O`zbek mumtoz adabiyoti

4944 marta o'qildi
CHARXIY

Mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini yangi davrda muvaffaqiyatli davom ettirgan zamondoshimiz shoir Asqarali Hamroali o’g’li Charxny Qo’qonda 1900 yilda tavallud topgan.

CHARXIY

(1900-1979)

 Mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini yangi davrda muvaffaqiyatli davom ettirgan zamondoshimiz shoir Asqarali Hamroali o’g’li Charxny Qo’qonda 1900 yilda tavallud topgan. Boshlang’ich ma’lumotni eski maktabda olgan Asqarali otasidan husnixat mashq qilishni, onasidan she’r yozishni o’rgandi. Bo’lg’usi shoir Hofiz, Sa’diy, Navoiy, Bedil, g’azallarini mehr bilan o’qiydi.

Sulaymonqul Rojiy, Mirza Ho’qandiy kabi qo’qonlik shoirlardan aruz qoidalarini o’rganib, koproq hajviyotga moyillik ko’rsatdi. Asqarali Oktyabr to’ntarishidan keyin Charxiy taxallusi bilan she’rlar yozib yurgan bo’lsa-da, ularni uzoq vaqtgacha matbuotda e’lon qilmaydi. Charxiy 1938-1939 yillardai boshlab, Qo’qondagi «Yangi Farg’ona» gazetasida, «Mushtum» jurnalida faol qatnashdi. Shoir «Shirin va achchiq» (1959), «She’rlar» (1966), «Alixo’ja va Xo’jaali» (1970), «Devon» (1972) nomli kitoblarini o’quvchilarga taqdim etdi. Charxiy ijodida lirik she’rlar bilan bir qatorda, satirik she’rlar ham alohida o’rin tutadi.

Charxiy mumtoz adabiyotimizning asosiy vazni — aruz sistemasida va klassik she’riyatnipg turli janrlarida muvaffaqiyatli ijod etgan va uni rpvojlantirgan iste’dodli shoirdir. U ko’p yillar davomida Qo’qondagi Muqimiy uy-muzeyida ilmiy xodim bo’lib ishlab, Muqimiyning ko’p qirrali adabiy merosini to’plash va avaylab saqlash ishiga munosib hissa qo’shgan. 1975 yilda respublikamiz hukumati shoir Charxiyga O’zbekiston xalq shoiri degan faxriy unvon berdi. Charxiy iste’dodli g’azalnavis, ajoyib qo’shiqchi-shoir, jonkuyar ma’rifatchi sifatida ixlosmandlari xotirasida o’chmas iz qoldirdi.

U 1979 yil 18 dekabrda Qo’qonda vafot topdi.

 

O’zbek adiblari. – “Fan” nashriyoti - 1993

 


Orqaga qaytish