She`rlar va ruboiylar

5338 marta o'qildi
BERDAQ she`rlari

XALQ   UCHUN

Yigit bo'lsang arslon kabi tug'ilgan,

Tanbal bo'lmay xizmat etgil xalq uchun.

Yigit bo'lsang arslon kabi tug'ilgan,

O'zni demay, g'amxo'rlik qil xalq uchun.

 

Berdimurod o'ylab aytgil so'zingni,

Ko'tarma   lof urib faqat o'zingni,

Qizartmagay birov sening yuzingni,

Qo'ldan kelsa, xizmat ayla xalq uchun.

XALQ   UCHUN

Yigit bo'lsang arslon kabi tug'ilgan,

Tanbal bo'lmay xizmat etgil xalq uchun.

Yigit bo'lsang arslon kabi tug'ilgan,

O'zni demay, g'amxo'rlik qil xalq uchun.

 

Berdimurod o'ylab aytgil so'zingni,

Ko'tarma   lof urib faqat o'zingni,

Qizartmagay birov sening yuzingni,

Qo'ldan kelsa, xizmat ayla xalq uchun.

 

Yetarsan murodga, gar xizmat etsang,

Eling yo'Ilaganda har qayon ketsang,

Har qachon dushmanning boshiga yetsang,

Olqish olib xizmat ayla xalq uchun.

 

Yigit kishi odam dilin eritar,

Aytar so'zin boldan shirinroq aytar,

Bir aytgan so'zidan qaytmasdan ketar,

Aynimasdan xizmat etar xalq uchun.

 

Zolimlar tinglamas faqirning zorin,

Ular o'ylar o'z foydasin, o'z korin1,

Hech qachon zolimlar qo'ldagi borin —

Ep ko'rmaslar, bor bo'Isa-da, xalq uchun.

 

Yigit kirmas fosiqlarning so'ziga,

Aslo tushmas manmanlikning iziga,

G'ayrat berib o'lgunicha o'ziga,

Xizmat etar mudom qondosh xalq uchun.

 

Mard yigitni agar sevsa elati,

Kundan-kunga ortar uning quvvati,

Ortida qoladi yigit shuhrati,

Shuning uchun xizmat etar xalq uchun.

 

Bu zamonda jabru jafo chekannan,

Qora ko'zdan qonli yoshlar to'karman,

Zolimlarning zulmin ko'rib so'karman,

Kuyganlikdan jon qiynalib xalq uchun.

 

Bo'lmadi hech yerda manzil-makonim,

Zahru zaqqum bo'ldi yegan-ichganim,

Aytsam-da bo'lmadi mening deganim,

Kuyganlikdan jon qiynalur xalq uchun.

 

Berdimurod haqiqatni izlading,

Mudom elga to'g'ri yo'lni ko'zlading,

Yovuzlardan qo'rqmay haqni so'zlading,

Jon-taningni berding doim xalq uchun...

 

Berdimurod, o'ylab so'zingni ko'rgil,

Yurgan so'qmoqlardan izingni ko'rgil,

Qayg'u chekmay g'ariblarga qo'l bergil,

Shunda ishing bo'lur faqir xalq uchun.

 

Ko'p yig'lama, o'z bag'ringni dog'lama,

Sozni chertib, eldan o'zga chog'lama,

Dushmandan xavf etib, yo'ling bog'lama,

Umr bo'yi xizmat ayla xalq uchun.

 

Shoir edim, ko'zim ko'rganin yozdim,

Ko'nglimning sezganin, bilganin yozdim,

Zamon jafosidan sarg'aydim, ozdim,

Kelurmi, deb yaxshi kunlar xalq uchun.

 

Otim Berdimurod, men xalqning o'g'li,

Sahroda sayrovchi sayroq bulbuli,

O'n gulidan ochilmadi bir guli,

Murodiga yetolmadi xalq uchun.

 

 

 

 

NODON   BO'LMA!

Dunyoning holin so'ramay,

 Azamatlikka yaramay,

Oldi-ortingga qaramay,

Fahmi yo'q, sen nodon bo'lma!

Choponing solib egningga,

Tushib burungi kuningga,

Beyo'ldosh tushib yo'lingga,

 Fahmi yo'q, sen nodon bo'lma!

Boraman, deb ovul yoqqa,

 Bilmay uchrarsan qumloqqa,

 Qolgaysan bitmas mazoqqa,

Karimboyday nodon bo'lma!

Sening otang Qulmat yomon,

Undan nechuk qolding omon?

G'ariblarga og'ir zamon,

Fahmi yo'q, sen nodon bo'lma!


Orqaga qaytish