Jahon adabiyoti

5433 marta o'qildi
MARK TVEN (18351910)

Sarguzasht asarlarni sevib mutolaa qilmaydigan odam topilmasa kerak. Chunki bu xildagi hikoya, qissa yoki romanlarda tasvirlangan ajoyib va g'aroyib voqea-hodisalar kitobxonda beixtiyor katta qiziqish uyg'otadi. „Innaykeyin nima bo'larkin?" yoki „Asar nima bilan tugarkan?" deb uni qo'ldan qo'ymay, oxirigacha o'qib chiqilishi tabiiydir.

MARK  TVEN

(1835—1910)

 Sarguzasht asarlarni sevib mutolaa qilmaydigan odam topilmasa kerak. Chunki bu xildagi hikoya, qissa yoki romanlarda tasvirlangan ajoyib va g'aroyib voqea-hodisalar kitobxonda beixtiyor katta qiziqish uyg'otadi. „Innaykeyin nima bo'larkin?" yoki „Asar nima bilan tugarkan?" deb uni qo'ldan qo'ymay, oxirigacha o'qib chiqilishi tabiiydir.

Jahon adabiyoti tarixida ana shunday qiziqarli sarguzasht-detektiv asarlar yaratib, ulkan shuhrat qozongan yozuvchilar kam emas. Ular orasida amerikalik mashhur adib Mark Tvenning asarlari sal-moqli o'rinni egallaydi. San'atkor badiiy adabiyotga Gek Finn va Tom Soyer singari ajoyib, Siz bilan tengqur bolalar siymosini, ularning kishini hayratga soladigan g'aroyib boshdan kechirgan sar-guzashtlarini olib kirdi, kattalar va kichiklarning sevimli yozuvchilaridan boiib qoldi.

Mark Tven (Samuel Klemens) 1835- yilda Amerika Qo'shma Shtatlarining Missuri shtatiga qarashli Florid qishlog'ida xizmatchi oilasida tug'ildi. Uning otasi dastlab sudda, keyinchalik tijorat ishlarida faoliyat ko'rsatgan, biroq, xalq ta'biri bilan aytganda, hech qachon „biri ikki bo'lmagan" odamlardan edi.Og'ir turmush sharoiti tufayli Samuel 12 yosh-larida maktabni tark etib, mustaqil hayot kechirishga,

tirikchilik qilishga majbur bo'ladi. Uzoq muddat sar-son-sargardonlikda mamlakatni kezib yuradi, duch kelgan odamlar xizmatini qiladi. Nihoyat, uzoq urinishlardan keyin o'ziga ma'qul ish topishga muvaffaq bo'ladi: kichkina bir viloyat gazetasiga harf teruvchi bo'lib ishga kiradi. Keyinchalik Missisipi daryosida darg'alik (lotsmanlik) qiladi. Undagi badiiy ijodga mehr-muhabbat, ajoyib va g'aroyib sarguzashtlarni tasvirlab berishga intilish kayfiyatlari xuddi ana shu davrda tug'ilgan bo'lsa ajab emas. Bu davr o'z hayotini adib keyinchalik yozgan „Mis-sisipidagi hayot" kitobida batafsil tasvirlaydi.Samuel G'arb tog'larida, Kaliforniya va Nevada shtatining oltin va kumush konlarida mehnat qiladi. Omadi kelavermagach, yana gazetaga ishga kiradi. Kaliforniya gazetasi uni o'z muxbiri sifatida G'arbiy Yevropaga jo'natadi. 1867- yildan e'tiboran bo'lg'usi ulkan yozuvchi Yevropadagi juda ko'p mamlakatlar-da, shu jumladan Rossiyada ham bo'ladi. Odessa, Sevastopol, Yaltani ko'radi. O'z taassurotlarini „Chet ellardagi sodda odamlar" nomli yengil kulgu his-tuyg'ulariga yo'g'rilgan kitobida tasvirlaydi.

U o'ziga „Mark Tven" taxallusini tanladi. Buning boisi shundaki, Samuel Missisipi daryosida darg'a­lik qilib yurgan paytlarda Missisipidagi matroslar daryo chuqurligi kemaning o'tishi uchun yetarli darajada bexavotir ekanligini aniqlab olishgach, „mark-tven!" (o'lchov-ikki!) deb qichqirishardi. „Bexavotir suv" degan bu so'z bo'lg'usi adibga ma'qul va manzur bo'lib, mazkur taxallusni tanlagani aniq.

Mark Tven „Tom Soyer", „Geklberri Finn", „Toblanganlar", „Missisipidagi hayot" singari roman va qissalar, juda ko'p hikoyalar yozib, Amerikada va undan tashqaridagi ellarda mashhur bo'lib ketdi. Ayniqsa,   uning   felyetonlari   va   hajviy   hikoyalari shuhrat qozondi. Adib jahondagi million-million kishilarning eng sevimli yozuvchilaridan biriga aylandi.

Mark Tven asarlari o'zbek kitobxonlariga ham yaxshigina tanish. Uning „Tom Soyer va Geklberri Finning boshdan kechirganlari", „Tom Soyerning yangi sarguzashtlari" kitoblari o'zbek tilida nashr etilgan va sarguzasht asar ixlosmandlarining kitob javonlaridan o'rin egallagan.


Orqaga qaytish