Yangi o`zbek adabiyoti

5530 marta o'qildi
Murdalar gapirmaydilar T. Malik

Uchinchi Bayon: Oydinlik

Nafisa

Bu dunyodagi hayot qilko’prik emas, undanda xavfli, undanda battaroqdir. Balki ustara tig’i ustida yalang-oyoq yurishga qiyoslash o’rinlidir? Voqean shunday. Ustara tig’i desakda, qilko’prik desakda farqsiz — Nafisa bu yo’lda yura olmadi — toydi. Unga bu yo’lda qanday yurmoq lozimligini o’rgatmadilar. Zaharni «asal» dedilar — ishondi, zulmatni «oydinlik» dedilar — ko’ndi, azobni «rohat» dedilar — ma’qulladi... Sassiq ko’lni mavjli dengiz deb xayol qilib adashganini, oydin yo’l degani baxt saroyiga emas, do’zax qopqasiga yetaklaganini kech angladi. Agar uyida o’lim topmaganida balki «kech angladi» demog’imiz o’rinsiz bo’lardi. Harom-halolning farqiga endigina borayotgan juvon uchun pokiza dengiz yo’llari ochilarmi endi?..

Bizning rasmiy saytimiz orqali siz ushbu asarlarni o`qishingiz va yuklab olishingiz mumkin.

Yuklab olish Yuklab olish


Orqaga qaytish