktabning 9-sinfini bitirish vaqtida bolalarning ba'zilari o'qushni davom ettirishga, ayrimlari korxonalarga kirib hunar orttirishga, yana ba'zilari savdo-sotiq yoki boshqa hoyu-havasga chog'lanishgandi. Mehri esa tibbiy hamshiralar tayyorlaydi-gan bilim yurtiga kirmoqchi bo'ldi. Bu kasbga unda yosh bolalik chog'idan havas uyg'ongan, «katta bo'lsam shifokor bo'laman» deb orzu qilguvchi edi.

      Hurinisoning esa bu kasbga yuragi betlamasdi. «Sen hamshiralikni havas qilmay qo'ya qol. Tibbiy hamshira degani qattiqqo'l, yurakli bo'lishi kerak. Sen-chi, qizim, nozik tabiat, ko'ngli bo'shginasan. Senga to'g'ri kel-maydi» deb qaytarib ko'rdi. Sinfdoshlaridan ham ba'zi­lari:   «Tibbiy   hamshiralik   ham   kasb   bo'ptimi.   Umring nuqul tashvish bilan o'tadi» deb cho'chitishgan bo'ldi. Shundaylardan bittasi sinfdoshi Oyto'ra edi. Oyto'ra o'qishda o'zini ko'rsata olmagan, ayrim fanlarni o'zlashtira olmay muallimlarni ancha qiynagan edi. Amal-taqal bilan 9-ni bitirgach, savdo-sotiqqa urinib ketdi. Akasi qaysi bir tadbirkor qo'lida shofyor bo'lib ishlarkan, o'sha qishloqdan keltirgan har xil sabzavotlar-dan bir qismini uyga tushirib berardi. Uni Oyto'ra bozorda chakanalab sotib, pul topishga o'rganibdi. Kunlardan birida u Mehri bilan ko'rishib qoldi-da, o'z ishidan juda mamnunligini azza-bazza kerilib gapirdi. Mehrini «hali ham bo'lsa bilim yurtidagi o'qishni tash-lab, menga sherik bo'lsang mazza qilarding» — deb o'z yoniga tortmoqchi, «tijoratda gap ko'p. Sen hamshira bo'lib bir oyda topadiganingni bu yerda bir-ikki kun-dayoq topasan» deb qiziqtirmoqchi bo'ldi. Uning gaplari Mehriga yoqmasa-da, bir nima deb yuborishdan o'zini bosdi. «Qaysi ishda odamlarga ko'proq foydang tegishi mumkinligini bilasanmi?» — deb savol bermoqchi bo'ldi-yu, ammo dugonasidan epaqali javob chiqmasli-gini bilib, tilini tiydi. Tuzukroq xayrlashmasdan jo'na-yotganda, Oyto'ra:

      —  «Ha, maslahatimga javob ham berging kelmadimi?-» — dedi gina ohangida.

    —  Nima desam ekan-a, — dedi Mehri istehzoli jilmayganicha — o'zi sen menga maslahat berganing ma'qulmi yo men senga maslahat berganim ma'qulmikin-a?

Uning tagdor savolini fahmlab yetmagan Oyto'ra labini cho'chchaytirib:

     —  Bu nima deganingiz? — dedi kesatgannamo. Mehri esa yana ham o'ylatadigan qilib:

     —  Aqlingiz joyida bo'lsa, ishlatib ko'rarsiz, — dedi-da, yuzini teskari burganicha ketdi.

     Dugonalar uzoq vaqt bir-birlariga ro'para kelishmadi.

      Kunlardan birida Mehri ishdan qaytayotib ko'chada shinam kiyingan barvasta xotin — Oyto'raning oyisi bilan uchrashib qoldi. Xotin ko'risharkan, to'satdan yig'lamsirab:

     —  Xabaring bormi-yo'qmi, qizim, dugonang falokatga uchrab, yotib qoldi, — deya hasratga tushdi.

Mehri kutilmagan xunuk gapdan cho'chib ketdi-yu;

    —  Iya, nima bo'ldi o'zi? — dedi hayajon ichida.

Xotinning uzuq-yuluq gaplaridan shu narsa ma'lum bo'ldi: Oyto'ra kecha kechqurun bozordan sumkasini pulga to'ldirib qaytayotgan ekan, pastqam yerda bezorilar uni talab, sumkasini tortib olmoqchi bo'lishibdi. Oyto'ra jon-jahdi bilan qarshilik ko'rsatgan ekan, qattiq kaltaklashibdi.

