O`zbek mumtoz adabiyoti

5342 marta o'qildi
Muqimiy

Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxo'ja Mirzaxo'ja o'qli) (1850 - Qo'qon -1903.25.5) - shoir va mutafakkir, o’zbek demokratik adabiyoti asoschilaridan. Otasi

toshkentlik, onasi Oyshabibi xo'jandlik bo’lib, Qo’qonda yashaganlar. Muqimiy boshlanqich ma'lumotni maxallasidagi maktabda olgan. Onasi Muxammad Aminxo'jada she'riyatga

xavas uyg’otgan. Muqimiy Qo'qondagi Nodira bino qildirgan "Mohlar oyim" madrasasida, so'ng Buxoro madrasalaridan birida o'qigan (1864-65; 1875-76).

Muqimiy

 

 

Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxo'ja Mirzaxo'ja o'qli) (1850 - Qo'qon -1903.25.5) - shoir va mutafakkir, o’zbek demokratik adabiyoti asoschilaridan. Otasi

toshkentlik, onasi Oyshabibi xo'jandlik bo’lib, Qo’qonda yashaganlar. Muqimiy boshlanqich ma'lumotni maxallasidagi maktabda olgan. Onasi Muxammad Aminxo'jada she'riyatga

xavas uyg’otgan. Muqimiy Qo'qondagi Nodira bino qildirgan "Mohlar oyim" madrasasida, so'ng Buxoro madrasalaridan birida o'qigan (1864-65; 1875-76).

 1876 yilda Qo’qonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan. 70-yillar oxirlarida Qo'qonga qaytgan va ijod bilan shug’ullangan. Otasi vafotidan so’ng moddiy

ahvoli ogirlashgach, "Hazrat" madrasasiiing kichik bir hujrasiga ko'chib o'tgan (1885), butun umri qashshoqlikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sayohat qilgan (1887-88, 1892),

Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur o'rgangan, Almaiy, Nodim kabi ilqor ruhdagi ijodkorlar bilan aloqa boqlab, ijodiy

hamkorlik qilgan.

Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy xayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari,

san'atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekii tezda bu xil an'analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalarga tanqidiy nazar bilan qaradi.

Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o'rgandi, ular qazallariga muxammaslar boqladi, Jomiyni o'ziga ustoz bildi. O'zbek, fors mumtoz shoirlari an'analarini davom ettirdi. O'zbek adabiyotida demokratik yo'nalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan boqliq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz ,Komil kabi ilqor fikrli shoirlar o'zbek adabiyoti tarixida yangi saqifa ochdilar.

Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sug’orilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqumiy real muqabbatni, insonni kuylagan, She'rlarining

tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda do'stlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulug’langan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan ("Kelur oxir seni ham yo'qlaqudek bir zamon yaxshi" ), hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud bo'lgan she'rlarida ham kelajakka ishonch,farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.

Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muqit o'rtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidii yo'nalishni maydonga keltirgan. Bu uning xajviyotida ko'proq aks eggan, hajviyoti

mazmunan satira va yumorga bo'linadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan."Tanobchilar" , "Saylov", "Dar mazammati zamona" asarlarida o’lkaga kirib kelayotgan kapitalistik va g’ayri axloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari ko'rsatilgan. Ba'zan, o'sha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan ("Hajvi halifai Mingtepa"),

Ot, arava. loy, pashsha. bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, xarobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan ("Devonamen", "Ko'samen" "Hayron qildi loy", “Pashshalar", "Shikoyati bezak" ). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi o’zgarishlarga yangicha munosabat aks etgan ("Ta'rifi pech", "Aroba qursin"," Loy" ).

Muqimiy o’zbek adabiyotiga ishchilar mavzuini olib kirdi, tiplar galereyasini yaratdi ("Maskovchi boy ta'rifida", "Voqeai Viktor" ). Turli shahar va qishloqlarga qilgan sayohatlari taassurotlari asosida 4 qismli "Sayohatnoma" asarini yozdi. Asar yengil, o'ynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda xalq turmushining og’irligi, qishloqlarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni ma'qullab, go'zallikni madq etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan. Muqimiyning nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 she'riy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan.  

She'rlari  qo'lyozmalar,   bayozlar. 20-asr boshlarida litografiyada nashr qilingan kitoblar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha yetib kelgan.

Muqimiy ijodini o'rganish, asarlarini to'plash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov "Devoni Muqimiy" to'plamini (T., 1907) nashr qilgan, so’ng

1910,1912 yillarda "Devoni Muqimiy maa hajviyot" nomi bilan asarlari to'plami bosilgan, Keyingi davrlarda G’. G’ulom, Oybek, H. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov, G’. Karimov,

A. Hayitmetov  Muqimiy ijodini tadqiq etganlar. She'rlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qo'qonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Farqona viloyatidagi shaqarcha, Toshkent ko'chalaridan biri, Uzbek davlat musiqali drama teatri Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla "Mavlono Muqimiy" romani va "Muqimiy" dramasini yaratgan. Muqimiyning aksariyat g’azallari ashulaga aylangan.

 

 

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi T.6


Orqaga qaytish