O`zbek mumtoz adabiyoti

5934 marta o'qildi
Alisher Navoiy Gazallari

Qaro ko’zum,kel-u, mardumlig’ emdi fan qilg’il,

Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.

 

Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,

Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’i

G’azallar

 

Qaro ko’zum,kel-u, mardumlig’ emdi fan qilg’il,

Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.

 

Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,

Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.

 

Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la,

Itingga g’amzada jon rishtasin rasin qilg’il.

 

Firoq tog’ida topilsa tufrog’im, ey charx,

Xamir etib, yana ul tog’da ko’hkan qilg’il.

 

 

Yuzung visolig’a yetsun,desang,ko’ngullarni,

Sochingni boshtin- ayog’ chin ila shikan qilg’il.

 

 

        

Xazon sipohig’a,ey bog’bon, emas mone’,

Bu bog’ tomida gar ignadin  tikan qilg’il.

 

Yuzidaterni  ko’rub o’lsam, ey rafiq, meni

Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg’il.

 

Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,

Aning boshog’lig’ o’qin  sham’I  anjuman qilg’il.

 

Boshqa kitoblarni ko'rish


Orqaga qaytish