     — Pulini tortib olishgani ustiga, yana yuz-ko'ziga shikast yetkazishibdi juvonmarglar, — dedi xotin ko'zlari-dan duv yosh oqizganicha.

    Mehri qattiq achinib ketganidan ayolga biron jo'yalik so'z aytishga tili aylanmadi. Oyto'raning onasiga ergashib, dugonasidan xabar olgani ularnikiga bordi. Oyto'ra karavotda ixrab yotardi. Yuz-ko'zlari boylangan. Mehri karavot yoniga borib ovoz chiqarmagunicha Oyto'ra uni payqamaganday edi. Mehrining «tuzukmisan?» deb bergan so'rog'iga zo'rg'a javob qildi. Mehri kasalning yuz-ko'zlariga o'ralgan dokani yechib ko'rmoqchi boigan edi, «og'riyapti» deb yechtirmadi. Onasining aytishicha, kecha doktor kelib qizning zarb yegan joylarini malham surib boy-laganda, og'riq pasaysa shu malhamdan yana surtib boylanglar, agar pasaymasa meni chaqiringlar, deb tayinlagan. Mehri shu gapni eshitiboq, o'rnidan qo'zg'aldi. O'sha dok-torga boradigan bo'ldi. Oradan bir soatcha o'tar-o'tmas qaytib keldi. Tanish doktor ekan, uchrashibdi. Uning maslahaticha yanayam kuchliroq dorilar topib kehbdi. Endi Mehri kasalning yarasini onasi yordamida ochdi. Momataloq bo'p ketgan qosh-qovog'i-yu, yuziga yaxshilab malhamdan surtdi. Og'riqni bosadigan dori ichirdi. Oyto'ra dugonasining aytganlariga turib berdi-yu, biroq o'zini begonaday tutib, churq etmadi. Mehri kun ora kasalni ko'rgani kirganda uning qosh-qovog'idagi shishlar hiyol bosila bosh-laganday tuyuldi. Oyto'ra endi dugonasining «qalaysan?» degan savoliga, past ovozda «tuzuk» deb ko'zini sal miltil-latib qo'ydi. Mehri uning shu qarashida bilinar-bilinmas iliqlik, muloyimlik tuygan bo'ldi. Shu hoi kasalda o'nglanish yuz bergani, ruhi ham ko'tarilganidan nishona edi.

      Hammadan qizig'i keyingi ko'rishuvda yuz berdi. Mehri kasalning og'riq nuqtalari bir qadar asliga qayta boshlagani-ni, «Ancha opoq bo'p qolibsan-a?» deb o'z xursandchiligini bildirgandi, Oyto'ra nima deb javob qilishini bilmay turdi-da, so'ng o'pkasi to'liqib, birdaniga siynasidan o'kirik tushdi. Oyto'ra ikki kafti bilan yoshlangan ko'zlarini bekitib, orqasini o'girganicha yotib oldi. Mehri nima bo'lganini anglayolmay:

     —   Xolajon, buning yarasi tuzalib qolyapti-ku, nega yig'laydi-ya? — deb so'rarkan, onasi ochiq chehra bilan:

     —   Dugonangni fe'lini bilmaysanmi, qizginam, o'ziga yetguday erka, manman. Innaykeyin-chi, faqat hafa bo'lgandamas, goho sevinib ketgandayam o'zini tutolmay shunaqa ho'ngrab yuborish odati bor. Hozir yurak-yuragidan senga minnatdorchiligini, sevinchini bildirmoqchi, nimalargadir uzr so'ramoqchi bo'ldi-yu, so'z topolmasdan to'liqib ko'z yoshisi qaynab chiqdi-da.

      Mehriga xolasining so'zlari g'alati tuyuldi.

      —  Tavba, — dedi yelkasini qisib, dugonasiga tikilib — shunaqami, Oyto'ra? Men-chi, yig'loqi kasallarni xush ko'rmayman, yig'lasang boshqa kelmayman. Yig'lamayman deb so'z berasanmi?

     —  Ha, — dedi Oyto'ra eshitilar-eshitilmas qilib. Mehri dugonasida paydo bo'lgan bu o'zgarish haqida o'ylarkan, bunga ishonishni ham, ishonmaslikni ham bil-masdi.


Orqaga qaytish