O`zbek mumtoz adabiyoti

4940 marta o'qildi
RUMIY

RUMIY Jaloliddin (1207, Balx -1273, Ko’nya) - shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan.

 

RUMIY

 

 

RUMIY Jaloliddin (1207, Balx -1273, Ko’nya) - shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan. Otasi Bahouddin Valad sufiylar va fiqh donishmandi bo’lgan. Shu bois ham sulton Muhammad Xorazmshoh (1199-1220) saroyga taklif etgan. Lekin Valad uning taklifini rad etib, maktabdorlik hamda ilmiy-ijodiy ish bilan mashhul bo’lgan. Xorazmshoh bilan kelisholmagan Valal haj safari bahonasida oilasi bilan Balx shaharni tark etgan. Rumiy Makka yo’lida Farididdin Attor bilan uchrashgan.

1220 yil Rum sultoni Alouddin Kayqubod 1 ning da'vati bilan Ko’nya (Kichik Osiyo) ga kelgan. Rumiy Halab, Damashq va Bag’dod madrasalarida o’qigan, mudarrislik qilgan.

Rumiy shaxsiyati kamolotida shoir va shayx Shamsi Tabriziyning o’rni katta. U 3 yil Rumiyga dars beradi: falsafa. xususan. sufiylik ta'limotini o’rgatadi. Shoirning o’zi ham bir baytida "Agar Attor menga ruh baxsh etgan bo’lsa, Shamsi Tabriziy tilsim kalitini tugazdi". degan.

1244 yil Rumiy ustozini nihoyatda hurmat qilgani uchun uz g’azallarida "Shamsi Tabriziy,"Shamsi" taxalluslarini qo’llay boshlagan. Shoir g’azallarining ikkinchi nomi "Devoni Shamsi Tabriziy".

Rumiy ijodi usmonli turk adabiyotining sarchashmasi hisoblanadi.

Rumiydan she'rlar devoni, "Makotib", "Ichindagi ichindadir" ("Fiqi mo fiqi") hamda "Masnaviyi ma'naviy" kitoblari meros bo’lib qolgan. "Ichin-dagi

ichindadir" nasriy asar bo’lib, olimning turli majlis va suhbatlardagi falsafiy nutqlarining majmuasidir. "Makotib" esa, muallifning zamondoshlari va ustozlari bilan bo’lgan turli yozishmalari - maktublaridan iborat, qar 2 asarda muallifning ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-ta'limiy mushohadalari, tasavvufga doir nazariy qarashlari o’z  ifodasini topgan. Shoir devoni turli janrlardan iborat 25 ming baytdan ziyod she'rlarni uz ichiga olgan.

Rumiy she'riyati, asosan, ilohiy ishq bilan bog’langan. U o’zining barcha asarlarida yeru ko’kning sohibi bo’lmish Alloq va uning zamindagi xalifasi

hazrati insonni ulug’laydi. Rumiyning mashhur asari "Masnaviyi ma'naviy"dir. Asarda Qur'oni karim va hadisi sharif ma'nolarini o’ziga singdirgan inson hayoti bilan bog’liq barcha masalalarbadiiy yo’sinda bayon etilgan. 6 jild (daftar)dan iborat asarning dastlabki qismlarini

adibning shogirdi Hisomiddin Chalabiy ustozi og’zidan yozib olib, tahlildan o’tkazgan. Chalabiy vafotidan so’ng muallif asarning davomini 10 yilda yozib tugatadi. Qur'oni karim oyatlarining 70 foizi mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan. 270 dan ziyod hikoyalarni, yuzlab pandu hikmatlarni o’z ichiga olgan bu kitob o’z vaqtida va keyinchalik ham yozuvchi nomining dunyoga keng tarqalishiga sabab bo’lgan. Chunki Rumiy masnaviyda o’zigacha bo’lgan Sharqu g’arb donishmandlarining falsafiy qarashlarini islomiy farzlarni sodda bir uslubda, she'riy yo’l bilan badiiy ifodalagan. Agar Rumiy “gar  ertalab bemorlar shifo tilab Iso alayhissalom eshigiga borishgani", "Lochinning o'rdaklarni sahroga chiqargani", "Zarvon ahli qissasi”,” Majnun Layli ko’yida yurgan itni o’pib, erkalagani", "Bo’yoqchining xumiga tushgan shaqalning tovuslik da'vo etgani", "Xorut va Morut qissasi" singari qissa va hikoyalarida payg’ambarlar hayotidan turli mo’'jizalar keltirib, islomiy tasavvufiy g’oyalarni targ’ib etgan bo’lsa, boshqa turkum hikoyalarilda bevosita insonning kundalik turmushi, ilm-ma'rifat kasb etishi, hunar o’rganish yo’lidagi riyozatlarini badiiy tasvirlab, chuqur falsafiy xulosa chiqarishga undagan.

Rumiy ijodi yuksak badiiyati bilangina emas. balki mantiq kuchi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta ta'sir kuchiga ega. Uning tabiat va jamiyat hodisalarining doimiy o’sish, o’zgarishda ekani, eskining yo’qolib, yangining paydo bo’lishi - "dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangi"dan iboratligi to’g’risidagi qarashlari, nemis faylasufi Gegelning e'tiroficha, uning dialektik metodni yaratishiga yordam berish.

Rumiy asarlari ko’pchilik forsigo’y va turkigo’y shoirlar ijodiga katta ta'sir ko’rsatgan, masnaviyxonlik xalqimiz o’rtasida keng tarqalgan.

O’zbekiston FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Rumiyning "Masnaviyi ma'naviy" asari saqlanadi. Istiqlol yillarida Rumiy hayoti

va ijodiga qiziqish yanada kuchaydi. Sh. Shomuqamedov. A. Mahkam va boshqa shoirning turli janrdagi she'rlaridan namunalarni o’zbek tiliga tarjima

qilishdi. Shoir Jamol Kamol "Masnaviyi ma'naviy" tarjimasini nihoyasiga yetkazdi, 6 kitobdan iborat bu yirik asarning 4 jildi bosilib chiqdi

(2002, 2003). "Ichindagi ichindadir" asari ham o’zbek o’quvchilarining ma'naviy mulkiga aylangan.

 

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi T.7


Orqaga qaytish