Jahon adabiyoti

5102 marta o'qildi
Sharl Perro (1628- 1703)

Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida ma'lum va mashhurdir. U o'zining „Qizil Shapkacha", „Zolushka" va „Etik kiygan mushuk" asarlari bilan jahonga tanildi.

Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida ma'lum va mashhurdir. U o'zining „Qizil Shapkacha", „Zolushka" va „Etik kiygan mushuk" asarlari bilan jahonga tanildi.

Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq og'zaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur o'rgandi. Shuning uchun ham u o'z ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro qahramonlari o'z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadilar. G'arazgo'ylik, maqtanchoqlik, qizg'anchiqlik o'rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda. Sharl Pcrrodan bor-yo'g'i o'n ikki ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning „Etik kiygan mushuk" ertagini o'qimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak.

Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topag'onlik bosh masala qilib qo'yiladi. Boshqa asarlarida bo'lgani kabi Sh. Perro bu ertakda ham folklor an'analariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahra-moni — tegirmonchining kenja o'g'li Karabs fahm-farosat, aql bilan ish ko'rib, o'z murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor bo'ladi. Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning ko'pchiligi odamlarni, hayvon-u par-randalarni sevib, erkalab, e'zozlaydigan bo'ladilar. Zolushkani („Zolushka") olaylik. Uni o'gay ona-yu qizlar xush ko'rmay-dilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi ko'radi. Uning o'z baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinso'z, kamtarin, odam-larga, jonivor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda o'z o'rnini  topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli bo'lishi ertak ting-lovchida yaxshi taassurot qoldiradi.

Sh. Perro ijodida „Qizil Shapkacha" alohida o'rinda turadi. Ertakning ta'sirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Shapkachaning tabiiy holda ijobiy tomoniga ko'p sayqal beradi, bolalar ko'z o'ngida u dunyodagi tengi yo'q, juda yoqimtoy qizcha sifalida gavdalanadi. Bo'rining yovuzligi, surbetligi, lining kampir qiyofasiga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat xislatlarini qo'zg'atadi.

Boshqa ertaklarda bo'lgani kabi „Qizil Shapkacha"da ham voqea yaxshilik bilan tugashi bolalarning quvonchiga quvonch qo'shadi. Sharl Perroning „Havorang soqol" , „Eshak terisi", „Uyqudagi malika" kabi ertaklari xuddi „Qizil Shapkacha" kabi bolalarbopdii*. Mana to'rt yuz yildirki, shoirning ..Qizil Shapkacha" asari jahon kezib yuribdi. Ertakning o'ziga xos xususiyatlaridan biri quvnoqlikdir. Ha, qizchani hamma yaxshi ko'radi, hamma sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib ketmaydi. U juda yoqimtoy, oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mug'ambir emasligi unga pand beradi, bo'riga yem bo'lishiga oz qoladi.

Sharl Perroning bu ertak orqali kichkintoylarga aytadigan gaplari ko'p. Eng avvalo, u barcha bolalami xuddi Qizil Shapkacha kabi oddiy va quvnoq bo'lishga chaqiradi va kattalarning har bir topshirig'ini so'zsiz bajarishga da'vat etadi.

Ikkinchidan, o'rtadagi sirni oshkor qilmaslikka, o'ziga pishiq-puxta bo'lishga chorlaydi.

Bo'ri ochko'z, pismiq va mug'ambir. Shu sababli qizchaning soddaligidan foydalanadi. U bir o'q bilan ikki quyonni urish qabilida ish tutadi. Bo'ri Qizil Shapkachadan osongina safari haqidagi ma'lumotni bilib olgach, endilikda qizchaning o'ziga qo'shib uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil Shapkachaning baxtiga o'tinchilar kelib qolishadi.

Ertak tinglovchi har bir bola voqeani mana shunday ijobiy tugashini xush ko'radi, quvnoq Qizil Shapkachaning bo'riga yem bo'lishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va jahongashtaligi ham ana shunda!


Orqaga qaytish